81
maydalagichi qog‘ozni kesish orqali juda kichik bo‘laklarga
ajratadi
(3.14-rasm).
3.14-rasm. Shreder Rexel Auto+ 90X
Maydalash usulining afzalligi quyidagilardan iborat:
- bir marta sotib olish bilan uzoq vaqt foydalanish mumkin;
- materiallarni yo‘q qilish uchun qo‘shimcha
joy talab qilinmaydi;
- maxfiy ma’lumotlarni ham maydalay oladi.
Yoqish. Yoqish orqali katta hajmdagi hujjatlarni tezda yo‘q qilish
mumkin. Ma’lumotlarni yo‘q qilishning mazkur usuli ekologik jixatdan
ma’qullanmaydi. Bundan tashqari yoqish usuli quyidagi kamchiliklarga
ega:
- tashkilot ichida yoki tashqarisida qog‘ozlarni
yoqish uchun
maxsus joy bo‘lishi talab etiladi;
- agar yonish yuqori sharoitda maxsus qozonxonalarda amalga
oshirilmasa, qattiq bosilgan papkalarni to‘liq yonmaslik ehtimoli
mavjud;
-
olovni yoqish, qog‘ozlarni yuklash va tushirish ortiqcha xarajat
talab etadi.
Ko‘mish. Ushbu usul avvallari keng
foydalanilgan usul
hisoblansada, hozirda kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Ushbu usul
qog‘ozdagi ma’lumotlarni to‘liq yo‘q qilish imkoniyatini bermaydi.
Iqlimi quruq hududlarda qozog‘dagi ma’lumotlarni yo‘q bo‘lishi uchun
uzoq vaqt talab etiladi.
Kimyoviy ishlov berish. Yuqori maxfiylik darajasiga ega hujjatlarni
yo‘q qilishda yuqorida keltirilgan usullar to‘liq kafolatni ta’minlamaydi.
Kimyoviy usul esa qog‘oz ko‘rinishidagi axborotni 100% ishonchlik
bilan yo‘q qilish imkonini beradi. Buning
uchun maxsus kimyoviy
modda va suvdan foydalaniladi. Hosil qilingan massani tiklashning
82
umuman imkoni mavjud emas. Ushbu usulning yagona kamchiligi
narxining yuqoriligi va maxsus joy talab etilishi.