144
oldida, vaqtinchalik tunnelni tashkil etish imkoniyatining afzalligi
namoyon.
Ma’lumotlar paketining yuqori sath paketiga
inkapsulyatsiyasi esa
ma’lumotlarni shifrlash va ularning yaxlitligini nazoratlash talablarini
osongina qondirishga imkon beradi.
Virtual xususiy tarmoqlarni, asosan OSI-modeli
sathlari va ulanish
usullari bo‘yicha tasniflash qabul qilingan. Ulanish bo‘yicha “nuqta-
nuqta” (“uzel-uzel”), “nuqta-tarmoq” va “tarmoq-nuqta” usullari
farqlanadi. 5.2-jadvalda virtual xususiy tarmoqning eng ommaviy
protokollari keltirilgan.
5.2-jadval
Virtual xususiy tarmoq protokollari
OSI
modeli
sathlari
Tunnellashning
bazaviy protokoli
Shifrlash vositalari
Seans
sathi
SOCKS
Quyidagi protokollardan
foydalanadi.
Transport
sathi
SSH
AES, 3DES, Blowfish
SSL/TLS
AES, 3DES, IDEA, RC4 va h.
Tarmoq
sathi
IPSec (ESP)
AES, 3DES va h.
Kanal sathi
L2TP
Yuqoridagi protokollardan
foydalanadi.
PPTP
MPPE (RC4)
PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol) – “nuqta-nuqta” xilidagi
kanal sathining tunnel protokoli. Ushbu protokol, tunnelga xizmat qilish
uchun, qo‘shimcha TCP-ulanish yordamida
PPP-kadrlarni IP-paketlarga
inkapsulyatsiyalaydi. Mijozlarni autentifikatsiyalash uchun masofaviy
foydalanishning turli protokollarini, jumladan MSCHAPv2 protokolini,
madadlaydi. Shifrlashda RC4 algoritmni
amalga oshiruvchi MPPE
protokol madadlanadi.
L2TP (Layer 2 Tunneling Protocol) – PPP-kadrlarni tarmoq sathi
paketlariga inkapsulyatsiyalovchi kanal sathining tunnel protokoli.
Protokolning afzalligi sifatida foydalanish ustuvorliklarini va
multiprotokollikni (nazariy jixatdan IPga bog‘liq emaslikni)
madadlashini ko‘rsatish mumkin. Shifrlash mexanizmi o‘zidan yuqori
sathga ishonib topshiriladi, masalan IPSec
apparat yordamida amalga
145
oshirilishi mumkin. PPTPdan farqli holda, TCP/IP tarmoqlarida ushbu
protokol transport protokoli UDPga moslangan.
IPSec (IP Security) protokoli ikkita rejimda – transport va tunnel
rejimida ishlaydi. Transport rejimida (ushbu rejim hostlar orasidagi
ulanishlarni o‘rnatishda ishlatiladi) IPSecdan, qandaydir boshqa usul,
xususan, shifrlash funksiyasi bo‘lmagan L2TP tomonidan tashkil etilgan
“nuqta-nuqta” xilidagi tunnellarni himoyalashda foydalanish mumkin.
Tunnel rejimi shunday tunnelarni
yaratishga imkon beradiki, shifrlangan
butun paket (transport rejimidan farqli holda, butun paket sarlavhasi
bilan shifrlangan) adresatga yetkazish uchun yuqori sathga
inkapsulyatsiyalanadi.