M aqsadsiz h a y o t to'xtaydi.
F.
Dostoyevskiy
13. MILLIY ORNAMENTLARNING KOSTYUMDA
QO LLANISHI
R e j a :
1. M illiy ornam en tlar.
2. Z ard o 'zlik san'ati va u ning kiyim da qo 'llan ish i.
3. K ash tach ilik s a n 'a ti va uning kiyim da q o 'lla n ish i.
4. Q u roqch ilik va uning ish latilish i.
Tayanch iboralari:
ornam ent, kashta, quroq, zardo'zi,
arxeolog, zarbof.
О
Zardo'zlik san'ati o'zining uzoq tarixiga ega bo'lib, deyarli
barcha Sharq mamlakatlari uning vatani hisoblanadi. Pliniyning
aytishicha Vavilon kashtachiligi qadimdan mashhur bo'lib,
matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni o'sha yerda kashf
etishgan. Zardo'zlikning vatani Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga
kirgach, zar, ipak va jun ip qo’shib tikilgan rang-barang
kashtachiligi bilan shuhrat qozongan. Zardo'zlik san'atining
an'analari Vizantiyada ham rivoj topib, zardo’ziy kiyim-kechaklar
faqat imperator ayonlari va aslzodalar kiyishgan.