• “Umumiy shina” topologiyasi
  • “Xalqasimon” topologiya
  • “Yulduzsimon” topologiya
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/128
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,33 Mb.
    #123541
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128
    Bog'liq
    A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

    Ma’murlash usuli bo‘yicha tarmoqlar “bir rutbali 
    (одноранговый)” va “mijoz serverli” turlariga bo‘linadi. Bir rutbali 
    tarmoqlarda barcha kompyuterlar ham mijoz, ham server bo‘lishi 
    mumkin. UNIX tarmoqlari bunga misol bo‘ladi. 
    Mijoz-server texnologiyasi bo‘yicha qurilgan tarmoqlarda maxsus 
    ajratilgan server mavjud. Ajratilgan serverlarga quyidagilar misol bo‘la 
    oladi: fayl server, bosma server, ilovalar serverlari. 
    Ro‘yxatga olish serverlari (domenlar kontrollerlari), web serverlar, 
    elektron pochta serverlari, masofadan foydalanish serverlari, terminal 
    serverlar, telefon serverlar, proksi serverlar va h. 
    “Mijoz-server” tarmoqlarida markazlashgan arxitektura hisobiga 
    ma’murlash va masshtablash funksiyalarini, xavfsizlikni va tiklanishni 
    ta’minlash osongina amalga oshiriladi. Ammo, bunday tarmoqlarning 
    zaif joyi (barcha markazlashgan tizimlardagi kabi) server hisoblanadi. 
    Serverning buzilishi butun tizimning ishdan chiqishiga olib keladi. 
    Undan tashqari, “mijoz-server” tarmoqni qurish uchun serunum 
    kompyuter va mos operatsion server muhiti talab etiladi. Mos holda, 
    bunday tarmoqlar professional tarmoq ma’muriga ega bo‘lishi shart.
    Tarmoq topologiyasi bo‘yicha umumiy shinali (bus), xalqasimon 
    (ring), yulduzsimon (star), uyali (mesh) va aralash topologiyali 
    tarmoqlar farqlarnadi. “Umumiy shina” topologiyasi bitta chiziq 
    bo‘yicha yotqizilgan tarmoqdan iborat. Kabel bitta kompyuterdan 
    keyingi kompyuterga, so‘ngra undan keyingisiga o‘tadi (5.1-rasm). 
    5.1-rasm. “Umumiy shina” topologiyasi 


    133 
    Shinaning har bir uchida terminator (signalning akslanishini istisno 
    qiluvchi) bo‘lishi lozim. Shinaning bir uchi yerga ulanishi kerak. Shinali 
    topologiya “passiv” hisoblanadi, chunki kompyuterlar signallarni 
    regenerasiyalamaydi. Signal so‘nishi muammosini hal etishda 
    tarkorlagichlardan foydalaniladi. Shinaning uzilishi butun tarmoq 
    ishlashining buzilishiga sabab bo‘ladi (signalning akslanishi hisobiga). 
    Tizimning fizik sathida axborotning sust himoyalanganligini aytish 
    lozim. Chunki, bir kompyuterning ikkinchi kompyuterga yuborgan 
    xabari boshqa ixtiyoriy kompyuterda qabul qilinishi mumkin. 
    “Xalqasimon” topologiyada har bir kompyuter boshqa ikkita 
    kompyuter bilan ulangan va signal aylana bo‘yicha o‘tadi (5.2-rasm).
    5.2-rasm. “Xalqasimon” topologiya 
    Xalqasimon topologiya “aktiv” hisoblanadi, chunki har bir 
    kompyuter keyingi kompyuterga signal regeneratsiyalaydi. 
    Topologiyaing kamchiligi sifatida masshtablashning murakkabligini 
    hamda umumiy shina topologiyasidagidek uzilish sodir bo‘lganida 
    tarmoqning ishdan chiqishini va axborotning sust himoyalanganligini 
    ko‘rsatish mumkin. 
    “Yulduzsimon” topologiya har bir kompyuterni markaziy 
    konsentrator bilan ulash orqali tashkil etiladi (5.3-rasm).
    5.3-rasm. “Yulduzsimon” topologiya 


    134 
    Ushbu topologiyaning afzalligi uzilishlarga barqarorligi (faqat bitta 
    kompyuter uziladi), kompyuterlarni qo‘shish imkoniyatining kamchiligi 
    sifatida konsentratorga xarajatni ko‘rsatish mumkin.
    “Uyali” topologiyada har bir kompyuter boshqalari bilan ulangan. 
    Shu tufayli ulanishlarning uzilishiga eng yuqori barqarorlikka erishiladi. 
    Topologiyaning kamchiligi sifatida kabelli ulanishlarga xarajatni 
    ko‘rsatish mumkin.
    Ta’kidlash lozimki, topologiya fizik va mantiqiy bo‘lishi mumkin. 
    Fizik topologiya kabel yotqiziladigan yo‘lni, mantiqiy topologiya esa 
    signal o‘tadigan yo‘lni ko‘zda tutadi. Masalan, Token Ring arxitektura 
    fizik nuqtai nazardan yulduzsimon topologiyani ifodalasa, mantiq nuqtai 
    nazariyadan xalqasimon topologiyani ifodalaydi. 
    Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar: 
    − ochiqlilik – tarmoqning mavjud komponentlarining texnik va 
    dasturiy vositalarini o‘zgartirmay qo‘shimcha abonent kompyuterlarini 
    hamda aloqa liniyalarini (kanallarini) kiritish imkoniyati; 
    − moslashuvchanlik – kompyuterni yoki aloqa liniyalarini ishdan 
    chiqishi natijasida struktura o‘zgarishining ishga layoqatlikka ta’sir 
    etmasligi; 
    − samaradorlik – kam sarf-xarajat evaziga foydalanuvchilarga 
    xizmat qilishning talab etiladigan sifatini ta’minlash. 
    Tarmoq – turli uskunalarning birlashmasi, demak ularni birgalikda 
    ishlatish muammosi jiddiy muammolardan hisoblanadi. Ishlab 
    chiqaruvchilarning uskuna qurilishidagi umumiy qoidalarga rioya 
    qilmaslaridan turli tarmoqlarni qurishda taraqqiyotga erishish mumkin 
    emas. Shu sababli kompyuter sohasidagi yuksalishlar standartlarda 
    akslanadi. Boshqacha aytganda, har qanday texnologiya, uning mazmuni 
    standartlarda o‘z aksini topganidagina “qonuniy” himoyaga ega bo‘ladi.
    1980 – yilning boshlarida standartlash bo‘yicha qator tashkilotlar 
    tomonidan yaratilgan model tarmoqlar rivojida muhim rol o‘ynadi. Bu 
    model ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa modeli (Open System 
    Interconnection) yoki OSI modeli deb yuritiladi. OSI modeli 
    tizimlarning o‘zaro aloqasining turli sathini belgilaydi, ularga standart 
    nomlar beradi va har bir sathning qanday vazifalarni bajarishini 
    ko‘rsatadi. Ushbu modelning talablariga muvofiq tarmoqning har bir 
    tizimi ma’lumotlar kadrini uzatish orqali o‘zaro aloqada bo‘lishlari 
    lozim. OSI modeliga binoan kadrlarni hosil qilish va uzatish 7 ta ketma-
    ket harakatlar yordamida amalga oshiriladi (5.4-rasm). Bu harakatlar 
    “ishlash sathlari” nomini olgan.


    135 
    7. Tatbiqiy sath
    6. Taqdimiy sath 
    6. Seans sathi
    4. Transport sathi
    3. Tarmoq sathi
    2. Kanal sathi
    1. Fizik sathi
    7. Tatbiqiy sath
    6. Taqdimiy sath
    6. Seans sathi
    4. Transport sathi
    3. Tarmoq sathi
    2. Kanal sathi
    1. Fizik sathi

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish