20
Ishchilar soniga qarab, ishlab chiqarish jarayonning uch turga bo‘lish mumkin:
oqimsiz (yoki yakka tartibda),
bunda ish bajaruvchi bir kishi;
ommaviy (yoki oqimli), ya`ni ishchilar soni bittadan ko‘p;
ish bajaruvchilar soni nolga (0) teng – bu avtomatik ishlab chiqarish.
Oqimli ishlab chiqarish kiyimlarni ommaviy tayyorlanishida keng qo‘llaniladi va kuyidagi asosiy
omillar bilan tavsiflanadi, ya`ni:
- birinchidan maxsulot tayyorlash jarayoni, mashinalar va ish vositalari
yordamida aloxida ish
joylarda bajariladigan texnologik bo‘linmaydigan operatsiyalarni tayyorlash jarayoniga bo‘lingan.
Texnologik operatsiyalar maxsulot tayyorlash texnolgiyasining ketma-ketligiga asosan bajariladi.
- ikkinchidan, texnologik operatsiyalar ishchilar orasida vaqti moslangan xolda taqsimlangan;
- uchinchidan, mexnat predmetlari bajaruvchilar ichida beto‘xtov yoki ozgina interval oralig‘ida bir-
birlariga o‘tkazib turiladi. Bir bajaruvchidan ikkinchi bajaruvchiga o‘tkazish vaqti operatsiyalarni
bajarish vaqti bilan kelishgan bo‘lishi kerak.
Oqimli ishlab chiqarishning xususiyatlari buyumni tayyorlash
jarayonida maxsulotlar
xarakatlanishining to‘xtovsizligidir, ya`ni maxsulotni ish joylari aro beto‘xtov bir operatsiyadan
ikkinchisiga o‘tishi yoki berilgan operatsiyani bajarilishida belgilangan vaqtga to‘xtalish.
Tikuv buyumini tayyorlash jarayonida maxsulot xarakatidagi uzluksizlik
vaqtiga jarayondagi
operatsiyani bajarish vaqti to‘g‘ri kelishi (tenglashtirilishi) bilan erishiladi. Bunda ularni davom
etishi vaqti ayrim operatsiyalar va maxsulotlarni tayyorlashdagi vaqtga teng bo‘ladi.
Natijada
barcha operatsiyalardagi ishlar bir ma`romda ketadi, bu ishlab chiqarishning oqimli usulini o‘ziga
xos xususiyatlaridir.
Ishlab chiqarish oqimini tashkil qilish shakllari asosan to‘rt belgi bilan farqlanadi:
1.Bir ma`romda ishlash darajasi bo‘yicha.
2. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishga tushirish bo‘yicha.
3. Maxsulotni tashish usuli bo‘yicha.
4. Tashkiliy operatsiyani vaqtini moslash bo‘yicha.
Ishlab chiqarishni oqimli usulida ishning bir ma`romda ketishi, texnologik jarayondagi barcha
operatsiyalarni kaytarilishi bir tekisda ketishi bilan ifodalanadi (bajariladigan
operatsiyaning
o‘rtacha xakikiy vaqti). Ishni tashkil qilish shakliga ko‘ra ishlab chiqarish oqimlari qat`iy, erkin va
kombinatsiyalashgan turlariga bo‘linadi.