Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/128
Sana19.12.2023
Hajmi3,33 Mb.
#123541
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128
Bog'liq
A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

foydalanilishi 
34% 
27% 
23% 
16% 
Fizik nazoratning
buzilishi
Fizik o‘g‘rilash 
Hakking/ 
АTning 
buzulishi 
Boshqalar


116 
Fizik xavfsizlik OSI modelining fizik sathida himoyani 
ta’minlaydi. Fizik sath quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- barcha kabel va tarmoq tizimlari; 
- tizim va kabellarni fizik nazoratlash; 
- tizim va kabellarning elektr ta’minoti; 
- tizimni madadlash muhiti. 
Fizik xavfsizlikka ta’sir qiluvchi omillar. Fizik xavfsizlikning 
buzilishiga ta’sir qiluvchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin: 
tabiiy/ muhit tahdidlari va inson tomonidan (sun’iy) amalga oshiriluvchi 
tahdidlar
 
Tabiiy tahdidlar. 
Toshqinlar odatda kuchli yomg‘ir va muzlarning erishi natijasida 
yuzaga keladi. Toshqinlar natijasida tashkilotning elektr ta’minotiga va 
server xonalariga zarar yetishi mumkin. Odatda tashkilotlarda server 
xonalari binolar yerto‘lasida joylashganligi sababli, toshqin yanada 
ko‘proq zarar yetkazishi mumkin. 
Yong‘inlar odatda qisqa tutashuvlar va eski bino materiallari 
sababli yuzaga keladi. Yong‘in natijasida tashkilotning kompyuter 
xonalari va ishchi binolari hamda qurilmalar, kabellar va boshqa muhim 
tashkil etuvchilarga to‘liq yoki qisman zarar yetkazilishi mumkin. 
Zilzila yer qobig‘ida seysmik terbanishni yaratuvchi kuchli 
energiya natijasida to‘satdan yuzaga keladi. U tashkilotning fizik 
infrastrukturasiga ta’sir etib, tashkilot ichidagi xavfsiz muhitda 
saqlangan kompyuter va boshqa qurilmalarga va hujjatlarga jiddiy ziyon 
yetkazishi mumkin.
Chaqmoq va momaqaldiroq muhitning o‘zgarishi natijasida yuzaga 
kelib, barcha tashqi faoliyatning to‘xtatilishiga olib keladi. Chaqmoq va 
momaqaldiroq natijasida elektr quvvati o‘zgarib, ish faoliyatiga ta’sir 
qiladi va tashkilotdagi qurilmalarning xotira qismlariga ta’sir qiladi. 
Bundan tashqari, chaqmoq va momaqaldiroq natijasida kabellarda va 
boshqa ulanish tizimlarda qisqa tutashuvlar yuzaga kelishi mumkin. 
Hisoblash qurilmalarining mo‘tadil ishlashi uchun ular ma’lum 
haroratli muhitda bo‘lishlari talab etiladi. Kompyuter vositalari yuqori 
haroratda ishlashga mo‘ljallanmagan. Kompyuter tizimlarida sovutish 
tizimlari mavjud bo‘lsada, tashqi yuqori harorat ularning ish faoliyatiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashkilotdagi elektr va elektron jixozlar 
namlikni o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori namlik karroziyaga, qisqa 
tutashuvlarga sababchi bo‘ladi yoki magnetik va optiq saqlagichlarga 
jiddiy ta’sir qiladi.


117 
Sun’iy tahdidlar. 
 Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo‘ladigan salbiy ta’sirlarning 
aksariyat qismi insonlar tomonidan bilmay yoki atayin qilingan xato 
natijasida yuzaga keladi. Fizik xavfsizlik tizimiga insonlar tomonidan 
bo‘ladigan quyidagi tahdidlar mavjud: 
Vandalizim. Xafa bo‘lgan xodimlar yoki sobiq xodimlar tizim 
komponentlarini buzish yoki zarar yetkazish orqali tizimni 
obro‘sizlantirishga harakat qilishlari mumkin.
Qurilmaning yo‘qolishi. Ruxsatsiz foydalanish muhim axborot 
yoki qurilmani yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Agar qurilma himoyasi 
yetarli darajada bo‘lmasa, uning o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin. 
Fizik qurilmalarning buzilishi. Qurilmalarning noto‘g‘ri ishlashi, 
masalan, qurilmalarning yoki ma’lumotlarning noto‘g‘ri saqlanganligi
zararlangan qurilmalarni almashtirilmaganligi va zaif kabellar fizik 
qurilmalarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 
O‘g‘irlash. 
Xavfsizlik tizimidagi zaifliklar jixozlarning 
o‘g‘irlanishiga sabab bo‘ladi. 
Terrorizm. Tashkilot yaqinidagi yoki uning ichidagi terrorchilik 
harakatlari, masalan, mashinaga qo‘yilgan, shaxslarda mavjud bo‘lgan 
yoki masofadan turib boshqariluvchi bomba portlashi natijasida tashkilot 
fizik xavfsizligiga turlicha zarar yetkazilishi mumkin. 
 
Ijtimoiy injineriya. Ijtimoiy injineriyaga shaxsiy axborotni boshqa 
shaxslar tomonidan noqonuniy qo‘lga kiritish maqsadida qilgan 
harakatlari sifatida qaraladi. Buzg‘unchi tashkilot xodimlaridan ijtimoiy 
injineriya orqali ruxsatsiz fizik nazoratlashdan daromad ko‘radi. 
 
Tizimlarni ruxsatsiz nazoratlash. Har ikkala, ichki va tashki 
foydalanuvchilar ham tashkilot haqidagi axborotni yoki tizimni ruxsatsiz 
boshqarishga harakati. 

Download 3,33 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish