kelgan yoshlar ayniqsa ayollardan mohir kashtado'zlar etishib
chiqishida o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shdilar.
Zardo'z do'ppilar faqat Buxoroda tikilardi, ustalar yangi
ajoyib nushalarini yaratdilar. Ayniqsa qizlar, kelinchaklar
kiyadigan, yoqut, olmosdek charaqlagan "Gulnoz", "Bahor",
"Navro'z", "Dilorom", "Ra'no", "Festival", "Qo'shbodom" va "Baxt"
deb nomlangan do'ppilar tikildi.
1960 yillardan buyon xotin-qizlar tuflilarining zardan uch xil
shakli tikila boshlandi. Zardo'z buyumlarga lola, oftob, bodom,
Minorai Kalon, "Somoniy" maqbarasi kabi naqsh va rasmlar aks
ettirildi. Zardo'zlik san'atining yirik namoyandalaridan biri,
buxorolik zardo'z usta No'm on Aminovdir.
U 1908 yilda zardo'zlar oilasida dunyoga keldi. Otasi
Omonjon Majidon Buxoro amirligi ustaxonasida 12 yil ishlagan
edi. (Usta Omonjon Majidov 1-rasm) U N u’monjonga yoshlik
chog'idanoq zardo'zlik sirlarini o'rgatdi. Nu'monjon gulburlik,
rassomlik va zardo'zlik tikish sirlarini o'rgandi. N. Aminov
ijodidagi yutug'i zar tikish xillarining qirralarini izlab, yangiliklar
yaratdi.
Toshkentdagi xalq amaliy san'ati muzeyida "Go’ri Amir"
tasviri, hamda Samarqandning 2500 yiliga bag'ishlangan tasviri
juda chiroyli va ta'sirchan chiqqan.U yoshlarga xalq amaliy
san'atining noyob zardo'zlik san'atini chin yurakdan o'rgatdi va
rivojlantirdi.