To‘plamning muallifi to‘g‘risida




Download 7,55 Mb.
bet60/96
Sana01.02.2024
Hajmi7,55 Mb.
#150123
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96
Bog'liq
3.2022.Kon ishlari asoslari

11-rasm. Transportsiz qazish tizimlari:

a bir marta yuklash orqali ag‗darma hosil qilish; b qayta yuklash orqali ag‗darma hosil qilish; d konsolli ag‗darma hosil qiluvchi mashina yordamida ag‗darma hosil qilish.


Konlarni ochiq usulda qazib chiqarish tizimlari
Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda kon-tayyorlov, qoplama jinslar va foydali qazilmani qazib olish ishlarini bajarishning ma‘lum tartibi qazish tizimi deyiladi.
Muayyan karyerda qo‗llanayotgan qazish tizimi atrof-muhitni saqlash talablariga rioya qilgan holda kon qazish ishlarini samarali va xavfsiz olib borishni ta‘minlashi kerak.
Gorizontal va kichik qiyalikka ega bo‗lgan foydali qazilma yotqiziqlarini qazib olishda kon-tayyorlov ishlari karyerni qurish davrida amalga oshiriladi. Bunda konni qazish tizimi konni qazib olish davomida qoplama jinslar va foydali qazilmani qazib
olish tartibini tavsiflaydi. Chunki yangi gorizontlarni ochishga hojat qolmaydi. Pog‗onalar balandligi, ishchi va ishlamaydigan pog‗ona maydonlarining kengligi,
qazish fronti uzunligi va uning surilish tezligi, kirmalarning o‗lchamlari va hokazolar qazish tizimining elementlari hisoblanadi.
Pog‗onaning asosiy o‗lchami lining balandligi bo‗lib, u uskunalar unumdorligi, qazib olingan foydali qazilma sifati, karyer yon bag‗rining qiyalik burchagi, qazish ishlari fronti, transport yo‗llarining uzunligi, kon-kapital ishlarining hajmi kabi qator
ko‗rsatkichlarga bevosita ta‘sir etadi. Ochiq usulda kon qazish amaliyotida cho‗michining hajmi 3—5 m3 bo‗lgan ekskavatorlar qo‗llanilganda pog‗ona balandligi 11—14 m, cho‗michining hajmi 8—12,5 m3 ekskavatorlar qo‗llanilganda esa, 16—19 m bo‗lishi, ham iqtisodiy, ham kon-texnik tomondan maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan.
Konlarning muayyan kon-geologik va kon-texnik sharoit- larida pog‗ona balandligi yuqorida keltirilgan omillardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Pog‗ona ishchi
maydonining ruxsat etilgan minimal kengligi qo‗llaniladigan qazib-yuklash, transport vositasi va uning harakatlanish sxemasi, pog‗ona balandligi, jinslarning qattiqligi kabi ko‗rsatkichlarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Karyerda yumshoq jinslarni qazish uchun cho‗michining hajmi 5—8 m3 bo‗lgan ekskavatorlar (EKG-5 va EKG-8) va temir yo‗l transporti qo‗llanilganda pog‗ona ishchi maydonining minimal kengligi 26—33 metrni tashkil qiladi. Qattiq (qoyasimon) jinslarda esa, 39—52 va 45—60 m bo‗lishi mumkin.
Avtotransport qo‗llanilganda 23—30 va 37—52 m ni tashkil qiladi. Pog‗ona uzunligi bo‗yicha bevosita qazish ishlarini olib borish uchun tayyorlangan pog‗ona qismi pog‗ona ish fronti deyiladi. Pog‗onaish frontini tayyorlash uchun pog‗onada transport va qazish vositalarining ishlashi zarur bo‗igan transport hamda energiya kommunikatsiyalar keltirilgan ishchi maydoncha hosil qilinadi (5.12-rasm).
Alohida pog‗onalarning ish fronti uzunligi yig‗indisi karyer frontini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda konchilik adabiyoti va amaliyotida professor Y.F. Sheshko,
akademik N.V. Melnishkov va akademik V.V. Rjevskiy ishlab chiqqan ochiq kon qazish tizimlari tasnifidan keng foydalaniladi.
Professor Y.F. Sheshko tavsiya etgan ochiq usulda kon qazish tizimi tasnifi asosida qoplama jinslarni ag‗darmalarga tashish yo‗nalishi yotadi (5.1-jadval va 5.11-rasm). Bu tasnif bo‗yicha qazish tizimlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: A guruhiga qoplama jinslarni transport vositalarisiz karyer qazish frontiga ko‗ndalang yo‗nalishda ag‗darmaga tashish tizimlari kiradi (transportsiz tizimlar).
B guruhiga qoplama jinslarni karyer qazish fronti bo‗ylab ag‗darmaga transport vositalari bilan tashish tizimlari kiradi (transportli tizimlar).
D guruhi yuqoridagi har ikkala guruh tizimlarining kombi- natsiyalaridan tashkil topgan qazish tizimlarini o‗z ichiga oladi. A guruhiga kiruvchi qazish tizimlari juda sodda va iqtisodiy samarasi yuqori bo‗ladi. Ammo qoplama jinslarni qazib olib, ko‗ndalang yo‗nalish bo‗yicha ag‗darmaga to‗kuvchi ekskavatorlar parametrlarining cheklanganligi guruh tizimlari qo‗lla- nishi doirasini chegaralaydi. Bu tizimlar qo‗llanilganda qoplama jinslar va foydali qazilmani qazish ishlari o‗rtasidagi bog‗liqlik o‗ta qat‘iy bo‗ladi. Shu sababli qazishga tayyorlangan foydali qazilma miqdori ham qat‘iy chegaralangan bo‗ladi.
B guruhi qazish tizimlari anchagina murakkab va samara- dorligi kamroq bo‗lsa-da, qoplama jinslar bilan foydali qazilmani qazish o‗rtasida qat‘iy bog‗liqlik bo‗lmaydi. Shu tufayli katta miqdordagi foydali qazilma zaxiralarini qazishga tayyorlash imkoniyati mavjud bo‗ladi va guruh tizimlari konchilik amaliyotida keng qo‗llaniladi.



Download 7,55 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96




Download 7,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘plamning muallifi to‘g‘risida

Download 7,55 Mb.