|
Detal uchun tayyorlanma tanlash va asoslash
|
bet | 4/14 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #264351 |
Bog'liq “Тишли ғилдирак” деталини тайёрлаш технологик жараёнини ишлаб чиқиш1.5. Detal uchun tayyorlanma tanlash va asoslash
Tayyorlanma tanlash detalning qayerda qanday holda ishlatilishiga, detalning konstruksiyasiga, uning masshtabiga, detalning materialiga, uning tejamkorligiga va ishlab chiqarish turiga boglik. Tayyorlanma tanlashda chiqadigan chiqindining hajmi berilgan cheklama chegarasida bo‘lishi shart. Agar cheklama chegarasidan oshib ketsa iqtisodiy tomonidan zarar bo‘ladi, kam bo‘lsa detalni yaroqsiz bo‘lishi xavfi tug‘iladi, mustahkamligi kamayadi.
Prokatlashda tayyorlanma tanlash texnologik jarayonining quyidagi variantlari mavjud.
Tanlangan tayyorlanma shu ishlab chiqarishda bajarilishi kerak.
Tayyorlanma tayyorlash usulini o‘zgartirish mumkin, lekin, detal tayyorlash texnologik jarayonini o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
Tayyorlanma tayyorlash usuli o‘zgarsa, buning natijasida detal tayyorlash texnologik jarayoni ham o‘zgaradi.
Birinchi holda talaba ma’lumotnomadan berilgan dalillar orqali shi yuritadi. Bu holda tayyorlanmaning narxi o‘zgarmaydi yoki texnologik harajatda hisobga olinmaydi.
Ikkinchi holda tayyorlanmaga ketgan metall miqdori qancha kam bo‘lsa, detalni tannarxi shuncha arzon bo‘ladi va tejamli bo‘ladi. Bu tejamkorlik quyidagi formula yordamida topiladi.
Uchinchi holda tayyorlanma tanlash uchun ikki xil tayyorlanmani bir – biriga solishtirib ko‘rib, sarf harajatlarini hisoblab, qaysi tayyorlanma arzon bo‘lsa o‘shanisi qabul qilinadi.
Bu yerda Q – tayyorlanmani massasi, kg hisobida;
S – I kg tayyorlanma materialining bahosi, so‘m hisobida;
q – tayyor detalning massasi, kg hisobida;
Schik – 1 tonna chiqindining narxi so‘m hisobida.
Har xil usulda quyma (erga quyilgan, mashinali) shtamp, pokovka (qizdirib, sovuq holda, press yordamida) tayyorlanadigan tayyorlanmalarning narxi quyidagi formula yordamida topiladi.
, so‘m hisobida
Bu yerda Si – 1 tonna tayyorlanmaning narxi, so‘m hisobida;
KT, Ks, KV, KM, Kn – koyeffitsiyentlar: aniqlik sinfi, murakkablik guruhi, massasi, materialning markasi va ishlab chiqarish hajmiga tegishlidir.
Q = tayyorlanma massasi, kg;
qs = detal massasi, kg;
Schik = 1 tonna chiqindining narxi, so‘m;
Q =2.,9kg;
qs = 2,1 kg;
Schik = 7000000 so‘m;
KT=1,03
Ks=1
KV=1
KM=1
Kn=1
Si=150000 so‘m;
2 sinf aniqligi uchun;
Material markasi;
Massasi qs = 1,1 kg bo‘lganligi uchun
KV=1,1
Kn=0,76
Bu berilganlarni formulaga qo‘yib topamiz;
Prokat uchun
Q = tayyorlanma massasi, kg;
qs = detal massasi, kg;
Schik = 1 tonna chiqindining narxi, so‘m;
Q = 3.7 kg;
|
| |