Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/99
Sana15.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#119937
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

 
 
MA`RUZA №10 (2 soat) 
 MAVZU:ISHLAB CHIQARISH OQIM TURINI TANLASH VA ASOSIY 
PARAMETRLARINI XISOBLASH 
Reja: 
1. Oqimni quvvati, ishchilar soni, ma’romi, oqim uzunligi va sex planini hisoblash. 
2. Ishlab chiqarish oqimini tashkiliy-texnologik echimini shakllantirish 
Ishlab chiqarish oqimlari dastlabki ma`lumotlarini taxlil qilgan xolda ularning tashkiliy 
strukturasi tanlanadi. Ishlab chiqarish oqimlarni tashkil qilishning shakllari asosan to‘rtta belgisi 
bilan farqlanadi: 

bir ma`romda ishlash darajasi bo‘yicha 

tikuv buyumlarni ishlab chiqarish oqimiga tushirish bo‘yicha 

maxsulotni tashish usullari bo‘yicha 

tashkiliy operatsiyani vaqtini moslash usuli bo‘yicha. 
Ishlab chiqarish oqim shakli unda ishlab chiqariladigan maxsulot turiga va tikuv tsexini 
imkoniyatiga qarab tanlanadi.
Ishlab chiqarishda oqimlar ko‘pincha sektsiyalardan iborat bo‘ladi. Ularda ishlab chiqiladigan 
maxsulot turiga qarab kuyidagi oqimlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Pidjak, shim, erkaklar, ayollar va bolalar paltosini ishlab chiqarishda tayyorlash sektsiyasida-
guruxli agregat oqimlar, bunda kiyimning xar bir detali yoki ma`lum detallarni tayyorlash aloxida 
guruxlarga ajratiladi, ishlab chiqarish oqimiga detallarni tushirish bog‘lamli ketma-ket yoki tsiklli, 
ish joydan keyingi ish joyiga detallar aravachalar yoki mexanizatsiyalashtirilmagan vositalar 
yordamida uzatiladi. 
Yig‘ish sektsiyasida- konveyerli yoki agregat oqimlar, konveyerlar bitta yoki bir nechta chiziqli 
bo‘lishi mumkin, ishlab chiqarishga mexnat predmetlari ketma-ket donalab tushiriladi. 
Pardozlash sektsiyasida – konveyerli yoki agregat oqimlar qo‘llanilishi mumkin. Buyumlarni ish 
joydan keyingi ish joyga uzatish uchun osma konveyerlardan foydalanish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Bunda buyumni tashqi qo‘rinishi, sifati, unda xosil qilingan shakllar o‘z qo‘rinishini 
yoqatmaydi. Buyumlar ketma-ket donalab uzatiladi.
Oqimning barcha sektsiyalari bo‘yicha ishlab chiqariladigan maxsulot soni, ya`ni quvvati bir xil 
bo‘lish kerak. 


38 
Erkaklar va ayollar ko‘ylagi, bluzkalarni ishlab chiqarishda oqimning tayyorlash sektsiyasida- 
aylana, agregar yoki guruxli agrega oqimlar qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish oqimiga detal va 
yarimfabrikatlar pachkalab ketma-ket yoki tsiklli tushiriladi. 
Yig‘ish va pardozlash sektsiyalarida aylana va agregat oqimlar qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish 
oqimiga mexnat predmetlari donalab ketma-ket tushiriladi. 
Erkaklar ko‘ylagini tikishda oqimning tayyorlash sektsiyasida guruxli agregat oqimlar qo‘llaniladi. 
Ishlab chiqarish oqimiga detallar ketma-ket pachkalab tushiriladi. Yig‘ish sektsiyasida- agregat 
oqimlar. Detal va yarimfabrikatlar donalab yoki pachkalab ketma-ket tushiriladi. Pardozlash 
sektsiyasida- agregat yoki osma konveyerlar qo‘llaniladi. Oqimga buyumlar donalab yoki 
pachkalab tushiriladi. 
Yuqorida qayd etilgandek, ishlab chiqarish oqimini asosiy parametrlari yoki quvvat ko‘rsatkichlari 
kuyidagilaridan iborat: 

ishlab chiqarish oqimining quvvati, ya`ni bir smenada ishlab chiqariladigan maxsulot soni- 
M ( dona); 

ishlab chiqarish oqimidagi ishchilar soni- N ( ishchi); 

tikuv tsexini satxi - S 
ts
( m
2
). 
Ishlab chiqarish oqimini quvvat ko‘rsatkichlaridan biri ma`lum bo‘lgan xolda oqimni ma`romi 
xisoblanadi.

Download 2,84 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"

Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish