Kostyum kompozistiyasini nyuansli hal etilishi hamma
yoshdagilarga, hamma tur qomatlariga va har qanday ishga
mo'ljallanganda ham to'g'ri kelaveradi.
Ritm
tushunchasi
umumiy ko'rinishda - bu
shakl
elementlarining navbatma-navbat qonuniy almashlanib turishi.
Ritm hosil qiladigan bog'lanish kuchi anchagina bo'lib, u
kostyumning hamma qismlariga ta'sir etib turadi. Ritm har
qanday asarga musiqiylik baxsh etadi, uni harakatga soladi.
Shakl elementlarining va ular o'rtasidagi intervalning
takroriyligi ritmning xarakterli alomati hisoblanadi. Aksentli
elementlar faol elementlar deyiladi, aksentsizlari esa passiv
elementlar deb yuritiladi. Faol elementlar o'rtasidagi oraliq
dinamik odim deyiladi. Elementlar harakatining orta borish
tezligi sur'at deyiladi.
Ikki yoki undan ortiq oddiy metrik qatorlarning birga
qo'shilganidan iborat qator murakkab metrik qator deb ataladi.
Shakllarning va ular o'rtasidagi intervallarning birii-ketin
qonuniy o'zgara borishi shakllarning joylanishining ritmik tartibi
deyiladi.
Predmetning eng muhim axborot sifatlaridan biri rang
hisoblanadi. Amaliy san'at predmetlariga rangning vazifasi
turlicha. Bular psixologik, ijtimoiy, estetik vazifalardir (-rasm).
Urushlar, epidemiya, ocharchilik odmi kiyimlar tarqalishiga
sabab bo'lsa, ulardan keyin yorqin rangli kiyinish an'ana tusiga
kirar edi.
Rang hamma vaqtlarda jins-yosh farqini bildiradigan vosita
bo'lgan. Bolalar kiyimi nozikroq tusli bo'ladi, o'sm irlar kontrast
ranglarni m a'qulroq ko'radi, katta yoshlilarga chuqurroq rang
tuslari yoqadi. Ayollarning kiyimi erkaklar kiyimidan ko'ra
yorqinroq va ko'p rangliroq bo'ladi.