Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/99
Sana15.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#119937
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

MA`RUZA №(2 soat) 
MAVZU: TIKUV SEXI VA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASHNING 
DASTLABKI MA’LUMOTLARI.
Reja 
1.Ishlab chiqarish oqimida modellarni ishlab chiqarishga qо‘yiladigan talablar 
2.Buyum modelini va gazlamani tanlash va asoslash 
3. Asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash
 
Buyum modelini va gazlamani tanlash va asoslash 
Bu ishning eng ma`sul bosqichi bo‘lib, keng assortimengda maxsulot tayyorlab berish, oqimni bir 
ma`romda ishlashi va maxsulotning samaradorligi bilan bog‘liqdir. Tanlangan buyum modellari 
ikki guruxga bo‘linuvchi talablarga javob berishi kerak: 
1) kiyimning sifati va axoli talabi xususiyatlarini shakllanishini ta`minlovchi iste`molchi 
talablar; 
2) kam mexnat va kam material sarflab yukori sifatli kiyim tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlab 
chikarish talablari. 
Kiyimning talab xususiyatlari kuyidagilar bilananiklanadi. 
a) gigienik 
b) ekspluatatsion
v) estetik. 
Bitta ishlab chiqarish oqimida tikishga mo‘ljallangan modellar belgilangan assortiment 
talabiga javob berishi kerak. Model konstruktsiyasi moddiy jixatdan va mexnatni sarflanishi 
tomonidan tejamli va qulay konstruktsiyali bo‘lishi talab qilinadi. Modellar maxsulot sifatini 
darajasini ta`minlab beruvchi, o‘rtachadan yuqori murakkab ishlov beradigan ko‘rsatkichlarga 
javob berishi kerak 
Ishlab chiqarish oqimida yuqori unumdorli mashinalarni qo‘llash tavsiya etiladi, bu esa
ishlab chiqarish oqimini quvvatini oshishiga olib keladi, bu o‘z navbatida ishlab chiqariladigan 
modellar sonini ko‘paytirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish oqimiga yangi modellarni tushirish 
vaqtida ish unumdorligi bir necha pasayadi. Buni oldini olish maqsadida bitta ishlab chiqarish 
oqimida tikiladigan modellarni tanlashda ularni konstruktiv va texnologik jixatdan o‘xshashligi 
etiborga olinadi. Ko‘p fasonli oqimlarda tikuv buyumlar ikkita-uchta modeldan iborat guruxlarga 
bo‘linib tikishga tushiriladi. Modellarni tanlashda xar bir guruxning murakkabligi va mexnat 
sarflashi xar xil bo‘lgan modellardan oborat qilib komplektlanadi, lekin bu guruxlarning xar 
qaysisiga sarflanadigan vaqt bir biridan +10% dan ortik farq qilmasligi kerak. Bir vaqtning o‘zida 
bitta ishlab chiqarish oqimida tikishga mo‘ljallangan modellarning tikish usullari o‘xshash, 
ishlatiladigan mashina va moslamalar bir turli ekanligiga asoslanib tanlanadi. Bitta oqimda 
tikiladigan modellar konstruktiv va texnologik jixatdan o‘xshash bo‘lishi kerak deyiladi, ammo
konstruktiv jixatdan o‘xshash bo‘lgan modellar texnologik jixatdat o‘xshash bo‘lmasligi mumkin, 
ya`ni modellarni konstruktiv va texnologik jixatlari bir biri bilan bog‘liq emas. Tikuv ishlab 
chiqarish oqimlar uchun modellarni tanlashda asosiy mezon qilib texnologik o‘xshashlik olinadi. 
Buning uchun modellarni o‘xshashlik koeffitsienti xisoblanadi. 


=
ух
т
N
ух
т
N
ух
К
.
.
2
 
bu erda 
N
t.ux.
- buyum tikish texnologik tartibi bir xil bo‘linmas operatsiyalarini soni. 
N
t.ux.
- bo‘linmas operatsiyalarni umumiy soni. 
O‘xshashlik koeffitsientini natijalari bo‘yicha modellarni o‘xshashlik koeffitsientining matritsasi 
tuziladi. Matritsa asosida modellar ishlab chiqarish oqimiga eng kam o‘zgarish kiritish bilan 
tushiriladi. Modellarni ishlab chiqarish oqimiga maqbul varianti ketma ketligida tushirish natijasida
yangi modellarni o‘zlashtirish muddati qisqaradi, assortimentni kengaytirish imkoniyati oshadi. 


36 
Tanlangan modellar aniq bo‘lgandan keyin ularga moslab gazlamalar xam moda yo‘nalishiga 
moslab tanlanadi. Avra, astar va qo‘shimcha materiallarni xususiyati va tashqi qo‘rinishi ulardan 
tikilidigan modellarga va bir biriga mos kelishi kerak. Bunda gazlamalarni nafaqat fizika-
mexanikaviy xususiyatlari, balki ularning rangi va ishlov berish tartibi bir xil bo‘lishi kerak. Chunki 
shundagina tikish mashinalaridagi ipni kamroq o‘zgartiriladi va namlab-isitib ishlov berish tartibi 
xam bir xil bo‘ladi. Gazlamalarni tanlashda ularni bichish jarayoni xam xisobga olinadi. 

Download 2,84 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"

Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish