•
R ang
tusi - rangning shartli belgisi (qizil, ko'k, to'q sariq,
havo rang va hokazo) rangning nomi shartli yoki bironta
predmet, o'sim lik nomiga yaqinlashtirib aytiladi) limonrang,
apelsinrang, o'rikrang va hokazo.
166
• R ang to'q ligi
- rang kuchining va xromatik rangga
axromatik rang aralashgani bilan xarakterlanadigan rang tusi
qanchalik sonligining ko'rsatikichi.
• O qishlik
- xromatik rangning oq rangga yaqinlik darajasi.
Axromatik ranglarda faqat oqishlik xususiyatigina bo'ladi.
Spektrdagi ranglar eng sof, eng to'q ranglar bo'ladi. Oq aralash
ranglarni (pushti, havorang, bargikaram) pastel (mayin) ranglar
deyiladi. Kulrang qo'shilsa, to'qligi kam bo'lgan odmi ranglar
chiqadi.
Ranglarning gavdani o'zgartirib ko'rsatish xususiyati ham
bor. Gavdani iliq (sarg'ish qizil va sarg'ish yashil) ranglar
yaqinlashtirib va kattalashtirib ko'rsatadi, sovuq (ko'kish qizil va
ko'kish yashil) ranglar uzoqlashtirib va kichraytirib ko'rsatadi.
Qora rang gavdani maksimal uzoqlashtirib va kichraytirib, oq
rang esa maksimal yaqinlashtirib va kattalashtirib ko'rsatadi.
Xromatik va axromatik ranglarning birga qo'shilgani kiyim
kompozistiyasida juda ifodali bo'lib chiqadi. Oq rang sof
xromatik tusining kuchi va jarangdorligi yuzaga keladi-da,
bayramona manzaralilik hissi tug'iladi: oq rang bilan mayin
ranglar (oq - havo rang, oq bargikaram va boshqalar) uzviy va
osongina qo'shilib, soflik va bashanglik hissini yuzaga keltiradi.
Qora rang bilan sof xromatik rang birga qo'shilib, ko'zga
tashlanib turadigan va keskin ko'rinadigan ranglar hosil qiladi.
Qora rang tusning yorqinligini va sofligini bir qadar kamaytirish
xususiyatiga ega.
Tegishib turgan ranglar bilan o'zaro ta'siri yo'q ranglar
neytral ranglar deyiladi. Kulrang, ko'kim tir kulrang, yashilroq
kulrang va boshqa ranglar ana shunday ranglarga kiradi.
Baravar kontrastlik hodisasini hisobga olish bet, ko'z, soch
rangiga moslab kiyim rangini tanlashda juda muhim.
Agar kamalakni xayolan davom ettirsak, u rang doirasini hosil
qiladi. Bu doiradagi to'rt asosiy rang: qizil, sariq, ko'k, yashil
orasida oraliq ranglar deb ataladigan ranglar yotadi. Rang
tuslarining tabiiy shkalasi quyosh nurining spektri - kamalak
bo'lib, unda ranglar ma'lum tartibda joylashgan. Spektrning eng
chetki ranglari - to'q qizil va ko'k-binafsha ranglami aralashtirib
to'q siyoh rangni olish mumkin. Agar spektrga qirmizi rang kiritilsa
va uni xalqasimon qilib o'ralsa, tabiiy ranglar doirasi hosil bo'ladi.
Fizik nuqtai nazardan barcha ranglar teng huquqlidir. Ranglar
insonga bo'lgan emotsional ta'siriga qarab issiq ranglarga (quyosh,
olov, yorug'lik va h.z. ranglari) va sovuq ranglarga (muz, suv,
osmon, namozshom ranglari) bo'linadi. Ranglar doirasiga ko'ra
tiniq ko'k va tiniq sariq ranglarda qizg'ishlik yoki yashillik alomatlari
yo'q. Xuddi shu kabi, tiniq yashil va tiniq qizilda sarg'imtir yoki
ko'kimtir tuslar yo’q. Beshta rang doirasidan tuzilgan sistema turli
yo'nalishdagi ranglar uyg'unligini hosil qilish uchun yetarlidir.
Har biri 24 rang tusidan tuzilgan ranglar doirasi sistemasidagi
uchinchi xalqa asosiy va eng to'yingan ranglami o'z ichiga oladi.
To'rtinchi va beshinchi xalqalar xuddi shu rang tuslaridan iborat,
lekin ularning to'yinganligi kamayib boradi. Ikki chetki xalqada esa,
ya'ni ikkinchi va birinchida asosiyga qaraganda ranglar borgan sari
to'qroq bo'lib boradi. Shunday qilib, har bir 24 xil rang 5 xil
to'yinganlik yoki ochiqlik darajasiga egadir.
Berilgan ranglar doirasi negizida to'rt xil rang mavjud - sariq,
ko'k, qizil va yashil. Ularning barchasi asosiy ranglardir, chunki
ularning birortasiga ham boshqa asosiy ranglardan zig'ircha ham
aralashmagan. Doiradagi asosiy ranglar juftlari (sariq va ko'k,
qizil va yashil)
diametr bo'yicha qarama-qarshi tomonda
joylashgani uchun ular bir-biriga nisbatan kontrast va to'ldiruvchi
ranglardir. To'ymganlik va ochiqlik darajasiga qaramasdan to'rt
asosiy rang orasida joylashgan rang tuslari oraliq ranglardir. Doiraga
ko'ra oraliq ranglar ham to'rt guruhga bo'lingan: qizil- sariq, ko'k-
qizil, ko'k-yashil va sariq-yashil.
IX rasmda ranglarning miqdoriy tarkibi ko'rsatilgan:
1- sap-sariq (100%)
2- olov rang-sariq (83% sariq va 17% qizil)
3- olov rang-sariq (66% sariq va 34% qizil)
4- olov rang (50% sariq va 50% qizil)
5- olov rang-qizil (34% sariq va 66% qizil)
6- olov rang-qizil (17% sariq va 83% qizil)
7- qip-qizil (alvon, 100%) va h.
Ranglar doirasidagi 1-6 va 20-24 ranglar to'yinganligi va
ochiqligidan qat'i nazar iliq ranglar, 8-18 esa sovuq ranglardir.
Ranglar uyg'unligi (garmoniyasi) qadimdan rassom lar va
olim lam i juda qiziqtirib kelgan.
Xo'sh, ranglar uyg'unligi nima? Ushbu tushuncha qanday
mazmunga ega? Ranglar uyg'unligi - ranglarning qonuniyatli
birikmasidir. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, har qanday uyg'unlik
m a'lum qonuniyat kasb etishi mumkin, lekin har qaysi
qonuniyat ham uyg'unlikni keltira olmaydi.
Badiiy amaliyot va tasviriy san'atda ranglar uyg'unligini
baholashda m a’lum tarixiy davrda shakllangan did va qarashlar
bilan hisoblashm oq m uhim dir. Ranglar uyg'unligini qotib qolgan
kategoriya, aqida sifatida tushunmaslik kerak. Xunuk va chiroyli,
uyg’un va moslashmagan ranglarning o'zi yo'q.
O'zaro m oslashm agan ranglarning fakturasini o 'z g a rtirib ,
uyg'unlashtirish
mumkin.
Ko'pincha
tekislikda
o'zaro
muvofiqlashmagan
ranglar
birikmasi
kostyum
shakllarida
butunlay boshqacha - uyg'unlashgan ko'rinishda nam oyon
bo'ladi. Garchi bir xil m iqdordagi ikki rangni qo'shganda
yoqimsizroq birikma hosil bo'lsa-da, shulardan birining miqdori
ozgina o'zgartirilsa, xuddi shu ranglar bir-biri bilan juda ham
uyg'unlashishi mumkin.
Dem ak,
ranglarning
uyg'unligiga
ularning
o'zaro
m unosabatlari uyg'unligi sifatida qarash, ya'ni rangning barcha
asosiy sifatlari - ochiqlik, to'ym ganlik, rang tusi, ushbu ranglar
egallaydigan yuza va shakllam i hisobga olgan holda, shu ranglar
kombinatsiyalari yig'indisi sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.
169
Ranglar uyg'unligini estetik jihatdan baholashning asosiy mezoni -
vizual (ko'z bilan ko'rish orqali) baholashdir.
Ranglar uyg'unligiga erishish qonuniyatlarini bilish juda
muhimdir, lekin ulardan oqilona, individual ijodni rivojlantirgan
holda foydalangan ma'qul.
Ranglar uyg'unligining to'rtta asosiy guruhi mavjud:
— ranglarning bir tusli uyg'unlashgan birikmalari
(monoxromatik);
— o'xshash ranglarning uyg'unlashgan birikmalari;
— o'xshash-kontrast ranglarning uyg'unlashgan birikmalari;
— kontrast va qo'shimcha ranglarning uyg'unlashgan
birikmalari.
Ranglarning bir tusli uyg'unlashgan birikm alari. Bir tusli
ranglar uyg'unligi axromatik ranglar qatoriga juda o'xshash bo'lib,
ulardan farqi shundaki, uyg'unlikning asosini qandaydir bir rang
tusi tashkil etadi. Bu rang ma'lum miqdorda birikuvchi ranglarning
har birida mavjuddir. Ranglar esa bir-biridan faqat to'yinganligi va
ochiqligi bilan ajraladi.
Umumlashgan rang tusi bir tusli birikmalarni tinch, vazmin,
osoyishta qilib ko'rsatadi. Qo'yilgan masalaga qarab, uyg'unlik turli
ochiqlik diapazonlarida tashkil etilishi mumkin.
Bir tusli ranglar uyg'unligi uchun birikuvchi ranglar
egallaydigan yuzalar nisbati ayniqsa muhimdir. Uchta rang
uchun yuzalar taxminan bir xilda teng taqsimlansa, statik holat
kelib chiqadi, yuzalar bir-biridan keskin farq qilganda, rangning
ochiqligi va to'yinganligi bo'yicha ham kontrastni ko'rsatish shart.
O'xshash ranglarning uyg'unlashgan birikm asi. O'xshash
ranglarga doiradagi barcha oraliq ranglar, shu jumladan, ularni
tashkil qiluvchi bir xil asosiy ranglar kiradi. Doirada yonma-yon
joylashgan (qo'shni) asosiy ranglar o'xshash emas, lekin ulardan
har biri qo'shni oraliq ranglarga nisbatan o'xshash bo'lishi
mumkin. Shunday qilib, o'xshash ranglar ikki yoki bitta asosiy
rang qo'shilgan railglarni birlashtiradi.
170
Ranglar doirasida o'xshash ranglarning to'rt guruhi mavjud:
sariq-qizil, sariq-yashil, ko'k-qizil va ko'k-yashil.
O'xshash ranglarning uyg'unligi ular tarkibiga asosiy ranglar
qo'shilganligi bilan xarakterlidir. O'xshash ranglar uyg'unligi
ranglar tusining o'xshashligi va oz-moz qarama- qarshiligiga (doira
bo'yicha) asoslangandir.
Ikki xil o'xshash rangning uyg'unligi - bu ranglar birikmasidagi
ikki
asosiy rangning o'zaro muvozanati
emas, balki ikki
taqqdslanuvchi ranglar tarkibiga kiruvchi bir asosiy rangning ko'z
bilan chamalash orqali kelib chiqadigan muvozanatidir. Ikki xil
o'xshash ranglarda ikki asosiy rangni birdaniga muvozanatlash
mumkin emas. Bir asosiy rangni esa muvozanatlash uning
to'yinganligini o'zgartirish (kamaytirish) hisobiga mumkindir.
Uch xil o'xshash ranglarni qanday qilib uyg'unlashtirish
mumkinligini quyidagi misolda ko'rish mumkin. Tiniq sariq, olov
rang va qizg'ish-olov rangda sariq va qizil rang miqdori turlicha.
Ko'rsatilgan ranglarning uyg'unligiga erishish uchun hech bo'lmasa
bir rangni muvozanatlash kerak, masalan, sariq rangni. Buning
uchun tiniq sariq ochartiriladi, ya'ni sariq rangning miqdori
kamaytiriladi; olov rang kamroq miqdorda ochartiriladi, ya'ni ham
sariq, ham qizil rang miqdori bir vaqtning o'zida kamaytiriladi.
Nihoyat, qizg'ish-olov rang miqdori o'zgartirilmaydi. Natijada, tiniq
sariq rang miqdori uchala rangda ham bir xil miqdorda qoladi. Shu
masalani ikki xil rangga turli miqdorda qora rangni qo'shish bilan
ham hal qilish mumkin.
O'xshash kontrast ranglarning uyg'unligi. O'xshash-kontrast
ranglar birikmasi ranglar uyg'unligining eng ko'p tarqalgan
xilidir.
Ranglar
doirasida
o'xshash-kontrast ranglar
qo'shni
choraklarda joylashgan. Bulaiga iliq sarg’ish-qizil va sarg'ish-yashil
ranglar, sovuq ko'kish-yashil va ko'k-qizg'ish ranglar, iliq sarg'ish-
qizil va sovuq ko'k-qizg'ish ranglar kiradi. Hammasi bo'lib to'rtta
o'xshash-kontrast ranglar guruhini ko'rishimiz mumkin.
171
O'xshash-kontrast ranglar turli guruhlarining uyg'unlashgan
birikmalari ranglar aktivligining kuchayganligi va murakkabligi
bilan xarakterlidir. Sovuq ko’k-qizg'ish va ko'kish-yashil ranglar
birikmalari ulardan prinsipial tarzda farq qiladi. Va nihoyat, iliq
sarg'ish-yashil ranglarning sovuq ko'k-yashil ranglar bilan
birikmalari va iliq sarg'ish-qizil rangning sovuq ko'k-qizil bilan
birikmasi butunlay boshqacha ko'rinishda bo’ladi.
O'xshash-kontrast ranglarning hamma birikmalari ham bir xil
darajada uyg'unlashgan emas. Ranglar doirasida vertikal va
gorizontal
xordalar
uchida joylashgan
ranglarning
o'zaro
birikmalari, masalan, 3 va 11, 8 va 18, 17 va 21, 22 va 4 ranglar
alohida uyg'unlikka egadir. Chunki o'xshash-kontrast ranglarning
bunday juftliklari o'rtasida ikki tomonlama aloqa mavjuddir: ya'ni
ular tarkibi bir xil miqdordagi birlashtiruvchi asosiy ranglardan va
bir xil miqdordagi kontrastlanuvchi ranglardan tuzilgan.
O'xshash-kontrast rangli kompozitsiyalar doiradagi uch yoki
to'rt xil oraliq ranglar qo'shilmasidan ham tuzilgan bo'lishi mumkin.
Tajribadan ma'lumki, o'xshash-kontrast ranglar sof holda ham,
ya'ni ularga axromatik ranglar qo'shilmaganda ham, o'zaro
uyg'unlikka ega bo'ladi, qachonki ikki qo'shiluvchi rangli
kompozitsiyalarda ularni birlashtiruvchi asosiy rang miqdori va
ulaiga kontrast bo'lgan asosiy ranglar miqdori teng bo'lsa.
|