Boshqa fizik xavfsizlik choralari: yoritish tizimlari. Yoritish
tizimlari tashkilot binosi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Tashkilot binolarining atrofini yetarlicha yoritmaslik boshqa
xavfsizlik vositalarining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Masalan,
agar tashkilotning kirishida, mashina turar joylarida yoki kuzatuv
kamerasi o‘rnatilgan boshqa hududlarda yoritish tizimi talabga javob
bermasa, ushbu hududlardagi noqonuniy harakatlarni aniqlash
126
imkoniyati kamayadi. Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanligiga
ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
- doimiy yoritish tizimlari – tashkilot binosi atrofida o‘rnatilgan
yoritish vositalari;
- kutish rejimidagi yoritish tizimlari – biror bir ogohlantiruvchi
signal ta’sirida avtomatik yoki noavtomatik tarzda ishlaydigan yoritish
vositalari;
- harakatlanuvchi yoritish tizimlari – qo‘lda boshqariluvchi
yoritish vositalari bo‘lib, qorong‘uda zaruriyat bo‘lganida yoritish uchun
foydalaniladi;
- favqulotda yoritish tizimlari – elektr energiyasi manbalari ishdan
chiqqanida tashkilot binolarini vaqtinchalik yoritish uchun foydalaniladi.
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: energiya manbalari. Energiya
manbalari nafaqat tashkilotning axborot texnologiyalari tizimiga, balki
fizik xavfsizlikni ta’minlash tizimlariga ham katta ta’sir qiladi.
Energiyaning yetarli darajada bo‘lmasligi yoki tez-tez uzilib qolishi
natijasida jixozlarga zarar yetishi mumkin. Tashkilotlarda energiya
manbaining uzilishi natijasida yuzaga keladigan zararni kamaytirish
uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim:
- energiya tebranishlariga tayyor turish;
- energiya uzilishi kuzatilganida uzluksiz energiya manbalaridan
(UPS – Unintrruptible power supply) foydalanish;
- vositalarni tahdidlardan himoyalash tizimlarini o‘rnatish;
- ish joylarida statik elektr ta’siridan himoyalash tizimlarini
o‘rnatish;
- elektr energiyasida ishlaydigan vositalardan to‘g‘ri foydalanish.
Ish joyining xavfsizligi: qabulxona. Tashkilotning qabulxonasi har
doim mehmon va tashkilotlar orasida o‘zaro aloqa o‘rnatishda muhim
joy hisoblanadi. Tashkilot qabulxonasida deyarli har kuni turli
mehmonlar, hamkorlar, xodimlar va h. bo‘lishadi. Shu sababli,
qabulxonadagilar ularning har birini tanib olishga harakat qilishlari va
qaydlashlari lozim.
Ish joyining xavfsizligi: Server/ zaxira nusxalash qurilmalarining
xavfsizligi. Har bir tashkilot o‘z serverining va zaxira nusxalash
vositalarining fizik xavfsizligini ta’minlashga e’tibor berishi lozim.
Ushbu vositalarga nisbatan fizik ruxsatlarning cheklanganligi bois,
ulardan faqat ruxsat etilgan shaxslar foydalana olishlari mumkin. Server
va zaxira nusxalash qurilmalarining fizik xavfsizligini ta’minlash uchun
quyidagilar amalga oshiriladi:
127
- server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash.
Bu chora ushbu qurilmalarning noma’lum shaxslar yoki xodimlar
tomonidan ruxsatsiz boshqarilishini cheklaydi;
- server va zaxira nusxalash vositalari joylashgan xonaga yoki
muhitga kuzatuv kameralarini va smart karta yoki biometrik
parametrlarga asoslangan autentifikatsiyani joriy etish;
- serverlarni, o‘g‘irlanishidan va zararlanishidan himoyalash
uchun, maxsus tagliklarga o‘rnatish;
- turli energiya o‘zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira
UPS vositasiga ulash;
- qurilmalarni qulflanuvchi xonalarda saqlash;
- xodimlar tomonidan ruxsatsiz zaxira nusxalamasligini va server
vositalarini olib chiqib ketilmasligini ta’minlash.
Ish joyining xavfsizligi: Muhim aktivlar va olib yuriluvchi
qurilmalar. Tashkilot har doim o‘zining server va zaxira nusxalash
vositalari bilan bir qatorda, boshqa muhim aktivlar, ishchi stansiyalar,
routerlar va svitchlar, printerlar, olib yuriluvchi vositalar va
boshqalarning xavfsizligiga e’tibor berishi lozim. Tashkilotga kiruvchi
va chiquvchi barcha ma’lumotlar axborot tarmog‘i orqali
harakatlanganligi sababli, tashkilot tarmoq kabellarining joylashuvi va
ularning xavfsizligiga ham jiddiy e’tibor berish lozim.
Ish joyining xavfsizligi: olib yuriluvchi vositalar. Hozirgi kunda
har bir tashkilotda turli olib yuriluvchi vositalardan foydalanilmoqda.
Ularga leptoplar, planshetlar, proyektorlar va boshqalar misol bo‘lib,
ular osonlik bilan o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi va ularga zarar yetkazilishi
mumkin. Ushbu vositalarni fizik xavfsizligini ta’minlashda turli
mexanik qulflardan foydalanish yoki ularni xavfsiz xonalarda saqlash
choralarini ko‘rish talab etiladi (4.24-rasm).
4.24-rasm. Noutbuklarni stolga qulflash vositasi
128
Muhitni nazoratlash: isitish, ventilyatsiya va havoni sovitish
tizimlari (Heating, ventilating and air-conditioning system, HVAC).
Mazkur tizimlar xona yoki bino ichidagi muhitni nazoratlash uchun
ishlatiladi va tashkilotdagi qurilmalar ishlashi uchun zurur bo‘lgan
muhitni yaratishga xizmat qiladi. Ba’zi HVAC tizimlarida muzlatish
tizimi ham mavjud bo‘lib, ular HVAC&R (Refrigeration) tizimlari deb
ataladi. Ular nafaqat qurilmalar ishlovchi mos sharoitni yaratish uchun,
balki xodimlar ishlashi va tashkilot faoliyati uchun zarur bo‘lgan
muhitni yaratish uchun ham qo‘llaniladi.
Muhitni nazoratlash: elektromagnit shovqinlarni ekranlash.
Tashkilotda elektron qurilmalardan hosil bo‘ladigan elektromagnit
shovqinlar atrofdagi boshqa qurilmalar ishiga ta’sir etishi mumkin.
Elektromagnit shovqinlarni ekranlashda elektron vositalar metall bilan
qoplanadi, natijada tarqaluvchi elektr to‘lqinining boshqa vositalarga
ta’siri keskin kamayadi. Bundan tashqari, qurilmalarni maxsus
materiallar bilan to‘sish orqali boshqa qurilmalardan ajratish mumkin.
Tashkilotlarda elektron qurilmalar soni ko‘p bo‘lgan hollarda (masalan,
telekommunikatsiya yoki shifoxonalarda) ularni ekranlash zaruriyati
yanada ortadi.
Fizik xavfsizlik: ogohlik / o‘qitish. Yaxshi o‘qitilgan va malakaga
ega bo‘lgan xodim tashkilotning fizik xavfsizligiga bo‘lgan risklarni
minimallashtirishi mumkin. Yuqori fizik xavfsizlikni ta’minlashda
tashkilot o‘z xodimlari uchun ogohlik mashg‘ulotlarini tashkil etishi
lozim. Ogohlantirish yoki o‘qitish dasturlari quyidagilarni nazarda
tutishi shart:
- hujumlarni kamaytiruvchi usullarni ta’minlashni;
- maxfiy axborotni olib yurishdagi risklarni;
- xavfsizlik xodimlarining muhimligini;
- barcha qurilma va ma’lumotlarga bo‘lishi mumkin bo‘lgan
hujumlar ehtimolini baholashni.
Tashkilotlar fizik xavfsizlik bo‘yicha ogohlik/ o‘qitish kurslarini
tashkil etishda turli usullardan foydalanishlari mumkin:
-
sinf mashg‘ulotlari – ma’ruzaga asoslangan interaktiv sinf
mashg‘ulotlarining afzalligi:
o
barcha noravshan va noaniq masalalar shu joyning o‘zida
aniqlanadi;
o
webga asoslangan yoki uchrashuvga asoslangan o‘qitish
sessiyalarini amalga oshiradi;
129
o
rol o‘ynash yoki simulyatsiya o‘yinlari orqali o‘qitish yanada
interaktiv bo‘lishi mumkin.
- Aylana stol mashg‘ulotlari - mazkur kurslar odatda oylik yoki
xaftalik bo‘lib, fizik xavfsizlik zarur bo‘lganda tashkilot xodimlarini
o‘qitish uchun amalga oshiriladi.
- Xavfsizlik haqida xabardor qiluvchi web sayt – xavfsizlik haqida
xabardor qiluvchi web saytni yaratish orqali xodimlar o‘zlariga
biriktirilgan vazifalarni chuqurroq o‘rganadilar. Bunda turli rasm, video
va misollar asosida mavjud holat tushuntiriladi.
- Master klass darslari – parolni almashtirish yoki parolni
bilmasdan uni olib tashlash master klass darslarida amalga oshiriladi.
Fizik xavfsizlikni amalga oshirilganligi quyidagilar orqali
baholanadi:
1. Ruxsatsiz foydalanishlarni oldini olish uchun mos foydalanishlarni
nazoratlash usullarining o‘rnatilganligi.
2. Muhim hududlar to‘g‘ri yoritish tizimi asosida kuzatilayotganligi.
3. Turli tahdidlar, yong‘in, tutun, elektr, suv va boshqalarni
aniqlovchi va ogohlantiruvchi tizimlar o‘rnatilganligi va ularni to‘g‘ri
ishlayotganligi.
4. Eshiklarni qulflash tizimini to‘g‘ri o‘rnatilganligi va ularni to‘g‘ri
ishlayotganligi.
5. Tashkilot binosi va hududi yetarli sondagi qo‘riqchilar tomonidan
qo‘riqlanayotganligi.
6. Xavfsizlik xodimlarini o‘quv mashg‘ulotlariga yuborilganligi.
7. Xavfsizlik xodimlarini ishonchli agentliklardan olinganligi.
8. Tashkilotdagi kuzatuv kameralari to‘g‘ri o‘rnatilganligi va uzluksiz
ishlayotganligi.
9. Fizik xavfsizlik insidentlarini aniqlashda va qaydlashda
muolajalarning to‘g‘ri amalga oshirilganligi.
10. Favqulotda vaziyatlarda xodimlar bilan aloqa o‘rnatishga oid
axborotning mavjudligi.
|