Tikilish joyining yuzasi, katta-kichikligiga qarab, o'lchamga
moslab siddilar sariq bo'z ustiga 8, 20, 24 qator qilib tortiladi.
Zamindo'zi ayollar pesh-matlarida, to'nlarda, har xil zardo'z
buyumlarda va zardo'zi do'ppilarining jiyaglarida ishlatiladi.
Qalin matodan zar ipning o'tishi qiyin, o'tgan taqdirda ham
uzoqqa chidamagan, titilib ketgan. Shuning uchun zar ip pilta,
ya'ni tushama yo'llariga ko'ndalang tarzda qator qilib yotqizib
chiqilgan, ustidan ipak yoki paxta ip yordamida ilib-ilib tikiladi.
Ular baxyalar orasiga joylashganidan chatilgan ilgaklarning
turlicha joylashuvi o'ziga xos kashtani yuzaga keltiradi.
Zardo'zlik naqshlari va ularning tuzilishlari. Zardo'zlik
san'atida o'simliksimon, geometrik naqshlar, gulli giruh, ramziy
va boshqa turlardagi naqshlar qo’llanilladi. Naqshlar buyumga
qanday joyning bezatilishiga qarab o'ziga xos turli-tuman
uslubda bajarilish texnologiyasiga va mazmuniga ega bo'ladi.
Naqsh - arabcha tasvir, gul degan ma'noni bildiradi. U
elementlari ma'lum tartibda takrorlanadigan qush, hayvon,
o'simliklar, geometrik shakllar va boshqalarning ma'lum tartibda
takrorlanishidan hosil qilingan bezak.
Zardo'zlikda
chok
yordamida turli ko'rinishdagi barg, band, daraxt, buta, g’uncha
va boshqa narsalarni naqqosh tomonidan stillashtirib olingan
shaklini ma'lum qonuniyatlar asosida takrorlanishidari hosil
qilingan. Meva shakllaridan tuzilgan naqshlarda marvarid,
turunj, anor, olcha, uzumlarni ko'ramiz. Zardo'zlikda gullar
turidagi naqshlar uchun barg atamasi nomi bo'lib qolgan.
Masalan: To'rt yaproqli gul, olti yaproqli gul, sakkiz yaproqli gul,
lola gul va hokazolar. Yaprog'i sakkiztadan ortiq bo'lgan gullarni
guli sabdarg-yuz yaproqli gul.