• 60-Rasm . Bosh kiyim lar turlari
  • Bolalar bosh kiyim turlari.
  • Tikuv buyumlarini t ayyorl ashd a kreativ loyihalash




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/99
    Sana04.01.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #130038
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
    Bog'liq
    D. Djalolova - Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash

    Ishlov
    berilishiga
    k o 'r a
    Tuzilishig
    a k o ‘ r a
    G a z la m a
    tu rig a
    k o ‘ r a
    Bosh
    k iy im lar
    tasnifi
    M o ‘ ljalla
    nishiga
    k o ‘r a
    M a v s u m g
    a k o ‘ r a
    60-Rasm . Bosh kiyim lar turlari


    Jinsi va yoshi belgisiga qarab bosh kiyimlar — ayollar, 
    erkaklar, yoshlar, o'sm irlar va bolalar bosh kiyimiga bo'linadi. 
    Jinsi, yoshi belgisiga qarab, bosh kiyimi har xil fason va modelda 
    bo'lishi mumkin: kepka, beret, kapushon, shlapa, shlem, shapka, 
    telpak (moskvacha, gogol, boyarka).
    Ayollar bosh kiyimi yaxlit va aralash usullarda deyarli 
    barcha 
    gazlamalar, 
    mo'yna 
    va 
    charm, 
    to'rlardan ishlab 
    chiqariladi. Ayollar bosh kiyimi turli shakllarga ega bo'lib, 
    modaga qarab o'zgarib turadi. Shunga qaramay ayollar bosh 
    kiyimini quyidagi turlarga bo'lish mumkin: qirrali shlapa, tok 
    tipidagi shlapa, beretlar, kapushonkalar, «fantazi» tipidagi 
    shlapalar.
    Bolalar bosh kiyim turlari. 
    Bolalarga mo'ljallangan bosh 
    kiyimlar yengil, bolaning harakatlariga xalaqit bermaydigan va 
    kiyib-yechishi uchun oson bo'lishi kerak.
    Ko'pchilik kichik yoshdagi bolalarning boshi noto'g'ri 
    shaklda, ayrim hollarda boshning orqa qismi yoki peshana qismi 
    bo'rtib chiqqan, yoki boshi cho'ziq shaklda bo'ladi. Shuning 
    uchun, bosh kiyim boshdagi barcha nuqsonlarni ko'zdan 
    yashiradigan shaklda bo'lishi kerak.
    Yozgi shapkachalar avra va astardan, qishki shapkachalar 
    paxta yoki vatin qo'yib qavilgan astardan va avradan iborat 
    bo'ladi. Shapkachalar bola boshiga yaxshi yopishib turishi kerak.
    Bolalar bosh kiyimini yaratayotganda modeler bosh kiyim 
    old qismi peshanaga, orqa qismi bo'yinga zich yopishishi 
    kerakligini, 
    quloqlar esa, 
    bog'ich 
    tasmasi ostida 
    qolishi 
    kerakligini hisobga olishi kerak. Bosh kiyimlar uchun bo'yalgan, 
    tabiiy dog'li va teri qatlami yumshoq m o'ynalar tanlanadi.
    O 'g'il bolalar uchun shapkalar soyabonli va charm bilan 
    jiyaklanib, bezash uchun esa har xil temir fumituralardan 
    foydalangan holda tikiladi. Maxsus bichish usulidan foydalanib 
    yozgi shlem tipidagi shapkalar yaratiladi.
    120


    Bolalar bosh kiyimi jinsi va yoshi bo'yicha quyidagi 
    guruhlarga ajratiladi:
    Jinsi : - og'il bolalar uchun; 
    qiz bolalar uchun.
    Yoshi: - bog'cha yoshigacha bo'lgan bolalar uchun;
    - bog'cha yoshida bo'lgan bolalar uchun;
    - maktab yoshigacha bo'lgan bolalar uchun;
    - kichik maktab yoshidagi bolalar uchun;
    - katta maktab yoshidagi bolalar uchun;
    - o'sm irlar uchun.
    Qiz bolalar shapkasi bortlariga bashang bezak berib, 
    mo'ynali pamponlar bilan, yog'och va plastmassa taqinchoqlar, 
    tugmachalar, jiyakchalar bilan bezatiladi.
    Maktab yoshidagi o'g'il bolalar bosh kiyimi, asosan, 
    an'anaviy fasonlarda bo'ladi: quloqchin, bosh qismi va soyavoni 
    turli shaklli sport shapkalari. Ularni charm jiyaklar, kamarhalqa 
    va choklar bilan bezaydilar.
    Katta bo'lmagan bosh kiyim lam i modellashda modelerlar 
    kalta tukli m o'ynalar va aylanma gulli terilar ishlatadilar. Uzun 
    tukli va tuki o'rtacha uzun mo'yna, kalta tukli m o'ynalarga 
    qaraganda bosh kiyim ko'rinishini kattalashtirib ko'rsatadi.
    Bolalar bosh kiyimi moda yo'nalishiga, jinsi va yoshiga mos 
    ravishda ishlab chiqariladi.
    Bolalar 
    bosh 
    kiyimi 
    tasnifiga 
    ko'ra 
    klassik, 
    kombinatsiyalashtirilgan va sport turiga bo'linadi.
    Modelerlarni, ko'pincha klassik va kombinatsiyalashtirilgan 
    bolalar bosh kiyimlari qiziqtiradi. Ular asosida zamonaviy va 
    chiroyli modellar yaratadilar va eng ko'p tarqalgan bolalar bosh 
    kiyimidan kepi, panamalar, shlemlar, kapitanka, matroska, 
    budyonovka, sport shapkachalari, beret tipidagi quloqchin 
    shapka, shlapalar «kubanka», «yarimeskimoska», «eskimoska».



    Download 5,14 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tikuv buyumlarini t ayyorl ashd a kreativ loyihalash

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish