|
To‘plamning muallifi to‘g‘risida
|
bet | 57/96 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,55 Mb. | | #150123 |
Bog'liq 3.2022.Kon ishlari asoslariAg‗darma hosil qilish
Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda foydali qazilma ustidagi qoplama jinslarni qazib olib, ularni karyer ichiga yoki undan tashqariga joylashtirish bilan bog‗liq
texnologik jarayon- lar majmuyi ag‘darma hosil qilish deyiladi. Ag‗darma hosil qilish uchun maxsus maydonlar ajratiladi va unda hosil qilingan qoplama jins uyumlari ag‗darma deb yuritiladi. Ag‗darmalarni hosil qilishda qo‗llaniladigan texnik qurilma va mexa- nizatsiyalash vositalari majmuyi karyer ag‘darma xojaligi deyiladi.
Ag‗darmalar ichki va tashqi bo‗ladi. Karyer maydonidagi foydali qazilma qazib olingandan so‗ng bo‗shagan maydonda hosil qilingan qoplama jins ag‗darmasi ichki ag‗darma, karyer chegarasidan ma‘lum masofada hosil qilingan ag‗darma esa tashqi ag‗darma deb ataladi. Ichki ag‗darmalar gorizontal yoki qiyalik burchagi 12° gacha bo‗lgan kon yotqiziqlarini qazib oladigan karyerlarda hosil qilinadi. Bunda qoplama jinslar katta quvvatga ega (cho‗michining hajmi 25—80 m3 va undan ortiq, strelasining uzunligi 35—100 m gacha) bo‗lgan draglaynlar, cho‗michining hajmi 15—35 m3 dan 65—100 m3 gacha bo‗lgan mexanik bir cho‗michli ekskavatorlar yordamida ag‗darma maydoniga bevosita (transport vositalarisiz) tashilib ichki ag‗darmalar hosil qilinadi. Konchilik amaliyotida ichki ag‗dar- malarni hosil qilishda transport ag‗darma ko‗prigi va boshqa ichki ag‗darma hosil qiluvchi mexanizmlardan ham foydalaniladi. Qoplama jinslarni bir cho‗michli ekskavatorlar yordamida ichki ag‗darmaga joylashtirishda ekskavator o‗lchamlari ichki ag‗darma maydoni bilan kavjoy o‗rtasidagi masofadan kam bo‗lsa, u holda qoplama jinslar qayta ekska- vatsiyalash asosida ag‗darmaga joylashtiriladi Qiya va o‗ta qiya foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarishda tashqi ag‗darma hosil qilinadi. Tashqi ag‗darmaga karyerdan tashib keltirilgan qoplama jinslarni joylashtirishda mexanik cho‗michli ekskavator, draglayn, ag‗darma plug, buldozer kabi mexanizmlardan foydalaniladi. Ag‗darma hosil qilish uchun mexanizm tanlab olish ko‗p jihatdan qoplama jinslarni tashib keltiruvchi transport vositasi turiga bog‗liq bo‗ladi.
Masalan, temir yo‗l transportida ag‗darma hosil qilish, ko‗pincha, mexanik cho‗michli ekskavatorlar bilan amalga oshiriladi, avtomobil transportida esa, asosan, buldozerdan foydalaniladi va h.k.
(Ha) balandligi hi va h2 ga teng ikkita nimpog‗onaga ajratiladi. Ekskavator pastki nimpog‗onaning ustki maydonida temir yo‗l joylashtirilgan ustki nimpog‗ona
maydonidan 4—7 m pastroqda turadi. Qoplama jinslar uzunligi 1=20—25 m, chuqurligi h3=0,8—1,0 m va hajmi 200—300 m3 bo‗lgan handaqqa dumpkarlardan to‗kiladi. To‗kilgan jinslarni ekskavator uch yo‗nalishda (oldi, yon va orqa) yuqori nimpog‗ona ustki maydoniga qayta yuklaydi (5.9-rasm).
Kon jinslarini ag‗darmaga avtomobil transporti bilan tashilsa, ag‗darma hosil qiluvchi mexanizm sifatida DET-250, T-330 va T-500 rusumli traktorlar bazasida yaratilgan buldo- zerlardan foydalaniladi.
Kon jinslarining xususiyatlari lentali transport talablariga mos kelsa, u holda ag‗darma hosil qiluvchi mexanizm sifatida lentali konveyerlardan foydalaniladi. Bunda lentali konveyer asosida maxsus ishlab chiqarilgan JIH-225/200 rusumli konsolli ag‗darma hosil qiluvchi mashina va transport-ag‗darma ko‗prigi kabi texnik vositalar qo‗llaniladi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Ruda konlarini yer osti usulida qazib olishning o ‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
Ruda yo ‘qotUishi va sifatsizlanishini ta ’riflab bering. Yo ‘qotilish miqdorini aniqlash ifodalarni yozing.
Rudniklarning shaxta maydoni deganda nimani tushunasiz?
Shaxta maydonini ochish va qazishga tayyorlash usullari va sxemalarini aytib bering.
Ruda konlarni qazib olishning asosiy jarayonlari va ularning mazmun-mohiyatini ta ’riflab bering.
Qazib olingan kon massasini ikkilamchi maydalash nima uchun kerak?
Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarishning qanaqa usullarini bilasiz?
MA‘RUZA
|
| |