Bosh kiyim modelini yaratayotganda kishi yuz tuzilishining
shakli, soch xususiyatlarini (ko'p, qalin va siyrak) inobatga olish
kerak.
Bosh kiyimlar assortimenti moda yo'nalishiga mos holda
tez-tez o'zgarib turadi. Bosh kiyimlar quyidagi belgilar bo'yicha
guruhlarga bo'linadi:
— Jinsi va yoshiga ko'ra — erkaklar, ayollar va bolalar bosh
kiyimlari;
— m oijallanishiga ko'ra — kundalik, bashang, sport uchun,
forma sifatida;
— mavsumga ko'ra — qishki, yozgi, kuzgi va bahorgi;
— gazlama turiga ko'ra — namatdan, gazlamadan, teridan,
mo'ynadan, charmdan, trikotajdan, poxoldan;
— tuzilishiga ko'ra — kelishilgan, ya'ni klassik, sport,
«fantazi»;
— ishlov berilishiga ko'ra — qattiq, yarimqattiq, yumshoq.