• Ogohlantiruvchi belgilar
  • Kuzatuv kameralari
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/128
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,33 Mb.
    #123541
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128
    Bog'liq
    A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

    4.20-rasm. X-Ray metall detektorlar 
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon chegarani buzib o‘tuvchini 
    tutuvchi fizik xavfsizlikni nazoratlash vositasi hisoblanib, odatda xavfli 
    hududni xavfsiz hududdan ajratadi. Qopqon ikki eshikli mexanik 
    qulflashga asoslangan kichik hudud bo‘lib, ikkinchi eshik ochilishidan 
    oldin birinchi eshik yopiladi. Shaxsni autentifikatsiyalash smart karta, 
    PIN kod yoki biometrik usullar asosida amalga oshirilishi mumkin
    (4.21-rasm). 
    4.21-rasm. Qopqon 


    124 
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik yorliqlari va 
    ogohlantiruvchi signallar. Yorliqlar xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan 
    axborotdan foydalanishda ruxsatlarni cheklash uchun qulay hisoblanadi. 
    Buning uchun, tashkilotdagi ma’lumotlarga xavfsizlik yorliqlari beriladi. 
    Quyidagi xavfsizlik yorliqlari mavjud: 
    - ochiq ma’lumotlar (unclassified); 
    - chegaralangan ma’lumotlar (restricted); 
    - konfidensial ma’lumotlar (confidential); 
    - maxfiy ma’lumotlar (secret); 
    - o‘ta maxfiy ma’lumotlar (top secret). 
    Axborotdan foydalanishdan oldin uning yorlig‘iga qarab, 
    ruxsatning borligi yoki yo‘qligi aniqlanadi, agar ruxsat bo‘lsa undan 
    foydalanish mumkin.
    Ogohlantiruvchi signallardan, odatda, tashkilotdagi ko‘p sonli 
    xodimlarning ruxsatsiz harakatlarini cheklash uchun foydalaniladi. 
    Ogohlantiruvchi signallarga “TAQIQLANGAN HUDUD” 
    (RESTRICTED AREA), “OGOHLANTIRISh” (WARNING), 
    “XAVFLI” (DANGER) iboralarini misol tariqasida keltirish mumkin 
    (4.22-rasm).
     
     
    4.22-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar 
     
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: video kuzatuv vositalari tashkilot 
    aktivlarining fizik xavfsizligini ta’minlashda muhim komponent 
    hisoblanadi. Video kuzatuv moslamalari odatda tashkilotning kirish 
    eshiklarida, zallarida va ishchi hududlarida o‘rnatilib, kirish va chiqish 
    harakatlarini kuzatishga yordam beradi. Zamonaviy video kuzatuv 
    vositalari nafaqat harakatlarni qaydlashga, balki nomaqbul harakatlarni 
    aniqlash imkonini ham beradi. Masalan, taqiqlangan jixoz olib 
    kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan holatni aniqlaydi yoki janjal 
    bo‘layotgan holatni aniqlab, ogohlantirish signalini yuboradi. Video 
    kuzatuv vositalari sifatida hozirgi kunda quyidagi kameralardan 
    foydalanib kelinmoqda (4.23-rasm). 


    125 
    a) Dome CCTV b) Bullet CCTV 
    c) C-mount 
    CCTV 
    d) Day/ night 
    CCTV 
    4.23-rasm. Kuzatuv kameralari 
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va 
    muolajalari. Har bir tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish 
    uchun talab qilingan fizik xavfsizlik siyosatini va muolajalarini amalga 
    oshirishi zarur. Turli tashkilotlar uchun fizik xavfsizlik siyosati turlicha 
    bo‘lishi mumkin. Xususan, tashkilot fizik xavfsizligining siyosati o‘zida 
    quyidagilarni mujassamlashtiradi: 
    - xodimlarning huquq va vazifalari; 
    - foydalanishlarni boshqarishning nazorati; 
    - qaydlash va audit. 
    Fizik xavfsizlik muolajalari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
    - qulflash tizimini boshqarish
    - suqilib kirish insidentlarini qaydlash; 
    - tashrif buyuruvchilarni boshqarish; 
    - konfidensial materiallarni yo‘q qilish; 
    - qog‘ozdagi axborot uchun toza stol siyosatini va axborotni 
    ishlashda toza ekran siyosatini amalga oshirish. 
    Toza stol siyosatiga ko‘ra tashkilot uchun muhim bo‘lgan 
    axborotni xodimlar tomonidan nazoratsiz qoldirilmasligi va ish joyidan 
    tashqariga olib chiqmasligi zarur. Toza ekran siyosati esa xodim o‘z 
    kompyuteridan foydalanishi davomida uni nazoratsiz qoldirmaslikka 
    e’tibor qaratadi. 

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish