• To‘siqlarga misollar
  • Yong‘inga qarshi himoya vositalari




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/128
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,33 Mb.
    #123541
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128
    Bog'liq
    A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

    4.17-rasm. Yong‘inga qarshi himoya vositalari 
     
    Yong‘inga qarshi aktiv himoya vositalari tashkilotda yong‘in 
    yuzaga kelgani haqida ogohlantirib, odatda tijorat, ishlab chiqarish 
    joylarida va savdo uylarida o‘rnatiladi. Ushbu himoya usulining asosiy 
    maqsadi yong‘inni binoning boshqa qismlariga tarqalmasligini oldini 
    olish hisoblanib, yong‘inga qarshi chora ko‘rishda ma’lum ishlarning 
    avtomatik yoki noavtomatik tarzda amalga oshirilishi talab etiladi.
    Yong‘inga qarshi aktiv himoya tizimi suv sepish, tutun/yong‘indan 
    ogohlantirish tizimlari, o‘t o‘chirish va turli suyuqlik (sprey) sepish 
    tizimlarini o‘zi ichiga oladi.
    Yong‘inga qarshi aktiv tizimlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
    - yong‘inni aniqlash tizimi yong‘in tarqalishidan oldin uni 
    aniqlashga yordam berib, tutun aniqlovchilarini, alanga aniqlovchilarini 
    va issiqlik aniqlovchilarini o‘z ichiga oladi. 


    120 
    - yong‘inni bartaraf etish tizimlari inson aralashuvisiz yong‘inni 
    dastlabki bosqichlarida uni bartaraf etib, zararni kamaytirishga va 
    qurilmalarni yo‘q qilinishidan himoyalaydi. Yong‘inni bartaraf etish 
    tizimlari avtomatik va avtomatik bo‘lmagan turlarga ajratiladi. Ushbu 
    tizimlarga o‘to‘chirgichni (ognetushitel), suv purkash tizimlarini misol 
    sifatida keltirsa bo‘ladi. 
    Yong‘inga qarshi passiv himoya tizimlari bino bo‘ylab yong‘inni 
    tarqalishini oldini olib, yong‘inga qarshi eshiklar, oynalar va devorlar 
    himoya chorasi sifatida qaraladi, boshqa biror tizim tomonidan ishga 
    tushirilishni talab etmaydi.
    Amaliyotda ushbu tizimlar quyidagi usullar asosida amalga 
    oshiriladi: 
    - yonuvchan materiallardan minimal foydalanish; 
    - binoga yong‘inni tarqalishini oldini olish uchun qo‘shimcha 
    qavat yoki xonalarni qurish; 
    - binodan foydalanuvchilarni yong‘in sodir bo‘lganda qilinishi 
    zarur bo‘lgan ishlar bilan tanishtirish; 
    - yong‘inga qarshi tizimlarni to‘g‘ri madadlash; 
    - yetarli sondagi qo‘shimcha chiqish yo‘llarining yetarlicha 
    sonining mavjudligini ta’minlash. 
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik to‘siqlar. Fizik xavfsizlikni 
    ta’minlash, odatda turli fizik to‘siqlardan foydalanib, fizik chegarani 
    umumiy hududdan taqiqlangan hududga ajratish yo‘li bilan, tashkilotda 
    ruxsatsiz foydalanishni oldini oladi. To‘siqlarni, joylashuv o‘rniga ko‘ra: 
    tashqi, o‘rta va ichki to‘siqlarga ajratish mumkin. Tashqi to‘siqlar 
    odatda g‘ov, devor va boshqalarni o‘z ichiga oladi. O‘rta to‘siqlardan 
    odatda olamon va insonlarni ruxsatsiz kirishlarini taqiqlashda 
    foydalaniladi. Ichki to‘siqlarni esa eshiklar, derazalar, panjaralar, 
    oynalar, pardalar va boshqalar tashkil etadi (4.18-rasm). 
    a) Elektr to‘siqlar 
    b) Metall to‘siqlar 
    s) Tumbalar 
    d) Turniket 
    4.18-rasm. To‘siqlarga misollar 


    121 
    Bino ichida foydalaniluvchi fizik to‘siqlarning quyidagi turlari 
    mavjud: 
    - devorlar/ elektr devorlar/ metall to‘siqlardan odatda taqiqlangan 
    hududlarni, nazoratlanadigan hududlarni va ruxsatsiz kirishdan 
    himoyani belgilashda foydalaniladi. Fizik to‘siqlarni amalga oshirishdan 
    asosiy maqsad: 
    o
    hujumchini blokirovkalash va ushlab qolish; 
    o
    tashkilot chegarasini belgilash; 
    o
    xavfsiz hududni tashqi hujumlardan himoyalash; 
    o
    transportlarni kirishidan himoyalash
    o
    qo‘poruvchilik hujumlaridan himoyalash. 
    - tumba kichik vertikal shaklida bo‘lib, avtomobillarni kirishidan 
    himoyalaydi; 
    - turniketlar shaxs tomonidan mos tanga, bilet, barmoq izi yoki 
    token ko‘rsatilganida bir vaqtda bir shaxsni ichkariga kirishiga yoki 
    chiqishiga ruxsat beradi; 
    fizik himoyani tashkil qilishda turli eshiklar, oynalar, panjaralar, 

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish