Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/128
Sana19.12.2023
Hajmi3,33 Mb.
#123541
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   128
Bog'liq
A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

Fizik xavfsizlikni nazoratlash. Biror fizik xavfsizlikni mos 
xavfsizlik nazoratisiz, amalga oshirish qiyin. Fizik xavfsizlik nazoratini, 
qaysi darajada amalga oshirilishiga qarab, quyidagicha tasniflash 
mumkin: 
- ma’muriy nazorat xavfsizlikni nazoratlashda inson omilini 
mujassamlashtiradi. Turli lavozimlardagi barcha xodimlar ma’muriy 
nazoratni qurishda inobatga olinishi kerak. Ma’muriy nazorat har bir 
foydalanuvchi boshqarishi mumkin bo‘lgan resurslarga asoslanib
boshqaruv cheklanishlarini, amaliy muolajalarni, qayd yozuvini amalga 
oshirish muolajalari va axborot tizimi uchun mos himoya darajasini o‘z 


118 
ichiga oladi. U asosan insonni boshqarish uchun shaxsga qaratilgan 
usullarni amalga oshiradi. 
- fizik nazorat tashkilotlardagi fizik tizimlarga zarar yetishini oldini 
olish bilan shug‘ullanib, qurilmalarni, bino yoki biror bir maxfiy muhitni 
ruxsatsiz boshqarishdan himoyalashni qamrab oladi. Fizik nazorat 
qurilmaning yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishi, tasodifan zararlanishi yoki 
yo‘q qilinishi, yong‘in yoki tabiiy ofatlar kabi tahdidlardan 
himoyalashga xizmat qiladi. 
- texnik nazorat mantiqiy nazorat kabi tashkilotdagi fizik aktivlardan 
yoki binolardan foydalanishni nazoratlash texnologiyalaridan 
foydalanib, odatda taqiqlangan hududda foydalanishlarni nazoratlash 
uchun kompyuter qurilmalari, dasturlari, amallari va ilovalardan 
foydalanadi. 
- fizik xavfsizlikni nazoratlash, joylashuv va arxitektura. Tashkilotlar 
o‘zlari uchun binolar sotib yoki ijaraga olishdan oldin binoning 
joylashuvi, qo‘shni binolar, elektr va suv manbalari, kanalizatsiya tizimi, 
kichik va katta yo‘llarga yaqinligi, transport masalasi, tez yordam 
ko‘rsatish holati, shifoxona, ayeroportga yaqinligi, mazkur hududdagi 
jinoyatchilik ko‘rsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarining 
mavjudligi va boshqa fizik xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 
barcha omillarni e’tiborga olishlari shart. Tanlangan hudud toshqinlar, 
tarnadolar, yer silkinishi, dovul, yong‘inlar kabi tabiiy ofatlardan xoli 
bo‘lishi tavsiya etiladi. 
Binolarning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo‘lib, 
ichki struktura va arxitekturani loyihalash va rejalashtirish vaqtida 
tashkilot tomondan binodagi barcha aktivlarning ro‘yxati tayyor bo‘lishi 
lozim.
Tashkilot infrastruktura va arxitekturasini loyihalashda quyidagi 
jihatlarga e’tibor berishi lozim: 
- binoga kirish eshiklarining soni, asosiy kirish, zinalar, lift, 
mashinalar to‘xtab turish joylari, o‘tish yo‘laklari va qabul qilish 
hududlarini aniqlashtirilganligiga; 
- joylashgan hududga yaqin qo‘shni binolarning ichki va tashqi 
arxitekturasi va atrofdagilar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 
binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashilganiga; 
- halokatli buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko‘rinishi 
orqali zarar yetishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga; 


119 
- agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, 
ularni sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga 
ta’sirini o‘rganilganligiga; 
- fizik xavfsizlikni, maxfiy ma’lumotlarni saqlash va tashkilot 
faoliyatini samarali tashkil etishini nazoratlash uchun talab etilgan 
muhim infrastrukturani aniqlashtirishga. 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong‘inga qarshi tizimlar. 
Yong‘inga qarshi tizimlar o‘zida aktiv va passiv yong‘inga qarshi 
himoyani mujassamlashtirgan bo‘lib, fizik xavfsizlikni ta’minlashda 
muhim omil hisoblanadi, yong‘in yuzaga kelganini avtomatlashgan yoki 
avtomatlashmagan holda aniqlaydi (4.17-rasm). 

Download 3,33 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   128




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish