107
matrisasining ushbu ustuni olinadi
va amalni bajarishga ruxsat
berilganligi tekshiriladi. Ushbu ustunlarni ACL kabi tasavvur qilish
mumkin. Masalan, 4.1-jadvaldagi sug‘urta ma’lumotiga tegishli bo‘lgan
ACL quyidagicha:
(Bob,-),(Alisa,rw),(Sem,rw),(buxgalteriyaga oid dastur,rw)
Ikkinchi usulga binoan matritsa satrlar bo‘yicha bo‘linadi va har
bir satr mos subyekt bilan saqlanadi. U holda, subyekt tomonidan biror
amalni
bajarishga harakat qilinsa, amalni bajarishga ruxsat borligini
bilish uchun foydalanishni boshqarish matritsasining tegishli satriga
qaraladi. Mazkur yondashuv imtiyozlar ro‘yxati yoki C-list deb ataladi.
Masalan, 4.1-jadvaldagi Alisaning imtiyozlar ro‘yxati
yoki C-list
quyidagiga teng:
(OT,rx),(buxgalteriyaga oid dastur, rx), (buxgalteriyaga oid
ma’lumot, r), (sug‘urta ma’lumoti, rw),(to‘lov qaydnomasi ma’lumoti,
rw)
ACL va C-list o‘zaro ekvivalent bo‘lsada, ular bir xil
axborotni
o‘zida turlicha saqlaydi. Biroq, ular orasida sezilmas farq mavjud. ACL
va C-listning o‘zaro qiyosiy tahlili 4.8-rasmda keltirilgan.
Alisa
Bob
Fred
r
---
r
w
r
---
rw
r
r
Fayl 1
Fayl 2
Fayl 3
ACL
Alisa
Bob
Fred
r
w
rw
---
r
r
r
---
r
Fayl 1
Fayl 2
Fayl 3