|
Foydali qazilmalarni boyitish deganda nimani tushunasiz?
2
|
bet | 65/96 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,55 Mb. | | #150123 |
Bog'liq 3.2022.Kon ishlari asoslari1. Foydali qazilmalarni boyitish deganda nimani tushunasiz?
2. Rudnikdan qazib olingan rudani boyituvchi korxona nomi va unda qo ‘llaniladigan boyitish usullarini ta ’riflab bering.
3. Qazib olingan rudani bo ‘laklar o ‘lchami bo ‘yicha saralash va unda qo ‘llanadigan texnik vositalarni aytib bering.
4. Qazib olingan kon massasini granulometrik tarkibi deganda nimani tushunasiz va bu tarkib qanday usullarda aniqlanadi?
5. Saralash samaradorligi deganda nimani tushunasiz?Bu ko ‘rsatkichlarni aniqlash usuli va ifodasini tavsiflab bering.
6. Qazib olingan rudani maydalash va bunda qo ‘llaniladigan texnik vositalarni aytib bering.
7. Maydalash darajasi, aniqlash usuli va ifodasini yozing.
8. Foydali qazilmalarni boyitish usullarini gapirib bering.
9. Boyitish jarayonlarida qo ‘llaniladigan kimyoviy reagentlar, ularning turlari, bajaradigan vazifalarini so ‘zlab bering.
MA‘RUZA
Foydali qazilmalarni boyitish usullari.Cho‘ktirish.Og‘ir muhitda boyitish.Flotatsiya usulida boyitish.Boyitishning magnit usullari
Foydali qazilmalarni gravitatsiya usulida boyitish. Mineral zarrachalarning bir- biridan farqlanuvchi zichlgi, o‗lchamlari va shakli bo‗yicha, shuningdek, suv yoki havo muhitida harakatlanish tezligi asosida alohida guruhlarga ajratish gravi- tatsion jarayonlar deb ataladi.
Bu jarayonlar foydali qazilmani cho‗ktirish (otsadka), og‗ir muhitda, konsentratsiyalash stolida, shlyuza va novlarda, vintli, konusli va qarama-qarshi oqimli separatorlarda boyitish kabi jarayonlardan iborat bo‗ladi.
Gravitatsion boyitish jarayonlari o‗zining soddaligi, yuqori unumdorligi, ishlab chiqarish kompleksining oddiyligi, xarajat- larning nisbatan kamligi hisobiga yuqori samarali bo‗lishi bilan boshqa boyitish usullaridan farqlanadi.
Cho‗ktirish - bu mineral zarrachalarning zichligi, shakli va o‗lchamlari bo‗yicha suv yoki havo muhitida vertikal yo‗na- lishda harakatlanish tezligi asosida ajratish jarayoni bo‗lib, foydali qazilmalarni boyitishda keng qo‗llanadi.
Bu jarayonlardan tarkibida 1200 dan 1560 kg/m3 gacha foydali komponenti va zarrachalari o‗lchami 0,2 dan 50 mm gacha bo‗lgan rudalar, bo‗laklari o‗lchami 0,5 dan 120 mm gacha bo‗lgan ko‗mirni boyitishda foydalaniladi.
Cho‗ktirish usulida foydali qazilmalarni boyitish porshenli, porshensiz, diogragmali va qo‗zg‗aluvchan g‗alvirli cho‗ktirish mashinalari yordamida amalga oshiriladi (6.2- rasm).
Boyitish materiali mashina g‗alviriga uzluksiz ravishda tushirib turiladi. G‗alvir teshiklari orqali goh yuqoriga, goh pastga vertikal yo‗nalishda suv oqimi harakatlanib turadi. Suv oqimi yuqoriga harakatlanganda material ham ko‗tarilib maydalanadi, pastga harakatlanganda material zarrachalari cho‗kib zichlanadi.
-s/ Dastlabki ,, ..
Y;nf
‘ Panjara osti suvi
'
4
V
|
| |