|
To‘plamning muallifi to‘g‘risida
|
bet | 53/96 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,55 Mb. | | #150123 |
Bog'liq 3.2022.Kon ishlari asoslariNazorat uchun savol va topshiriqlar
Ruda konlarini yerosti usulida qazib olishning o ‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
Ruda yo ‘qotUishi va sifatsizlanishini ta ’riflab bering. Yo ‘qotilish miqdorini aniqlash ifodalarni yozing.
Rudniklarning shaxta maydoni deganda nimani tushunasiz?
Shaxta maydonini ochish va qazishga tayyorlash usullari va sxemalarini aytib bering.
Ruda konlarni qazib olishning asosiy jarayonlari va ularning mazmun-mohiyatini ta ’riflab bering.
Qazib olingan kon massasini ikkilamchi maydalash nima uchun kerak?
Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarishning qanaqa usullarini bilasiz?
MA‘RUZA
Qazib-yuklash ishlari
Karyerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini kavjoydan ajratib olib, uni transport vositalariga yoki kon jinslari ag‗darmalariga eltib berishni o‗z ichiga oladi. Qazish va yuklash ishlarini, asosan, ekskavatorlar bajaradi. Shu sababli qazish va yuklash ishlari bitta jarayon bo‗lib, qazish-yuklash ishlari deb yuritiladi.
Karyer (razrez)larda qazib-yuklash ishlari uzlukli (siklli) va uzluksiz prinsipda ishlaydigan ekskavatorlar yordamida bajariladi. Bir cho‗michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g‗ildirakli skreperlar, buldozerlar va shu kabi mexanizmlar siklli qazib- yuklovchi mashinalar hisoblanadi. Bu mashinalarning ishchi organi davriy ravishda harakatlanuvchi faqat bitta cho‗mich yoki qirqich unsuri (buldozer pichog‗i — lemexi)dan tashkil topadi.
Uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar (ko‗p cho‗michli zanjirli va rotorli ekskavatorlar) ishchi organi (cho‗michli, qirg‗ichli) halqasimon trayektoriya bo‗yicha harakatlanishi tufayli kon jinslarini qazib olib yuklash ishlarining uzluksizligini ta‘minlaydi.
|
| |