|
Topshiriq 1: Maple, Mathcad, Wolfram,Alfa dasturlari haqida malumot va ularning farqi qisqa malumot max
|
bet | 3/4 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #260163 |
Bog'liq MTFastStone Capture
FastStone Capture - bu Windows kompyuterlari uchun mashhur ekran tasvirini olish va tasvirni tahrirlash dasturi. Bu foydalanuvchilarga ekrandagi hamma narsani, jumladan, oynalar, ob'ektlar, menyular va to'liq ekranni suratga olish va izohlash imkonini beradi.
FastStone Capture-ning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ekranni suratga olish: Toʻliq ekran, maʼlum hudud, aylanuvchi oyna yoki faol oyna boʻladimi, ekraningizdagi istalgan narsani suratga oling.
2. Rasm muharriri: Kesish, oʻlchamini oʻzgartirish, matn qoʻshish, izohlar va maxsus effektlar kabi vositalar yordamida olingan rasmlarni tahrirlang.
3. Ekranni yozib olish: Ekrandagi harakatlaringizni yozib oling va ularni videofayl sifatida saqlang.
4. Bir nechta oynalarni suratga olish: bir vaqtning o'zida bir nechta oyna va ob'ektlarni suratga oling va yozib oling.
5. Ekran lupasi: Ko‘rishni osonlashtirish uchun ekranning istalgan qismini kattalashtiring.
6. Rang tanlagich: Dizayn yoki loyihalaringizda foydalanish uchun ekrandan istalgan rangni tanlang.
Umuman olganda, FastStone Capture tasvirlar va ekran yozuvlarini olish va tahrirlash uchun ko'p qirrali va foydalanuvchilarga qulay vositadir.
CAMTASIA STUDIO DASTURI
Camtasia Studio dasturi – bu kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarni yozib olish
imkonini beruvchi juda ham qulay kuchli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida biz ekrandagi jarayonlari oson tasvirga olishimiz, vebkameralar orqali videoga olishimiz, PowerPoint taqdimotlarini, hamda audio yozuvlarni yaratishimiz mumkin. Dastur videoni tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar berish, to'g'rilash, ravshanlik, ularning o'lchamlarini almashtirish, kerakli formatlarda saqlash va boshqalar. Camtasia Studio – video darsliklar, taqdimotlar va boshqa shunga o'xshash kuzatuvchilarga namoyish etiladigan materiallar yaratish uchun mo'ljallangan. Camtasia Studio dasturida monitor ekranidagilarni video tasvirga olishdan tashqari videoni tahrirlash imkoniyati ham mavjud. Camtasia Studio dasturidan foydalanib kompyuter monitorida yuz berayogan barcha jarayonlarni osonlik bilan yozib borish mumkin. Monitor ekranidagi butun
sohani yoki uning alohida ajratilgan sohasini yozib olish mumkin, shundan so'ng video va audioning turli effektlarini berishimiz mumkin bo'ladi. Monitor ekranida kuzatilayotgan jarayonlarni yozib olish uchun etarlicha yuqori unumdorlikka ega bo'lgan kompyuter tanlansa ish unumdorligi ortadi albatta. Camtasia Studio dasturining yana bir afzalligi shundaki, u o'zining
shaxsiy TechSmit Screen Capture Codec kodekiga ega bo'lib, tasvirni kodlashtirishda yaxshi natijalarni beradi. Uning algoritmi tizimga bo'lgan ortiqcha yuklanishlarni minimallashtiradi, shuning uchun ushbu dasturdan unumdorligi past bo'lgan kompyuterlarda ham foydalanish mumkin.
Dasturning asosiy imkoniyatlari:
1.Monitor ekranidagi va veb-kameralar orqali kuzatilayotgan jarayonlarni, mikrofondagi ovozni sifatli yozib olish.
2.Videolavhalarga turli xil vizual effektlar berish.
3. Videoyo'laklarni kesib olish, birlashtirish, o'chirish va qo'shish.
4.Audio yozuvlar qo'yish va tahrirlash.
5. Videoni bizga qulay bo'lgan formatlarda saqlash SWF, FLV,
AVI, MOV, WMV, PPT, GIF, RM, CAMV. Video tasvirni ushlab olish funksiyasini bajarishga mo'ljallangan dasturlar soni kun sayin ortiq bormoqda. Bu esa Internetda video-kurslar va videodarslarning ko'payishi va ommalashishi bilan bog'liq. Ammo ushbu dasturlarning barchasi ham bizga kerakli natijani bera olmaydi, Camtasia Studio dasturi esa boshqalardan video tasvirni sifatli ushlab olishi bilan farqlanadi. Camtasia Studio dasturi o‗zining interfeysi, juda ko‗plab formatlari, video fayllarga turli xil belgilar va izohlar qo‗yilishi, darslarga menyular hosil qilinishi bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayl? larni ham yaratish mumkin. Dars yozish davomida ekranning kerakli joyini alohida ajratib ko‗rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli videodarslar yozuvchi dastur sifatida Camtasia Studio tanlandi. Camtasia Studio dasturi to‗rtta
yordamchi qismlardan iborat: Camtasia MenuMaker, Camtasia Player, Camtasia Theater va Camtasia Recorder. Dasturning asosiy qismi, shubhasiz, Camtasia Recorder hisoblanadi. Barcha darslar aynan shu dastur yordamida yaratildi. Camtasia Studio dasturi oynasining pastki qismida timeline deb nomlanuvchi ishchi stoli mavjud bo‗lib, u orqali audio va video fayllar ustida turli
xil amallarni bajarish mumkin. Bular jumlasiga fayllarni bir-biriga bog‗lash, keraksiz qismlarni qirqib tashlash kabilar kiradi. Asosiy oynaning markazida dastur ishlashi mumkin bo‗lgan fayllar ro‗yxatini ko‗rsatuvchi «Корзина клипов» (Clip Bin) qismi joylashgan. Shu fayllarni o‗ng tarafdagi
videopleyerda ko‗rish mumkin. Bu kichkinagina Camtasia Player dasturi faqatgina bitta vazifani bajaradi — AVI fayllarini namoyish etadi.
|
| |