|
To‘plamning muallifi to‘g‘risida
|
bet | 59/96 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,55 Mb. | | #150123 |
Bog'liq 3.2022.Kon ishlari asoslari5.10-rasm. Pog‗ona kon ishlari frontining tirlari (turlari):
a, d — flangga joylashgan boshi berk ochuvchi lahim bo‗yicha transport qaytma harakatlanishiga asoslangan pog‗ona ish fronti; b
— markazga joylashgan boshi berk ochuvchi lahim bo‗yicha transport qayta harakatiga asoslangan pog‗ona ish fronti; e — flanglarga joylashgan ochuvchi lahimlar bo‗yicha bir yo‗nalishda transport harakatlanishiga asoslangan pog‗ona ish fronti.
uchtadan oshmasa, tashqi transheyalar bilan ochiladi. Qiya va o‗ta qiya kon yotqiziqlarini ochiq usulda qazib chiqarishda, aksariyat hollarda, karyer maydoni ichki
transheyalar orqali ochiladi.
Gorizontal konlarini ochiq usulda qazib olishda barcha ishchi gorizontlar biryo‗la ochiladi. Biroq qiya va o‗ta qiya konlarni qazib olishda karyer maydonini ochish ishlari karyer maydonidagi foydali qazilma zaxirasi batamom qazib olin- guncha (karyerning ishlash muddati davomida) davom ettiriladi. Qiya va o‗ta qiya kon yotqiziqlarini qazib olishda qirquvchi transheyalarning bir tomoni emas, balki har ikkala yon tomonlari kengaytirib boriladi. Natijada qazish gorizontida mashina uskunalarini bemalol joylashtirishni ta‘minlaydigan maydon hosil qilinadi. Muayyan kon ish- larida transheyalarni barpo qilish turli usullarda amalga oshiriladi.
Masalan, transport usuli, ya‘ni qazib olingan kon jinsini transport vositasida ag‗darmaga tashish, transportsiz usul — qazib olingan kon jinsini transheyaning bir yoki ikkala bortiga joylashtirish (5.11-rasm), aralash usul — qazib olingan kon jinsining bir qismini transheya bortiga joylashtirish, qolgan qismini ag‗darmaga tashish.
|
| |