Tabiat bizga rang taqdim etdi, lekin uning rango-rang
jilvalaridan, xossalaridan to'g'ri
foydalana bilish, uning tuslarini
ajrata bilishga o'rganish lozim. Inson ajoyib bo'yoqlami kashf etdi va
ularni mukammallashtirmoqda. Bo'yoqlar shoyi gazlamalarda
tovlanadi, junda jilvalanadi, ular
rasmga hayot va barhayotlik
bag'ishlaydi. Rang qudratli, hal qiluvchi kuch sifatida o'z ta'sirini
o'tkazadigan narsalar, sohalaming sanog'i yo'q. Tabiatda ham rang
xuddi qadim-qadimlardagidek kishilar xayolini to'lqinlashtirishda
davom etmoqda.
Rangning inson faoliyatiga bo'lgan emotsional ta'siri juda
murakkabdir. Gyote, Leonardo da Vinchi, Delakrua, Kandinskiy,
Alpatov, Grabar kabi buyuk san'at nazariyotchilari
va rassomlar
rangning psixologik ta'siri bilan shug'ullanganlar. Turli ranglar
o'lim va hayotning ramzlari sifatida xursandchilik va qayg'uni
ifodalagan.