• A. Qoplama jinslarni ko‗ndalang yo‗nalishda ag‗darmaga to‗kishga asoslangan qazish tizimlari
  • Qoplama jinslarni tashqi ag‗darmaga tashishga asoslangan qazish tizimi. Qoplama jinslarning bir qismini ichki
  • To‘plamning muallifi to‘g‘risida




    Download 7,55 Mb.
    bet61/96
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,55 Mb.
    #150123
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96
    Bog'liq
    3.2022.Kon ishlari asoslari

    5.1-jadval
    Professor Y.F. Sheshko tavsiya etgan qazish tizimlari tavsifi

    Qazish tizimi nomlari

    Qazish tizimi guruhlari

    A. Qoplama jinslarni ko‗ndalang yo‗nalishda ag‗darmaga to‗kishga asoslangan qazish tizimlari

    1. Qoplama jinslarni bevosita ag‗darmaga bir yo‗la to‗kib joylashtirishga asoslangan qazish tizimi.

    2. Qoplama jinslarni ikki va undan

    ko‗p marta ekskavator bilan takror yuklab- to‗kib ag‗darmaga joylash tizimi.

    1. Qoplama jinslarni maxsus konsolli ag‗darma hosil qiluvchi mashina va transport- ag‗darma ko‗prigi yordamida ag‗darmaga to‗kish tizimi.

    B. Qoplama jinslarni ag‗darmalarga bo‗ylama yo‗nalishda tashishga asoslangan qazish tizmlari

    1. Qoplama jinslarni ichki ag‗darmaga tashishga asoslangan qazish tizimi.

    2. Qoplama jinslarni tashqi ag‗darmaga tashishga asoslangan qazish tizimi.

    3. Qoplama jinslarning bir qismini ichki, boshqa qismini tashqi ag‗darmalarga tashishga asoslangan qazish tizimi.

    D. Qoplama jinslarni ham ko‗ndalang, ham bo‗ylama yo‗nalishlar bo‗yicha ag‗darmalarga to‗kuvchi qazish tizimlari

    Qoplama jinslarni qisman ichki va tashqi ag‗darmalarga to‗kishga asoslangan qazish tizimi.
    2. Qoplama jinslarning bir qismini bir yo‗la ag‗darmaga to‗kib, qolgan qismini transport vositasida tashqi ag‗darmaga tashishga asoslangan qazish tizimi.



    Akademik N.V. Melnikov tavsiya etgan qazish tizimlari tasnifi asosida qoplama jinslarni qazib olish usullari yotadi.
    Bu tasnif bo‗yicha ochiq kon qazish tizimlari quyidagicha nomlanadi: transportsiz qazish tizimi, ekskavator-karyer qazish tizimi, transport-ag‗darma qazish tizimi, maxsus qazish tizimi, transportli va aralash qazish tizimlari.
    Ushbu qazish tizimlarining texnologik mohiyati professor Y. F. Sheshko tavsifidagi qazish tizimlaridan qariyb farq qilmaydi (maxsus qazish tizimlari bundan mustasno). Maxsus qazish tizimida foydali qazilma ustidan qazib olingan qoplama jinslar minorali ekskavatorlar, skreperlar yoki gidromexa- nizatsiya va boshqa vositalar orqali ag‗darmalarga joylash- tiriladi.
    Biroq bu qazish tizimi gorizontal va yotiq joylashgan kon ustidagi qoplama jinslar yumshoq bo‗lganda qo‗llanadi.
    Yuqorida qayd etilgan ochiq kon qazish tizimlari tasnifida keltirilgan qazish tizimlari negizida faqat qoplama jinslarni qazishga tayyorlash, qazib olish va ag‗darmalarga joylashtirish usullari yotadi.
    Foydali qazilma yotqiziqlarini qazib olish usullari va texnologiyasi umuman hisobga olinmaydi.
    Akademik V.V. Rjevskiy tavsiya etgan qazish tizimlari tasnifi esa, foydali qazilma konlarining kon-geologik sharoitlari va geometrik tavsiflarga asoslangan. Ushbu tasnifga ko‗ra gorizontal, qiya, o‗ta qiya va tik joylashgan foydali qazilma konlarini qazish tizimlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
    Masalan, gorizontal konlarni qazish tizimi faqat qoplama jins va foydali qazilmani qazib olish tartibi bilan tavsiflanadi. Chunki kon-tayyorlov ishlari karyerni qurish davridayoq bajariladi.
    Bunday qazish tizimi sidirg‗asiga qazish tizimi deb nomlanadi (bu tizim doimiy ish zonasiga ega bo‗ladi).
    Qiya, o‗ta qiya va tik konlarni qazib olishda qo‗llanadigan qazish tizimlari kon- tayyorlov, qoplama jins va foydali qazilmani qazib olish ishlari tartibi bilan tavsiflanadi.
    Bu qazish tizimlarida kon-tayyorlov ishlari karyerni qurish va uning ishlash muddati davomida bajarib boriladi. Chunki karyer chuqurlashib borgan sari yangi gorizontlarni


