“Texnologiya” fani bo‘yicha yangi bilimlarni berish, mehnat




Download 325.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana22.09.2023
Hajmi325.57 Kb.
#83471
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6094-Текст статьи-15238-1-10-20220611
bmi 4, 30 соат 1-СМ МАЖМУА 2021-22, 1 Ta\'lim jarayonida o\'quvchilarning xususiyatlarini o\'rganish locked, Титул, появления информатики , ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, kurs ishim., 1.mavzuiar, 005 Qashqarchai savti, mamalakat aholisi xamda yoshlar bandligini taminlashda oilavij tadbirkorlikni, маълумотнома222, Azizani disertassiyasi.docx oxirgi variant2023, ishlo-zhoylarida-kichik-biznes-va-oilaviy-tadbirkorlikni-rivozhlantirish, Aloqa xati 4-kurs matematika, XOSMAS integralning Bosh qiymati
“Texnologiya” fani bo‘yicha yangi bilimlarni berish, mehnat 
ko‘nikmalarini 
shakllantirish 
darslarida 
trening 
usulini 
qo‘llash. 
“Texnologiya” fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga mexanizmlar haqida ham 
tushunchalar berishga to‘g‘ri keladi. Bunday darslarni treninglardan foydalanib
quyidagicha tashkil etish mumkin. Mashg‘ulotni o‘qituvchi aqliy hujum usuli bilan 
boshlaydi: “Detal nima?”. O‘quvchilarning javoblari xattaxtaga yoziladi va 
tayanch so‘zlar tagiga chizilib, umumiy qoidalar ishlab chiqiladi: “Mashina va 
mexanizmlarning boshqa tarkibiy qismlarga bo‘linmaydigan yaxlit qismlari detal 
deb nomlanadi”. Shundan so‘ng o‘qituvchi qatnashchilarni uchta kichik guruhga 
bo‘ladi, birinchi guruh “O‘q nima?”, ikkinchi guruh “Val nima?”, uchinchi guruh 
“Shpindel nima?” degan savollarga 2 daqiqa davomida javob topishlarini va har bir 
guruhdan bir o‘quvchini gapirib berishini iltimos qiladi. O‘quvchilar javob berib 
bo‘lganlaridan so‘ng o‘qituvchi stanok va chizmalar yordamida o‘q, val va 
shpindel haqida batafsil ma’lumot beradi_____________________ 

Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o‘qitish metodlari. –T.: “O‘qituvchi”, 1990. – 
132 b.

Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. –T.: O‘qituvchi, 2004. – 136 b 



O‘quvchilar charchab qolmasliklari uchun orada o‘yin o‘tkaziladi. O‘qituvchi 
o‘quvchilarga to‘p otib biror-bir narsaning ma’nosini so‘raydi, o‘quvchi esa zudlik 
bilan javobini aytib to‘pni qaytarib otishi lozim. Misol uchun “Tipik detal nima?”, 
“Maxsus detal nima?”, “O‘q nima?” va h. O‘yin oxirida “Mexanizm nima?” deb 
so‘raydi va javobsiz qolgan to‘pni olib, keyingi mashg‘ulotni boshlaydi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga savol beradi: “Mexanizm deganda nimani tushunasiz?”. 
Javoblar xattaxtaga yoziladi va umumlashtirib ta’rif ishlab chiqiladi: “Yetaklovchi 
va yetaklanuvchi zvenolardan tashkil topgan hamda harakatni uzatuvchi mexanik 
qurilmalar mexanizm deyiladi”
4
.
____________________ 
3,4 
Shomirzayev M.X., Karimov I.I. Texnologiya fanini o’qitishda innovatsion pedagogik 
texnologiyalar.- T.: “Universitet”, 2020. – 164-165 b

Shundan so‘ng darsning ikkinchi qismi boshlanadi. Bunda o‘qituvchi 
qatnashchilarni ikki guruhga bo‘ladi va “Mashina deganda nimani tushunasiz?”, 
“Mashina qanday qismlardan tashkil topgan bo‘ladi?” kabi savollarga javob 
topishlarini so‘raydi. Guruhlar tayyor bo‘lgach, javoblar muhokama qilinadi va 
o‘qituvchi o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatadi, qo‘shimchalarni kiritadi 
hamda darsni yakunlaydi. 
Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilar dars yakunida baholanadi. 
Berilgan savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan guruh g‘olib hisoblanadi. Dars 
davomida g‘olib guruhni aniqlash uchun alohida yasalgan belgi-emblemalardan 
foydalanish mumkin. Maxsus tayyorlangan belgilar guruhlarga beriladi va dars 
yakunida yig‘ilgan belgilar hisoblanadi, shular asosida ball beriladi. Shuni 
ta’kidlab aytish lozimki, o‘quvchilar kichik guruhlarda ishlaganlarida o‘qituvchi 
ularga yo‘llanma berib, xatolarini to‘g‘rilashga yordam berib borishi lozim. 

Download 325.57 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 325.57 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Texnologiya” fani bo‘yicha yangi bilimlarni berish, mehnat

Download 325.57 Kb.
Pdf ko'rish