|
Detalning texnologiyasozligi tahlili
|
bet | 3/14 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #264351 |
Bog'liq “Тишли ғилдирак” деталини тайёрлаш технологик жараёнини ишлаб чиқиш1.3. Detalning texnologiyasozligi tahlili
Detalni ishlab chiqarish texnologik jarayonini ishlab chiqishdan oldin uning tuzilishi, konstruksiyasi o‘rganib chiqiladi va texnologiyasozligi tahlil qilinadi. Ishlab chiqarishning bunday tahlili mahsulot narxini kamaytirish, ish unumdorligini oshirib, ishlab chiqarish aniqligini oshirishga olib keladi. Detal konstruksiyasining texnologiyasozligi tahlil qilishda quyidagilar aniqlandi:
1.Detalning konstruksiyasida payvand yoki parchin birikmalarning mavjud emas.
2. Detal konstruksiyasida podshipgniklar joylashtiriladigan yuza qiyin ishlov beriladigan yuza hisoblanadi.
3. Silindrsimon “Tishli gildirak” detalining ichki silindrsimon yuzalari yuqori aniqlik darajali yuza hisoblanadi.
4. “Tishli gildirak” detalining tayyorlanmasi quyish usuli bilan olinadi. Tayyorlanma olish uchun prokatlash yoki shtamplash usulidan foydalaniladi.
5. Teshiklarga ishlov berish uchun radial parmalash va yo‘nib – kengaytirish dastgohlaridan foydalanish mumkin.
6. Kesuvchi asbobni qiyinchilik bilan olib kelib ishlov berish yuzasi mavjud emas.
7. Detalga ishlov berishda asosan standart kesuvchi asboblardan foydalaniladi.
8. Yuzalarni tekshirish yoki o‘lchamlarni nazorat qilish uchun o‘lchov kolibrlaridan foydalanish mumkin, bu esa unumdorlikni oshirib, nazorat qilish vaqtini qisqartiradi.
9. Detalni dastgohlarga o‘rnatilishi markazlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
10. Detalni mahkamlashda pnevmatik siqish moslamalaridan foydalaniladi.
11. Yuqori aniqliqda ishlov berish maqsadida bir xil bazali yuzalar ishlatiladi.
1.4. Ishlab chiqarish turini aniqlash.
Berilgan ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonni (TJ) loyihalashni asosiy tamoyillaridan biri, texnik, iqtisodiy va tashkiliy masalalarni birgalikda hal etishdir. Loyihalanayotgan TJ mahsulotning aniqligini va sifatiga qo‘yilgan barcha talablarni eng kam mehnat sarf qilingan holda minimal tannarxda hamda ishlab chiqarish dasturida belgilangan hajmda va muddatda ta’minlash kerak.
Zamonaviy ishlab chiqarish yakka tartibli, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi.
Yakka tartibli ishlab chiqarishda tayyorlanayotgan mahsulotning keng nomenklaturasida, kam hajmda (hajm deganda korxonaning rejalangan vaqt oralig‘ida ma’lum bir miqdordagi, nomdagi, o‘lchamdagi, o‘lchamlar toifasi bo‘yicha mahsulotni ishlab chiqarish tushuniladi). Mahsulotning hajmi oz bo‘lib, texnologik operatsiyani bajarish joyiga sanoqli (birlar va o‘nlar bilan hisoblanadi) tayyorlanma keladi. Ish joyidan tez – tez takrorlanib turadigan yoki umuman takrorlanmaydigan turli xildagi operatsiyalar bajariladi. Bunda yuqori aniqlikka ega bo‘lgan jihozlar va ular texnologik guruhlar, ya’ni tokarlik, frezalash, parmalash, tish kesish va boshqa uchastkalar asosida sexda joylashadi.
Yakka tartibli ishlab chiqarishda talab qilingan aniqlik sinov yurish va o‘lchash usuli bilan aniqlanadi; detal va uzellarning o‘zaro almashinuvchanligi aksariyat hollarda amalga oshmaydi, shuning uchun o‘lchamlarni joyida keltirish keng qo‘llaniladi; ishchilar yuqori malakali bo‘lishi shart, chunki mahsulotning sifati ularning malakasiga bog‘liq; texnologik hujjatlar qisqartirilgan va soddalashtirilgan bo‘ladi; texnik me’yorlar qo‘llanilmaydi; mehnatni tajribaviy – statistik usulda me’yorlash qo‘llaniladi.
Ommaviy ishlab chiqarish deb mahsulotni tor nomenklatura va katta hajmda uzoq muddat ichida uzluksiz tayyorlashga aytiladi. DS 3.1108 – 74 ga asosan ommaviy ishlab chiqarishda operatsiyalarning birikish koyeffitsiyenti Ko.b. birga teng, ya’ni har bir ish joyiga bittadan texnologik operatsiya doimiy ravishda biriktirilgan bo‘lib, unumdorligi yuqori bo‘lgan maxsus jihozlardan foydalaniladi va ushbu jihozlar oqim bo‘yicha (ya’ni texnologik jarayonning ketma – ketligi bo‘yicha) joylashgan bo‘ladi. Tayyorlanmalarga yuqori unumdorli ko‘p shpindelli avtomatlar va yarim avtomatlar, sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar va markazlarda ishlov beruvchi murakkab dastgohlarda ishlov beriladi. Tayyorlanmalarga mexanik ishlov berish uchun qo‘yim kam qoldiriladi va tayyorlanmaning o‘lchami detal o‘lchamiga yaqin bo‘ladi.
