• Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologiyasi va texnologik jarayonlar
  • Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/99
    Sana15.12.2023
    Hajmi2,84 Mb.
    #119937
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Majmua

    MA`RUZA № 4 (2 soat) 
    MAVZU: TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK
    GRAFINI TUZISH 
    Reja: 
    1. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik tartibi asosida detallarni o`zaro bog`lanish 
    matritsasini tuzish 
    2. Tikuv korxonalarda oqimli ishlab chiqarishni tashkil qilish. 
    3.Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayon grafi. 
    Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologiyasi 
    va texnologik jarayonlar 
    Har qanday masalaning asosida, ko`rilayotgan ob`ektni xar tomonlama o‘rganish yotadi. 
    O‘rganilayotgan ob`ekt, o‘nga yaqin bo‘lgan tizim belgilari, ya`ni qo‘yilgan maqsadning vazifalari, 
    tarkibiy tavsiflar va tashqi muxit bilan bog‘liq belgilar bilan yaqin bo‘lgan ma`lum bir tizimdir. 
    “Texnologik jarayon” tushunchasi amaliyotda qo‘llanilayotgan “texnologiya”, “ishlab chiqarish 
    texnologiyasi” tushunchasi bilan birdek deb tushunib kelinadi. Ushbu tushunchalarning turdoshligi 
    ularni bir-biri bilan almashinib kelishiga olib keladi, bu esa ular ustida izlanishlar olib borishda 
    ma`lum bir kiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun «texnologiya» va «texnologik jaryonlar» ni 
    bir xil tushuncha emasligini tasdiqlab o‘tish zarur. «Texnologiya» ilmiy jixatdan, fan va texnika 
    yutuqlari asosida texnologik jarayonlarning yangi, ratsional sxema ishlab chiqadi, ularning ketma-
    ketlik qonun-qoidalarini aniqlab beradi va konstruktorlarga kerakli uskunalar majmuasini ishlab 
    chiqishga topshiriq bergan xolda mexnat quroliga ta`sir etish usullari sifatida o‘rganiladi.
    Texnologiya va mexnat quroli, bular birgalikda, moddiy ishlab chiqarishning texnikaviy bazasini 
    tashkil etadi. Bunda texnologiya etakchi qism bo‘lib, texnika esa texnologiyaning tashkil etuvchisi 
    xisoblanadi va uni yordamida yuzaga keladi. «Texnologik jarayon» tikuvchilik va sanoatning 
    boshqa tarmoqlarida turlicha talqin etiladi. Bu, xar bir ishda texnologik jarayonning ayrim
    jixatlariniginanazarga olinishini bildiradi. Ya`ni ba`zi bir ishlarda texnologik jarayonni 
    ob`ektlarning qayta ishlanishi “sifat” o‘zgarishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayoning bir qismi 
    deb qaralsa, boshqa ishlarda esa texnologik jarayonni texnologik operatsiyalar yig‘indisining 
    iqtisodiy va texnologik jarayon (TJ) ning tarkibiy jixatlari debqaraladi.
    O‘tkazilgan izlanishlar natijalarini umumlashtirib, texnologik jarayonni (TJ) ni maqsadlarga 
    qaratilgan, ya`ni tayyor maxsulotlarni olish maqsadida mexnat predmetiga ta`sir etuvchi mexnat 
    vositasi deb qarash mumkin.

    Download 2,84 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"

    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish