paypoqni
bas de chausse -"ishtonni pochasi"
deb atashgan. Askarlar
va oddiy xalq ko'pincha paytava kiyishardi.
Ispaniyani to'qilgan paypoqninng vatani deb hisoblashadi.
Bu erda ularni qo'lda to'qib kashtalangan rangli uloq bilan
bezatishardi. Shunday paypoqlar
shunchalik darajada qimmat
turardiki, hatto ingliz qiroliga Genrix VIII ( 1491- 1547 yy.) sovg'a
sifatida yuborishgan.
Uning qizi Elizaveta I (1533-1603 yy.) ipak paypoqqa ega
bo'lgan. Ammo bu davrda Angliyada jun paypoqgina to'qilardi.
Paypoq to'qidigan mashinaning ixtirochisi Uilyam Lining
taqdiri o'zgacha bo'lgan. Filosofiya magistri to'quqvchi qizni
sevib qolgan va unga yordam berish uchun 1589 yilda to'quv
mashinasini ixtiro qilgan. Bu mashina bir daqiqada 100 izma
qilish mumkin edi. Ammo qirolicha Elizaveta Iga ko'rsatilganda
mashinada
faqat ipak emas, jun paypoqlar to'qiladi va
to'quvchilar ishsiz qoladi deb u Liga patent bermagan. Kup
utmay Li ipak paypoq to'qidigan dastgoxni ixtiro qildi, ammo na
Elizaveta I, na YAkov I bu mashina bilan qiziqishmadi.
Umidsizlikdan Li Fransiya qiroli Genrix IV taklifini qabul qilib,
Ruanga kuchib ketdi. Ammo Genrixni ulimidan so'ng
Mariya
Medichi homiylik qilmagani bois u Parijga ketdi va u erda 1610
yilda vafot etdi. Katoliklarning ta'qibidan qochib xunarmand-
protestantlar Germaniya, Avstriya va Italiyada boshpana
topishgan. Paypoq to'quv mashinasini 1650 yilda qat'iy
tadbiq
etilgan.
Barokko va Rokoko uslublari davrida kavalerlar oq shoyi
paypoq
kiyishgan, qirol Lyudovik XIV davrida uzunligi
tizzagacha ko'k yoki qizil paypoqlar urf bo'lgan. Moda
qonundori markiza de Pampadurga taqlid etib,
zebolik ayollar
to'rdan paypoqni kiyishadigan bo'ldi.
XVIII
asrni oxirida Evropada tikilgan paypoqni o'rniga
to'qilgani kirdi. Buyuk fransuz inqilobi davrida kalta ishton-
kyulotni o'rniga uzun ishton-sankyulotni kiyilgani bois paypoq