Seriyali ishlab chiqarishda mahsulot nomenklaturasi chegaralangan, davriy ravishda takrorlanib turadigan partiyalarda va nisbatan ko‘p miqdorda mahsulotni tayyorlash kiradi.
Partiyadagi mahsulotning soniga va operatsiyaning biriktirish koyeffitsiyentiga qarab mayda seriyali, o‘rta seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishlar mavjud.
Bir oy ichida bajariladigan barcha texnologik operatsiyalar sonining ishchi joylar soniga nisbati orqali operatsiyalarning biriktirish koyeffitsiyenti aniqlanadi.
DS 3.1108 – 74 ga asosan operatsiyalarning biriktirish koyeffitsiyentiga qarab:
Ko.b. ≤ 1,0 ommaviy ishlab chiqarish;
1o.b. ≤ 10 yirik seriyali ishlab chiqarish;
10 o.b. ≤ 20 o‘rta seriyali ishlab chiqarish;
20 o.b. ≤ 40 mayda seriyali ishlab chiqarishlarga bo‘linadi.
Seriyali ishlab chiqarishda universal, maxsuslashgan va qisman maxsus jihozlar ishlatiladi. Shu bilan birga ishlov beruvchi markazlar, universal yig‘ma va qayta tez sozlanadigan texnologik jihozlar ham keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Zamonaviy ishlab chiqarishning asosi bo‘lib seriyali ishlab chiqarish hisoblanadi. Chunki, hozirgi vaqtda seriyali ishlab chiqarish mashinasozlikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 75 – 80 foizini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish takti tB quyidagi formula yordamida topiladi.
min/sht;
Bu yerda Tk – jihozni bir yillik ish vaqti;
N – bir yilda ishlab chiqariladigan detallar soni, dona hisobida.
Agar ishlab chiqariladigan mexanizmlar aniq bo‘lsa bir yilda ishlab chiqariladigan detallar soni quyidagi formula bilan hisoblanadi:
N = N1 m (1+ ) dona;
N1 – bir yilda ishlab chiqariladigan mexanizimlar soni;
m – shu mexanizmda qo‘llaniladigan detallar soni;
β – shu mexanizmda qo‘llaniladigan qo‘shimcha extiyot qismlar, foiz hisobida;
Har bir operatsiyaga ketadigan donabay vaqtni hisoblash uchun quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
Donabay ishlab chiqarishning o‘rtacha vaqti quyidagi formula yordamida topiladi:
Bu yerda: Tdon.(don.k) – kalkulyatsiyali donabay vaqt, minut hisobida n – operatsiyalari soni.
O’rtacha operatsiyalarda dona vaqtini topish uchun detalning tayyorlash taxminiy marshuritini ishlab chiqamiz;
Yuqorida keltirilgan operatsiyalar uchun dona vaqti topilsin.
I operatsiyada tokarlik
Silindrik yuzaga toza ishlov berilsin, Ø 81 mm .l-12mm , faska kirkish va toorets kesish
ta = 0,00037(D2 – d2) = 0,000037 (812 -252) = 2.1 min;
ta = 0,00017·d·l = 0,00017·81·12=0.16 min;
t1 = ta1+ ta2+ ta = 2.1+0,16=2.26 min;
Dastgoh koyeffitsiyentini hisobga olib dona vaqti topilsin;
= 1,69*2.26=3.8min
II operatsiyada tokarlik
Silindrik yuzaga toza ishlov berilsin, Ø 50 mm .l-28mm . Ø 67 mm .l-7mm Ø 48 mm .l-3mm arikcha ishlov berish , faskalar kirkish va torets kesish
1ta = 0,00037(D2 – d2) = 0,000037 (502 - 252) = 1.9 min;
2 ta = 0,00017·d·l = 0,00017· 50·28=0,23 min;
3 ta = 0,00017·d·l = 0,00017· 67·7=0,08 min;
4 ta = 0,00017·d·l = 0,00017· 48·3=0,024 min
t1 = ta1+ ta2+ ta3+ ta4= 1.9+0,23+0.08+0.024=2.23 min;
Dastgoh koyeffitsiyentini hisobga olib dona vaqti topilsin;
= 1,69*2.23=3.76 min
III operatsiyada tishfrezalash
1.ta = 0,0022·d·l = 0,0022 ·81 ·12=2.13 min;
Dastgoh koyeffitsiyentini hisobga olib dona vaqti topilsin;
= 1,66 ·2.13=3.53 min
V I operatsiyada tishjilvirlash
1.ta = 0,0046·d·l = 0,0046 ·81 12=4.47 min;
Dastgoh koyeffitsiyentini hisobga olib dona vaqti topilsin;
= 1,55 ·4.47=6.9 min
V.operatsiyada; sidirish
ta = 0,0022 = 0,0022··47=0.1 min;
Dastgoh koyeffitsiyentini hisobga olib dona vaqti topilsin;
= 0,1·1,84=0.18 min
I Voperatsiyada jilvirlash
1.ta = 0,001·d·l = 0,0046 ·50 25=1.25 min;
Dastgoh koyeffitsiyentini hisobga olib dona vaqti topilsin;
= 1,55 ·1.25=1.93 min
Bu topilgan qiymat formulaga qo‘yib seriya koyeffitsiyenti topiladi;
Ishlab chiqarish tipi ommaviy.
|
| |