52-rasm . A yollarning zam onaviy m illiy ko'ylak m odellari
An'anaviy milliy ko'ylak gavda qismi to'g'ri siluetli, koketka
chizig'i bo'ylab burmali bo'ladi.
Klassik o'zbekcha ko'ylak koketkasi asosan ko'ylakning
gavda qismiga ulanadigan chizig'i bo'ylab oval shaklida bo'ladi.
Old tomonda koketka yaxlit yoki bo'rtli bo'lib, bo'laklari bir-
birining ustiga o'tib turadi. Yoqasi qirqma, yoqa o'm izi bo'ylab
yoqa qaytarma qismining shakli har xil bo'ladi. Ko'ylak yoqasiz
bo'lishi ham mumkin. Yoqa o'm izining o'yig'i to'rtburchak,
uzaytirilgan, dumaloq oval va h.k. shaklida bo'lishi mumkin.
Hozirgi paytda ayollarning milliy o'zbekcha ko'ylagida
ma'lum o'zgarishlar bo'lmoqda. Ko'ylak gavda qismining silueti,
hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning
katta-kichikligi va shakliga ko'pgina omillar, shu jumladan moda
ta'sir etmoqda.
(
Hozirgi
o'zbekcha
ko'ylakda
turli
bezaklar,
qo'yma
burmalar, aylana burmalar, plisse va h.k. ishlatiladi. Lozim milliy
libos (kiyim) turi bo'lib, u shimdan kengligi, bichimi bo'yicha farq
qiladi. Lozim konstruktsiyasi ikkita yaxlit bichilgan simmetrik
bo'lakdan iboratdir. Lozim ko'ylak ostidan kiyilgani uchun
uning beldan bo'ksagacha bo'lgan qismi gigienik va qulaylik
nuqtai-nazaridan ko'pincha ip gazlamadan bichiladi. Og'i
xishtakli yoki yaxlit bichilgan bo'ladi. Pochasining kengligi model
ko'rinishiga bog'liqdir. Lozim pochasiga manjet yoki jiyak
tikiladi.