3. Murakkablashtirilgan usullarda uncha ko’p amallarni bajarish talab qilinmasada,
ushbu amallarning o’zlari ham ancha murakkabdir. Garchi
yetarlicha katta n larda
ulardan foydalanish tavsiya etilmasada, kichik n larda mazkur usullar tezroq ishlaydi.
Shu joyni o’zida qat‟iy usullarni ishlash tamoyillariga ko’ra 3 ta toifaga bo’lish
mumkin:
1.
To’g’ridan-to’g’ri qo’shish usuli (by insertion);
2. To’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli (by selection);
3. To’g’ridan-to’g’ri almashtirish usuli (by exchange).
To’g’ridan-to’g’ri qo’
shish usuli bilan saralash algoritmi
Bunday usul karta o’yinida keng qo’llaniladi. Elementlar (kartalar)
hayolan
“tayyor”
a(1),...,a(i-1) va boshlang’ich ketma-ketliklarga bo’linadi. Har bir qadamda
(
i=2 dan boshlanib, har bir qadamda bir birlikka oshirib boriladi) boshlang’ich ketma-
ketlikdan i-chi element ajratib olinib tayyor ketma-ketlikning kerakli joyiga qo’yiladi.
To’g’ridan-to’g’ri qo’shish orqali saralash algoritmi quyidagicha bo’ladi:
for (int i=1;i
x=a[i];
x ni a[0]...a[i] oraliqning mos joyiga qo‘shish
}
Kerakli joyni qidirish jarayonini quyidagi tartibda olib borish qulay bo’ladi. 2-
elementdan boshlab har bir elementni qarab chiqamiz, ya‟ni har bir element o’zidan
oldin turgan element bilan solishtiriladi. Agar qaralayotgan element kichik bo’lsa,
oldinda turgan element bilan o’rin almashadi va yana o’zidan oldinda turgan element
bilan solishtiriladi, jarayon shu kabi davom etadi. Bu jarayon quyidagi shartlarning
birortasi bajarilganda to’xtatiladi:
1. x elementi oldida uning kalitidan kichik kalitli a(j) elementi chiqqanda.
2. x elementi oldida element qolmaganda.
for (int i=1;i
while(a[j]
int t=a[j-1];
a[j-1]=a[j];
a[j]=t;
j=j-1;
}
}