    ochish, qoplama jins va foydali qazilma volqiziqlarida ishchi pog‗onalar hosil qilish talab etiladi. Ana shu talabga javob beradigan qazish tizimi chuqurlama qazish tizimi deyiladi va bu tizimda ish zonasi o‗zgaruvchan bo‗ladi. Murakkab kon- geologik va topografik sharoitlarga ega bo‗lgan konlarda qo‗llanadigan qazish tizimi aralash qazish tizimi bo‗lib, chuqurlama-sidirg‗asiga qazish tizimi deb yuritiladi.
    Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarishda kon Sheshko tavsifidagi qazish tizimlaridan qariyb farq qilmaydi (maxsus qazish tizimlari bundan mustasno). Maxsus qazish tizimida foydali qazilma ustidan qazib olingan qoplama jinslar minorali ekskavatorlar, skreperlar yoki gidromexa- nizatsiya va boshqa vositalar orqali ag‗darmalarga joylash- tiriladi.
    Biroq bu qazish tizimi gorizontal va yotiq joylashgan kon ustidagi qoplama jinslar yumshoq bo‗lganda qo‗llanadi.
    Yuqorida qayd etilgan ochiq kon qazish tizimlari tasnifida keltirilgan qazish tizimlari negizida faqat qoplama jinslarni qazishga tayyorlash, qazib olish va ag‗darmalarga joylashtirish usullari yotadi.
    Foydali qazilma yotqiziqlarini qazib olish usullari va texnologiyasi umuman hisobga olinmaydi.
    Akademik V.V. Rjevskiy tavsiya etgan qazish tizimlari tasnifi esa, foydali qazilma konlarining kon-geologik sharoitlari va geometrik tavsiflarga asoslangan. Ushbu tasnifga ko‗ra gorizontal, qiya, o‗ta qiya va tik joylashgan foydali qazilma konlarini qazish tizimlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
    Masalan, gorizontal konlarni qazish tizimi faqat qoplama jins va foydali qazilmani qazib olish tartibi bilan tavsiflanadi. Chunki kon-tayyorlov ishlari karyerni qurish davridayoq bajariladi.
    Bunday qazish tizimi sidirg‗asiga qazish tizimi deb nomlanadi (bu tizim doimiy ish zonasiga ega bo‗ladi).
    Qiya, o‗ta qiya va tik konlarni qazib olishda qo‗llanadigan qazish tizimlari kon- tayyorlov, qoplama jins va foydali qazilmani qazib olish ishlari tartibi bilan tavsiflanadi.
    Bu qazish tizimlarida kon-tayyorlov ishlari karyerni qurish va uning ishlash muddati davomida bajarib boriladi. Chunki karyer chuqurlashib borgan sari yangi gorizontlarni ochish, qoplama jins va foydali qazilma volqiziqlarida ishchi pog‗onalar hosil qilish talab etiladi. Ana shu talabga javob beradigan qazish tizimi chuqurlama qazish tizimi deyiladi va bu tizimda ish zonasi o‗zgaruvchan bo‗ladi. Murakkab kon- geologik va topografik sharoitlarga ega bo‗lgan konlarda qo‗llanadigan qazish tizimi aralash qazish tizimi bo‗lib, chuqurlama-sidirg‗asiga qazish tizimi deb yuritiladi.
    Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarishda kon ishlari karyer maydoni hududida rivojlanib boradi. Shunga ko‗ra karyerlarda qo‗llanadigan qazish tizimlari quyidagicha nomlanadi:

    • karyer uzun o‗qiga nisbatan parallel holda uning bir yoki har ikkala yonbag‗ri tomon rivojlanib boruvchi bo‗ylama qazish tizimi;

    • karyer qisqa o‗qiga nisbatan parallel holda uning bir yoki har ikkala yonbag‗ri tomon rivojlanib boradigan ko‗n- dalang qazish tizimi;

    • karyer maydonida belgilangan markaziy (umumiy) yoki tarqoq (ikki va undan ko‗p) burilish punktlari bo‗yicha karyer maydoni bo‗ylab ish frontini yelpig‗ichsimon surilishiga asoslangan yelpig‗ichsimon qazish tizimi;

    • halqasimon qazish tizimi — bu qazish tizimida qoplama jinslar va foydali qazilmani qazib olish karyer markazidan uning yonbag‗irlari tomon yoki karyer chegarasidan markaz tomon yo‗nalishlarda amalga oshiriladi.


    5.12-rasm. Pog‗ona ish maydonchasi sxemasi.

    • U— portlatilgan kon massasi yoyilmasi, m; S yoyilma pastki chizig‗idan transport yo‗ligacha bo'lgan xavfsizlik masofasi. m;

    T— transport yo‗lining kengligi, m; P— yordamclii uskunalar joylashtiriladigan
    — maydoncha, m;
    — xavfsizlik supasi (bemiasi), m

    Download 7,55 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96




    Download 7,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘plamning muallifi to‘g‘risida

    Download 7,55 Mb.