|
To‘plamning muallifi to‘g‘risida
|
bet | 69/96 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,55 Mb. | | #150123 |
Bog'liq 3.2022.Kon ishlari asoslariNAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI HUZURIDAGI UCHQUDUQ SANOAT TEXNIKUMI
―Kon ishlari asoslari‖ fanidan BAHOLASH VOSITALARI
―Konchilik ishi‖ kafedrasi
Maxsus fan o‘qituvchisi: Boboyorova Nigora Yusupovna
2021-yil
O`quv fani (moduli) yoki amaliyot ning o‘zlashtirish darajasini nazorati va baholash tartibi:
Baholash tizimi. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan yil
da -son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ―Sanoat texnikumi o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida‖gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
№
|
Baho
|
O`quvchi bilim darajasi
|
1
|
5 baho (a`lo)
|
o`quvchi mavzuning maqsadi va mazmunini atroflicha yorita olsa;
bayonda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va mantiqiy chalkashliklarga yo`l qo`yilmasa;
mavzu materiallining nazariy va amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo`lsa;
berilgan savollarga aniq va lo`nda javob bersa;
berilgan vazifani DTS talablari doirasida bajarsa;
Konspektni puxta shakllantirgan bo`lsa.
|
2
|
4 baho (yaxshi)
|
o`quvchi mavzuning maqsadi va mazmunini tushungan;
bayonda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo`l qo`yilmasa;
mavzu materiallining nazariy va amaliy ahamiyatini tushungan bo`lsa;
berilgan savollarga aniq va lo`nda javob bersa;
berilgan vazifani DTS talablari doirasida bajarsa;
Konspektni puxta shakllantirgan bo`lsa.
|
3
|
3 baho (qoniqarli)
|
Mavzu haqida umumiy tushunchaga ega;
Mavzuni tor doirada yoritib, bayonda ayrim chalkashliklarga yo`l qo`yilsa;
Bayon ravon bo`lmasa;
Savollarga mujmal va chalkash javob bersa;
Konspektini puxta shakllantirmagan bo`lsa.
|
4
|
2 baho (qoniqarsiz)
|
Mashg`ulotga tayyorgarlik ko`rmagan bo`lsa;
Mashg`ulot mavzusiga oid hech qanday tasavvurga ega bo`lmasa;
Topshiriqni boshqalardan ko`chirib kelganligi sezilib tursa;
Konspektida jiddiy xato va chalkashliklarga yo`l qo`yilgan bo`lsa;
Mavzuga doir berilgan savollarga javob olinmasa.
|
Joriy nazorat – og‘zaki so'rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, uy vazifasi va hokazo, ya'ni o'qituvchi o'z amaliyotida qo'llaydigan barcha so'rov turlarini o'z ichiga oladi.
Oraliq nazorat - fanning ma'lum bir qismi, bo'limi yakunlangandan so'ng o'tkaziladi. Oraliq nazoratning o'tkazilish tartibi, shakli ta'lim muassasasining ilmiy- pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi. Oraliq nazorat asosan nazorat bilet ko‘rinishida har bir o‘quvchiga alohida tarqatiladi. Har bir biletda o‘zining tartib raqami bo‘ladi. Har bir bilet savol va masala bandlaridan iborat. Masalan, 3 savol va 2 ta masaladan iborat bo‘ladi.
|
| |