Kommutatorlar – tarmoqning bir yoki bir nechta
segmentlari chegarasida
bir nechta tugunlarni birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kommutator
(svitch) kommutatsiya jadvali asosida
axborot paketlarini uzatadi, shuning uchun
trafik faqat u yo‘naltirgan
MAC-adresga ketadi,
konsentrator (xab) dagi singari
barcha portlarda takrorlanmaydi.
Simsiz qurilmalardan dasturda simsiz marshrutizator va uchta kirish
nuqtasi keltirilgan.
Oxirg‘i qurilmalar orasida siz ShK, noutbuk, server, printer,
telefonlar va boshqalarni ko‘rishingiz mumkin. Dasturda
Internet bulut va DSL
modemlar ko‘rinishida tasvirlangan. Ko‘p foydalanuvchili ish uchun
foydalanuvchi qurilmalari va bulut 4-rasmda tasvirlangan.
4-rasm. Ko‘p foydalanuvchili ish uchun foydalanuvchi qurilmalari va bulut