Ba'zan buyumning mo'ljali o'zgarganida
yangi assortm ent
turlari uning funksional transformatsiyasida paydo bo'ladi.
Masalan smoking ko'ylakka aylanishi mumkin (Iv Sen Loranning
ko'ylak-smokingi), erkaklar ko'ylagi ayollar ko'ylagi yoki
jaketiga, mayka - ko'ylakka.
Kostyumning yangi turlarini paydo bo'lishiga har xil
xalqlarning an'anaviy kostyumlari doimo manba bo'lgan.
Sharqdan Yevropaga yangi kiyim elementlari kirdi.
Bosh kiyimning kelib chiqish tarixi qadim — o'tgan
zamonlardan
boshlanadi.
Bosh
kiyim
kishini
tabiatning
ofatlaridan, yomon havo ta'sirlari (yomg'ir, sovuq, shamol,
issiq)dan saqlash hamda boshni
issiq tutish uchun foydali
ashyodir. Ularning shakli odamning yashash tarziga, iqlim
sharoitiga, va qoilanilgan materiallariga bog'liq.
Birinchi bosh kiyimlari o'sim lik
tolalari va barglaridan,
qushlar patidan hamda iqlimi sovuq mamlakatlarda hayvon
terilaridan tayyorlanar edi.
Qadimgi Rusiyada bosh kiyimlarining shakli, bezatilishi,
sifati va ishlatilgan
materiallari bilan dehqonlar, shaharliklar va
zodagonlar bir-biridan farqlanishgan.