|
To‘plamning muallifi to‘g‘risida
|
bet | 68/96 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,55 Mb. | | #150123 |
Bog'liq 3.2022.Kon ishlari asoslariKaryer maydonini rekultivatsiya qilish
Foydali qazilmalarni ochiq usulda yer qa‘ridan qazib olish natijasida katta maydondagi unumdor yerlar qishloq xo‗jalik oborotidan chiqarilishi bilan bir qatorda, karyerda olib boriladigan kon qazish jarayonlari atrof-muhit ekologik holatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Shu sababli foydali qazilmani qazib olish natijasida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish zarurati tug‗iladi. Rekultivatsiya
— bu buzilgan yerlarni xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlari uchun yaroqli bo‗lishini ta‘minlash maqsadida bajariladigan turli ishlar majmuyidir.
Biroq rekultivatsiya hamma vaqt ham buzilgan yerlarni o‗zining dastlabki holatiga keltira olmaydi va iqtisodiy tomon- dan unga qilingan xarajatlarni qoplay olmaydi.
Rekultivatsiya natijasida qishloq xo‗jaligi, o‗rmonchilik, dam olish zonalari, suv omborlari, turar joy va sanoat ishlab chiqarish binolari qurish kabi ishlarga yaroqli yerlar hosil qilinadi.
Qaysi maqsadlarda foydalanishga mo‗ljallanganligiga ko‗ra karyer tomonidan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish quyidagi ko‗rinishlarda bajarilishi mumkin:
Qishloq xo‗jaligiga tegishli, ya‘ni qishloq xo‗jaligi ekinlarini o‗stirish, bog‗lar, o‗tloqlar barpo qilishga yaroqli yerlar hosil qilish.
O‗rmon xo‗jaligiga tegishli zamin, suv, ob-havo mo‗tadil- ligini muhofaza qilish, shuningdek, ishga yaroqli yog‗och materiallari ishlab chiqarish uchun o‗rmonzorlar barpo etishga yaroqli yerlarni vujudga keltirish.
Tabiat muhofazasiga tegishli, atrof-muhitni zararlan- tiruvchi ag‗darmalarni ko‗kalamzorga aylantirish, dam olish zonalarini barpo qilish.
Suv xo‗jaligiga tegishli, ya‘ni baliqchilik va boshqa ishlab chiqarish sohalari uchun suv omborlari barpo qilish.
Qurilishga tegishli turar joy, sanoat va sport inshootlarini qurish uchun yer tayyorlash.
Yuqorida keltirilgan maqsadlar uchun yer tayyorlangandan so‗ng kon-texnik va biologik rekultivatsiya qilish jarayonlari amalga oshiriladi.
Kon-texnik rekultivatsiya qilishda ag‗darmalar tekislanib, qiyaliklar yassilanadi, ustiga hosildor qatlam barpo etish uchun tuproq yotqiziladi, shuningdek, meliorativ va yo‗l qurilishi ishlari bajariladi.
Biologik rekultivatsiya esa, kon-texnik rekultivatsiya tugagandan so‗ng amalga oshiriladi. Bunda yerning hosil- dorligini qayta tiklash uchun zarur bo‗lgan biologik jarayonlar bajariladi.
Maydonlarni rekultivatsiya qilishda skreperlar, buldozerlar, ekskavatorlar, avtoag‗dargichlar va boshqa mexanizmlardan foydalaniladi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Ochiq kon ishlari ta ’rifi va rivojlanish yo ‘nalishlarini so ‘zlab bering.
Ochiq usulda qazib olinadigan konlarni yotish sharoitlari va kon jinslarining texnologik xususiyatiarini aytib bering.
Karyer (razrez)ning asosiy elementlariga nimalar kiradi? 4.Rekultivatsiya qilishdan maqsad nima?
5.Rekultivatsiya jarayonida ishlatiladigan transport turlari?
|
| |