|
Kuchli magnitlanishga ega bo‘lgan minerallar (magnetit, maggemit, pirrotin va boshqalar)
|
bet | 67/96 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,55 Mb. | | #150123 |
Bog'liq 3.2022.Kon ishlari asoslariKuchli magnitlanishga ega bo‘lgan minerallar (magnetit, maggemit, pirrotin va boshqalar). Bu minerallar ferromagnit minerallar bo‗lib, ajratib olishda kuchsiz magnit maydoniga ega bo‗lgan separatorlardan foydalaniladi.Kuchsiz magnitlanishga ega bo
‗lgan minerallar (temir oksidlari, titan, volfram va boshqa marganesli minerallar). Bu minerallarni boyitishda yuqori kuchlangan magnit maydoni hosil qiluvchi separatorlar qo‘llaniladi.
Nomagnit minerallar (barcha paramagnit va diomagnit minerallar). Bu guruhdagi minerallar, hatto kuchli magnit maydoni hosil qiluvchi separatorlar qo‗llanganda ham ajralmaydi. Magnit tizimi bo‗yicha sepatorlar ikki turga bo‗linadi: elektromagnit separatorlar va doimiy magnitli separatorlar. Ishchi organning konstruksiyasiga ko‗ra separatorlar barabanli, diskali, rolikli turlarga bo‗linadi.
Elektromagnit separatorlar, asosan, kam magnitli rudalarni boyitishda qo‗llaniladi.
Doimiy magnitli separatorlar esa yupqa yanchilgan rudalarni boyitishda
qo‗llaniladi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Foydali qazilmalarni boyitish deganda nimani tushunasiz?
Rudnikdan qazib olingan rudani boyituvchi korxona nomi va unda qo ‘llaniladigan boyitish usullarini ta ’riflab bering.
Qazib olingan rudani bo ‘laklar o ‘lchami bo ‘yicha saralash va unda qo ‘llanadigan texnik vositalarni aytib bering.
Qazib olingan kon massasini granulometrik tarkibi deganda nimani tushunasiz va bu tarkib qanday usullarda aniqlanadi?
Saralash samaradorligi deganda nimani tushunasiz?Bu ko ‘rsatkichlarni aniqlash usuli va ifodasini tavsiflab bering.
Qazib olingan rudani maydalash va bunda qo ‘llaniladigan texnik vositalarni aytib bering.
Maydalash darajasi, aniqlash usuli va ifodasini yozing.
Foydali qazilmalarni boyitish usullarini gapirib bering.
Boyitish jarayonlarida qo ‘llaniladigan kimyoviy reagentlar, ularning turlari, bajaradigan vazifalarini so ‘zlab bering.
MA‘RUZA
|
| |