Zamonaviy insonning ehtiyojlarini shunday loyiyhalash
usuli qondiradi, chunki bu kiyimlar
ularning turmush tarziga
mos bo'lib, manbani tejashga imkon beradi. Dizaynerlar yaratgan
universal
kiyimlarga
1920
yildagi
"Shanel
uslubidagi
kostyum ni", Iv Sen Loranning ko'ylak-smokingini, djinslarini
kiritish mumkin. K.Shanel "kichkina qora ko'ylak"ni erkaklar
kostyumning analogi sifatida taqdim etgan,
chunki shaklning
oddiyligi va qora rangning universalligi, qulaylikni modada va
haqiqiy vaziyatda beqiyos qiladi: har xil bezaklar va asksessuarlar
yordamida uni kundalik yoki bashang qilish mumkin. "Shanel
uslubidagi" kostyumni ham har xil vaziyatlarga kiyish mumkin.
Djinslar ham ko'pfunksional buyumga aylandi - ilk bor ishchi
kiyim sifatida, keyinchalik kundalik va so'ng
bashang kiyimga
o'zlashtirlidi. Zamonaviy djinslar ana'naviy djins (ko'k rangli
denim) gazlamasidan tikilmasdan, balki yangi tarkibli, fakturali,
tolali gazlamalardan ham tayyorlanadi.
Ko'pfunksiyali
buyumlarni
yaratishga
minimalizm
(zamonaviy dizaynda etakchi yo'nalishlaridan biri)
tarafdorlari
intiladi. Kostyum dizaynida minimalizm - bu minimal sonli
ko'pfunksional buyumlardan iborat garderob kotsepsiyasidir.
Minimalistlar (masalan, amerikalik dizayner K.Klyan, D.Keran,
nemis dizayneri Dj.Sander) fikri bo'yicha universal buyum
quydagi xossalarga ega bo'lishi kerak: shaklni oddiyligi,
bezakning yo'qligi, neytral rangli, gazlamalarning yuqori sifatligi.
Kostyum doimo yangi assortiment turlari va yangi buyumlar
bilan boyiydi. Odatda, bu boshqa
kundalik kiyimlaridan
elementlarni
o'zlashtirilganda
ro'y
beradi.
Zamonaviy
garderobda harbiy formadan, sport kiyimidan o'zlashtirilgan
kiyim turlari mavjud. Doimo o'zgaradigan turmush tarzi va
hayot ritmiga moslanib va bizning kiyimimizni boyitib bu
jarayon tugamaydi.
Maishiy kostyumga doimo harbiy forma ta'sir ko'rsatadi.
Salb yurishlari davridan boshlab, to o'rta asr ritsarlarning jang va
musobaqa
uchun
mo'ljallangan
kiyimlari
ham
maishiy
kostyumning
yangi
turlari
bilan
to'ldiriladi.
XIV
asrda
erkaklarning oldi ochiq kiyimi - baskali kurtka (purpuren)
paydo
bo'ldi, uni ilgari ritsarlar metall sovut tagidan kiyishgan. XVII
asrda mushketer plashchilar va poshnali etiklar modaga kiritildi.
Birinchi jahon urishi davrida ayollar maishiy kiyimga "qoplam a"
cho'ntaklar, aksentlangan taqilmalar, "m atros" yoqalari va
"aviatorlarning
tik
yoqalari''
o'tgan.
1970
yil
modaga
harbiylashgan uslub - "m ilitari look" - haqi rangi, pogonlar,
xlyastiklar,
pilotkalar
va
harbiy
planshetkaga
o'xshash
sumkalarni kiritdi. 1990 yil modaga
harbiylar kiyimi uchun
materiallar va botinkalar kiradi.
Sport kiyimlari qulay va universalligi, jinslar va yoshlar
orasida
farqni
deyarli
yo'q
qilib,
zamonaviy
kundalik
kostyumning assortimentini jiddiy ravishda to'ldiradi. XX asrda
kundalik kiyim sport trikotaji (pulover, futbolka, mayka va b.) va
sprot kiyimlari (kurtka, krossovkalar, beysbolkalar) to'ldirildi.
XX asrni oxirida ichki kiyim
yangi ustki kiyim sifatida
qo'llanadigan bo'ldi. 1970 yilda