Yangi
asr
o'z
hayot
qoidalarini,
muammolarini,
munosabatlarini, fikrlashni buyuradi. Hayot juda tez o'zgaryapti.
O'zgaruvchan va mobil zamonaviy moda insonni o'z imidjiga
ega bo'lishi uchun juda muhim vosita bo'ldi. Kostyum insonni
fonda ajrab to'rishiga va uni shaxsiy
va professional manfaatga
erishishga yordam berishi zarur. Yangi uslubning fikrlash belgisi
- har bir insonning shaxsiy originalligi va mislsizligini aks etish.
Faqat buyum lar - kiyim, bezaklar,
bosh va oyoq kiyim va
qo'shimchalar -
ularni uyg'un birligisiz endi iste'molchini
qiziqtirmaydi. Muayyan sharoiti yoki kayfiyatiga ko'ra potensial
iste'molchini ko'proq xilma-xil bo'lish imkoniyati qiziqtiradi,
bunga
buyumlarni muayyan birikmalari yordamida erishish
mumkin. Yangi birkmalar yordamida
inson intuitiv ravshda
yangi siymo, muamola va rollarni o'ziga chog'laydi. Bu tabiiy
ehtiyojdir.
Hozirgi kunda kundalik kiyinishda deyarli barcha odamlar
turli xil aksesuarlardan foydalanadi. Aksesuarlar turlicha va
xilma xil bo'ladi.
Masalan ayollar taqinchoqlari, turli xil
razmerdagi sumkachalar. Erkaklar uchun soatlar , bo'yinbog'lar
va zapinkalar. Kelinlar uchun ham turli xil taqinchoq aksesuarlar
va bosh kiyimlari bor. Aksesuarlar odatda kiyilgan kiyimga qarab
tanlanadi.