• Mexanik qulflar
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/128
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,33 Mb.
    #123541
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128
    Bog'liq
    A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

    deraza pardalaridan ham foydalaniladi. 
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik xodimi (qo‘riqchi) 
    tashkilotning fizik xavfsizligini tashkil etish, monitoringlash va 
    madadlash vazifasini bajarib, maxfiy axborotni yo‘qolishidan, 
    o‘g‘irlanishidan, noto‘g‘ri foydalanishidan himoyalash uchun xavfsizlik 
    tizimini o‘rnatish, baholash va ishlab chiqish uchun javobgardir. Yuqori 
    malakali va tajribaga ega xodim har qanday tashkilotning xavfsizligida 
    muhim rol o‘ynaydi. Tashkilotda xodimlar tomonidan amalga oshirilgan 
    himoya 
    24 × 7 × 365 tartibida amalga oshirilishi zarur. Fizik 
    xavfsizlikka jalb etilgan shaxslar quyidagilar. 
    Qo‘riqchilar odatda asosiy kirish eshigi va darvozadan 
    kiruvchilarni va xodimlarni nazorat etishga javobgar bo‘lib, xususan, 
    ulardan begona shaxslarning tashkilot hududiga kirmasligini, turli 
    taqiqlangan buyumlarni olib kirmasligini ta’minlashi talab etiladi. 
    Tashkilotdagi barcha kirish eshiklaridagi holatlar qo‘riqchilar tomonidan 
    CCTV (Closed-circuit television) kameralar yordamida kuzatib boriladi 
    va yozib olib ma’lum vaqtda saqlanadi. 
     
    Tashkilotdagi qo‘riqchilar boshlig‘i. Tashkilotdagi qo‘riqchilar 
    boshlig‘i qo‘riqchilar harakatini kuzatish, talab etilgan vaqtda 
    qo‘riqchilarga ko‘mak berish, olamonni tarqatib yuborish, binodagi 
    qulflarni, yoritish tizimlarini boshqarishga javobgar. 


    122 
     
    Xavfsizlik xodimi tashkilot atrofida xavfsizlikka aloqador jixozlarni 
    o‘rnatish, boshqarish va ularni to‘g‘ri ishlayotganini kafolatlashi shart. 
     
    Axborot xavfsizligining bosh xodimi (Chief Information Security 
    Officer). O‘tgan davrlarda, axborot xavfsizligining bosh xodimi 
    tashkilotdagi barcha xavfsizlikka aloqador jarayonlarni nazoratlashi, 
    hattoki, tarmoq va tizim xavfsizligiga ham javobgar bo‘lgan. Hozirda 
    esa, ushbu shaxslarga, asosan, texnik tomondan bilim va ko‘nikmalar 
    berilishi talab etiladi. 
    Foydalanishlarni nazoratlash: autentifikatsiya usullari. Tashkilot 
    hududida shaxslarni autentifikatsiyalash vazifasi o‘rta to‘siqlar 
    vazifasini bajaruvchi turniketlar tomonidan yoki qo‘riqchilar tomonidan 
    ham amalga oshirilishi mumkin.
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik qulflar ruxsatsiz fizik 
    foydalanishlarni cheklashda foydalaniladi. Har bir tashkilot o‘zining 
    xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda ularni tanlashi shart. 
    Quyidagi turdagi fizik qulflardan amalda keng foydalanilmoqda: 
    Mexanik qulflartashkilotda fizik foydalanishlarni cheklashning 
    eng oson usuli hisoblanib, kalitli yoki kalitsiz bo‘lishi mumkin. Mexanik 
    qulflarga 4.19-rasmda misollar keltirilgan. 
    4.19-rasm. Mexanik qulflar 
     
    Raqamli qulflar: raqamli qulfli eshiklarni ochish uchun biror 
    narsani (kalitni) olib yurish talab etilmaydi, barmoq izi, smart karta yoki 
    PIN koddan oson foydalaniladi.
    Elektr/ elektromagnetik qulflar: elektr yoki elektron qulflash tizimi 
    elektr quvvatini kamaytirishga asoslangan bo‘lib, natijada eshik 
    ochiladi. Ularni, odatda magnit yoki va elektromotor faollashtiradi va 
    deaktivlashtiradi. Ushbu qulflar ochilishi uchun kalit talab etilmaydi.
    Kombinatsion qulflar raqam va simvollar kombinatsiyasidan iborat 
    bo‘lgan maxfiy kodni kiritishni talab etadi. 


    123 
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: Yashirin qurol/ kontrabanda 
    qurilmalarini aniqlash moslamasi. Tashkilotlarda odatda shaxslar 
    tomonidan olib kiriladigan jixozlar yoki vositalar maxsus skanerlar 
    yordamida turli qurollar yoki kontrabanda vositalarini, bombalar, yoki 
    o‘q otar qurilmalari aniqlanadi. Mazkur skanerlarga misol tariqasida
    metallni aniqlovchilar, X-ray aniqlash tizimlari va harakat bo‘ylab 
    metallni aniqlash tizimlarini keltirish mumkin (4.20-rasm). 

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish