-rasm. Ranglar uyg'unligi




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/99
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130038
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99
Bog'liq
D. Djalolova - Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash

66-rasm. Ranglar uyg'unligi
Rangning insonga bo'lgan emotsional ta'siri ko'p qirralidir 
va unga turlicha nuqtai nazar bilan qaramoq kerak. Masalan, devor 
sirtiga surtilgan bo'yoq rangi ko'ylak rangi uchun yoqtirib 
tanlanganda yoqmasligi mumkin. Insonning xursandchilikka, 
go'zallikka, ravshanlikka bo'lgan intilishi uning tabiatiga xosdir, 
shuning uchun u 
doimo chiroyli bo'yoqlami, 
garmonik 
uyg'unlikni afzal ko'radi. Xalq ijodi namunalari bo'lgan kashta, 
iroqi, 
gilam, 
chinni, 
sopol 
idishlar 
va 
boshqa 
xalq


hunarmandchiligi buyumlari ranglaming jilosi va o'zaro uyg'unligi 
bilan insonni hayratga soladi. Rang estetikasi butun ijodiy jarayon 
bilan organiq ravishda bog'liq bo'lib, inson tafakkurining tabiatni, 
atrof-muhitni chuqur va nozik idrok qilish natijasidir.
Odatda turli odamlar ranglarga, xuddi musiqadagidek, turlicha 
munosabatda bo'ladilar. Rang ham musiqa kabi inson kayfiyatiga 
ta'sir qilishi mumkin. Masalan, 
iliq
ranglar 
(sariq , 
Olov 
rang, 
q izil) 
ta 'sirc h a n , hayajonlantiruvchi, qo'zg'atuvchidir, 
sovuq ranglar (binafsha rang, ko'k, havo rang yoki yashil) bosiq, 
tinchlantiruvchidir. Qizil rang bolalar va ayollar, ko'k erkaklar 
orasida ommalashgandir.
Qizil 
rangdan 
qadim dan 
qizamiq, 
qizilchani 
davolashda 
foydalanganlar.
Shu bilan birga qizil rang bosh og'rig’iga va charchoqqa sabab 
bo'ladi,
qon b o sim in i o sh ira d i, y a 'n i odamni q a ttiq hayajonlantiradi. 
Yashil rang - o 's im lik rangi, odam ni tinchlantiradi, binafsha rang 
yurak va o'pkaga yaxshi ta'sir qiladi; sariq - iliqlik hissini uyg'otib, 
kayfiyatini ko'taradi, ishtahani ochadi; qora rang - qorong'ulik va 
sovuq bilan assotsiatsiyalanadi. Osmondagi kamalakning rang- 
barang tovlanishiga hayajonlanm ay qarab bo'ladim i? Bu m anzara 
har doim zavq bag'ishlaydi.
Ana shu kamalakni kishilar osm ondan «uzib», uning 
ranglari sehrini tarkibiy qism larga (spektrga) ajratdilar va 
tabiatning hayajonlantiruvchi, ajoyib hodisasini fanga aylantirib, 
rangini o'z xohishlariga bo'ysundirdilar. M asalan, kamalakning 
uch asosiy rangi - qizil, sariq va ko'k ranglarda bitmas-tuganmas 
boylik yashiringan. Ularni aralashtirib, son-sanoqsiz rang va tuslar 
hosil qilish mumkin. Spektrda (kamalakda) oq, kul rang ranglar 
yo'q. Ular alohida guruhni tashkil etadi. Shu guruhga qora rang 
ham qo'shiladi. Uning kul rangdan farqi yanada to'qligidir.

Download 5,14 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish