• 5.8-rasm.
  • 1 — avtomobil tushish (ko‗tarilish) yo‗li; 2 — qayta yuklash punktlari;
  • To‘plamning muallifi to‘g‘risida




    Download 7,55 Mb.
    bet55/96
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,55 Mb.
    #150123
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96
    Bog'liq
    3.2022.Kon ishlari asoslari

    Karyer transporti
    Karyer transporti — bu kavjoydan qazib olingan kon massasini qabul qilish punktlarigacha (boyitish fabrikasi, qoplama jins ag‗darmasi va h. k.) tashib beradigan vositalar majmuyidir.
    Bu vositalar karyerlardagi texnologik jarayonlarni bir-biriga bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lib, ko‗p mehnat va xarajatlar sarfini talab qiladi. Foydali qazilmani qazib olish uchun sarflangan xarajatlarning 45—50 % i, ayrim hollarda 65—70% i transport xarajatlarini tashkil qiladi. Karyer transportida «yuk aylanmasi» va «yuk potogi» degan iboralar mavjud.
    Yuk aylanmasi deganda vaqt birligi ichida tashilishi lozim bo‗lgan foydali qazilma yoki qoplama jins hajmi (t yoki m3) tushuniladi.
    Yuk potogi — bu karyer maydoni chegaralarida (hududida) yuk tashish yo‗nalishlari demakdir. Ochiq kon ishlarida barcha turdagi transport vositalaridan foydalaniladi. Karyerlarda temir yo‗l, avtomobil va konveyer transportlari keng qo‗llaniladi. Skirli ko‗tarish qurilmalari, sim arqon — osma yo‗llar, gidravlik transport, aviatransport kabi transport vositalaridan esa kam foydalaniladi.
    Temir yo‗l transportini yillik yuk aylanmasi katta (25 mln t va undan ko‗p) va tashish masofasi 4 km dan ko‗p bo‗lgan karyerlarda qo‗llash tavsiya etiladi. Temir yo‗l transporti qo‗llanganda pog‗onalar ish frontining uzunligi katta (300— 500 m va undan ortiq), poyezdning burilish radiusi kamida 100—120 m va yo‗lning ko‗tarilish qiyaligi 20—30% gacha bo‗lishi talab qilinadi.
    Agar karyerlarda yangi, takomillashtirilgan yuk tortish agregatlari qo‗llansa, yo‗lning qiyaligini 40—60% gacha yetkazish mumkin. Karyerlarda temir yo‗l transportini samarali qo‗llash uchun uning chuqurligini 300—350 m gacha yetkazishga imkon yaratiladi.
    Yuk tashish sostavlari (lokomotiv va vagonlar) va relsli yo‗llar temir yo‗l transportining asosiy vositalari hisoblanadi. Karyerlardagi temir yo‗llar statsionar (turg‗un) yoki vaqtincha xizmat qiluvchi turlarga bo‗linadi.
    Statsionar temir yo‗llar, asosan, karyerning ishlamaydigan yonbag‗rida qoldirilgan transport bermalariga (supalariga) joylashtiriladi va uzoq muddat davomida xizmat qiladi. Vaqtincha xizmat qiluvchi temir yo‗l esa, karyer ishchi yonbag‗ridagi pog‗onalar ishchi maydoniga qurilgan bo‗lib, pog‗ona ish fronti chizig‗i surilishi bilan, davriy ravishda yangi (pog‗ona ish fronti chizig‗iga yaqin) o‗zanga (joyga) surib boriladi. Temir yo‗lning ikki rels orasidagi masofasi 1524 mm, shpalning standart uzunligi 2700 mm, relslarniki esa,
    12,5— 25 m ni tashkil qiladi. Karyer temir yo‗llarida R-50 va
    R-65 rusumli relslardan foydalaniladi. Karyer temir yo‗l trans- portining harakatlanish tezligi statsionar yo‗llarda 30—40 va vaqtincha yo‗llarda 15—20 km/soatni tashkil qiladi.
    Lokomotiv sifatida elektrovoz, teplovoz va tortuvchi agregat- lardan foydalaniladi. D-94, D-100 m, EL-1, 13E-1 rusumli kontaktli elektrovozlar kuchlanishi 1500—3000 voltga teng o‗zgarmas tok yordamida ishlaydi.
    Teplovozlar uchun elektr toki va trolley simlar kerak emas. Shu sababli ularning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) yuqori
    — 24—26 % ni tashkil qiladi. OPE-1, OPE-2 rusumli tortish agregatlari avtonom elektr energiyasi manbasiga (dizel seksiya- siga) ega bo‗lganligi va har bir vagon motor bilan ta‘minlan- ganligi sababli kontakt elektr liniyalarsiz ishlaydi. Kon massa- sini temir yo‗l transporti vositasida tashish uchun 60, 105, 180 tonna yuk ko‗tarish qobiliyatiga ega bo‗lgan o‗zi ag‗da- ruvchi vagonlardan foydalaniladi.
    Avtomobil transporti, asosan, yuk aylanmasi kichik (15—20 mln t) va tashish masofasi 4—5 km gacha bo‗lgan karyerlarda qo‗llanadi.
    Yuk ko‗tarish quvvati katta (75—180 tonna) bo‗lgan avtoag‗dargichlar barpo etilishi natijasida avtomobil transpor- tini yillik yuk aylanmasi 50—60 mln t va undan ortiq bo‗lgan karyerlarda ham qo‗llash samarali natija beradi. Hozirgi vaqtda avtomobil
    transporti temir va rangli metall karyerlarida keng qo‗llanilyapti.
    Avtomobil transporti qo‗llaniladigan karyerlarda kontakt liniyalari, temir yo‗llar bo‗lmasligi va yo‗llarning qiyaligi katta (80—100%), burilish radiusi kichikligi (15— 25 m) tufayli kon- kapital ishlar hajmi nisbatan kam, karyerni qurish muddati qisqa hamda arzon bo‗lishi ta‘minlanadi.
    Avtoag‗dargichlarning qimmatligi, joriy xarajatlarning yuqori bo‗lishi natijasida 1 tonna yukni tashishga sarflangan xarajatlarning temir yo‗l transportiga nisbatan ko‗p bo‗lishi avtomobil transportining asosiy kamchiligi hisoblanadi.
    Avtoag‗dargichlarning harakatlanishi uchun karyerda statsionar va vaqtinchalik yo‗llar quriladi. Statsionar avtoyo‗llar kapital transheyalar, yer yuzi va tutashtirma bermalarda quri- ladi. Bu avtoyo‗llar uzoq muddat xizmat qiladi, shuning uchun ular maxsus yo‗l qoplamalari bilan qoplanadi. Ikki yo‗nalishli avtoyo‗llarning kengligi 14— 15 m bo‗ladi.
    Vaqtinchalik avtoyo‗llar pog‗ona ish maydonida quriladi va maxsus qoplama bilan qoplanmaydi. Pog‗onaning ish fronti chizig‗i kon jinslarini qazib olish natijasida surilib borgani sari avtoyo‗llar ham davriy ravishda ish fronti chizig‗i yaqiniga surilib boradi.
    Konveyer transporti (lentali konveyerlar) yumshoq va yaxshi maydalanadigan (bo‗laklar o‗lchami 400 mm gacha bo‗lgan) kon jinslarini tashishda qo‗llanadi. Karyerlarda ishlaydigan qazish uskunalari unumdorligining diapazoni keng (15000 m3/ soatgacha) bo‗lishi konveyerlardan har qanday yillik yuk aylanmalarida ham foydalanish imkonini beradi. Yuk tashish jarayonining uzluksizligi va 18° gacha qiyalikda amalga oshiri- lishi konveyer transportining asosiy afzalligidir. Yillik yuk aylanmasi 20—30 mln t, chuqurligi 150 m dan ko‗p va tashish masofasi 10—20 km bo‗lgan karyerlarda konveyer transportini qo‗llash yuqori samaradorlikni ta‘minlaydi.
    Lentali konveyer — lenta (1), g‗altak tayanch (2), yuritish barabani (3), lentani taranglovchi qurilma (4) va yuklash usku- nasi(5) dan tashkil topadi (5.7-rasm).
    Lentali konveyerlarning keng qo‗llanishiga quyidagi omillar salbiy ta‘sir ko‗rsatadi: konveyer lentalarining tez yemirilishi, tashiladigan kon jinslari o‗lchamlariga qo‗yiladigan talablarning qat‘iyligi, kon jinslarining yuklash usullari va boshqalar. Agar konveyer transporti avtomobil va temir yo‗l transporti bilan birgalikda (aralash) qo‗llanilsa, uning samaradorligi yanada yuqori bo‗ladi.
    Hozirgi vaqtda qoyasimon, bo‗laklarining o‗lchami 1000 mm gacha bo‗lgan kon jinslarini tashishga mo‗ljallangan maxsus konveyerlar ishlab chiqarilmoqda. Bu konveyerlar lentali konveyer transportining qo‗llanish doirasini yanada kengaytirishga imkon yaratadi.
    Aralash transport qazish joyidan qazib olingan kon mas- sasini birin-ketin turli transport vositalariga qayta yuklab tushirish joyigacha tashish jarayonlari tizimidir. Bunda har bir turdagi transport ishlashi qulay bo‗lgan sharoitlarda qo‗llanadi. Masalan, konveyer transporti karyerning eng


    5.7- rasm. Lentali konveyer sxemasi.


    chuqur joyida, avtotransport yuqoriroqda, temir yo‗l transporti esa yer yuziga yaqin gorizontlarda qo‗llanishi texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi (5.8- rasm).

    5.8-rasm. Karyer aralash transporti sxemalari: a, b avtomobil va temir yo‗l transporti; d avtomobil va konveyer transporti; e avtomobil va sim arqon ko‗targich transporti; 1 avtomobil tushish (ko‗tarilish) yo‗li; 2 qayta yuklash punktlari;

    Download 7,55 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96




    Download 7,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘plamning muallifi to‘g‘risida

    Download 7,55 Mb.