taqlid qilib zardo'zlik san'atini o'rgangan. O'rta Osiyoda
zardo'zlik juda qadimdan rivojlanib
kelayotgan xalq amaliy
san'ati turlaridan biridir. Arxeologik topilmalar va tarixiy
manbalardan m a’lumki, O ’rta Osiyo xalqlari orasida qadimdan I-
II asrlarda zarbof kiyimlar, badiiy buyumlar keng tarqalgan. XVII
asrda yashagan Samarqandlik shoir
Fitratning asosiy kasbi
zardo'zlik bo'lgan, u matolarga zardan ajoyib kashtalar tikkan.
XIX-XX asr boshlarida zardo'zlikning o'ziga xos maktabi
yaratilgan.
O'zbekistonda Buxoro, Samarqand, Farg'ona
va boshqa
joylarda zardo'zlik maktablari ochilgan. Qimmatbaho matodan
tayyorlanadigan zardo'ziy kiyimlar mahalliy aholining turli
tabaqalari o'rtasida keng tarqalgan. Qo'li
gul ustalar amir
saroyining ahllari uchun chakmon, kamzul, poyafzal, belbog',
chalvor, salla quloq va jul tikkanlar.
Zardo'zlik zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi.
U forscha
zar (tilla), do'zi (tikmoq) so'zini anglatadi.