• Kalit so‘zlar
  • Asosiy qism
  • To‘qimachilik fanini o‘qitishda ohorlash jarayonlarining qisqacha tahlili bilan tanishtiruv va uning dolzarbligi. Farg’ona Politexnika Instituti magistranti Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari




    Download 0.77 Mb.
    bet1/2
    Sana20.04.2023
    Hajmi0.77 Mb.
    #52956
      1   2
    Bog'liq
    Odilov M - ohorlash tezis
    zafar, Vliw arxitekturasi, 120-a guruh Tozaxo\'jaev Nizomiddin YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING NAZORATI, 27-22 Odilov M - PedMahorat Mustaqil ish, 1681278483, 77, Mektepki shekemgi jastaǵı balalarǵa huqıqiy tálim beriw, Matematikalıq-metodikalıq sistemanıń tiykarǵı strukturalıq bólimleri, portal.guldu.uz-Shamsiy va qamariy harflar, Ilim sotsial mádeniy qubılıs sıpatında( glossarıy), Химоя 2023 uzb .., tema, 222-226, ta-lim-to-g-risida-gi-qonunning-mazmun-mohiyati

    To‘qimachilik fanini o‘qitishda ohorlash jarayonlarining qisqacha tahlili bilan tanishtiruv va uning dolzarbligi .
    Farg’ona Politexnika Instituti magistranti
    Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va
    jihozlari (mahsulot turlari boʻyicha)
    27M-22A guruh talabasi
    Odilov Muhammadolamgir
    Annotatsiya : Bugungi kunda to‘qimachilik sanoatining nafaqat mintaqaviy balki global miqiyosida ham rivojlanib yangidan yangi bosqichlarga ko’tarilayotganini inobatga olgan xolda bu jarayonlarni dolzarbligini qisqa uslubda va ravon ko’rinishda talabalarga yetkazib berish.
    Kalit so‘zlar quritish , tandalash, ohor komponentlar miqdori, sintetik iplar .
    Kirish: Ohorlashdan maqsad xom ipning to'quv dastgohida ko‘p marotaba qaytariladigan cho'zilish va ishqalanishga chidamligini oshirish hamda to'quvchilik jarayoni uchun qulay o‘ram hosil qilishdan iborat. Ohorlash jarayoni maxsus mashinalarda amalga oshiriladi. Bu mashinalarda alohida tanda g'altaklaridan chiqayotgan iplar birlashtiriladi, yelimlab quritiladi va to'quv g'altagiga o'raladi. Agar tanda piltalab tandalash mashinasida olingan bo'lsa, ohorlash mashinasiga to'quv g'altagi yoki almashtiriluvchi tandalash barabani qo‘yiladi. Shundan so‘ng tanda iplari ohorlanib, quritilib, to‘quv g'altagiga o'raladi.
    Yuzasi tekis bo'lgan pishitilgan xom va sintetik iplar hamda tabiiy ipakdan tashqari boshqa barcha iplar ohorlanadi. Ba’zi hollarda pishitilgan paxta xom iplari ohorlanib, apparatjun xom iplari ohorlanmaydi.
    Asosiy qism : Ohorlash jarayoni ikki bosqichdan iborat: birinchisi kimyoviyjarayon bo'lib, unda ohor tayyorlanadi; ikkinchi bosqich mexanik jarayon, unda tanda iplariga ohor bilan ishlov beriladi, quritiladi va to‘quv g'altagiga o'raladi.
    Ohorlash jarayoniga quyidagi talablar qo'yiladi:

    • ohorlash jarayonidagi ipning cho'zilishi me’yorlarda belgilangan qiymatlardan oshib ketmasligi va xom ipda qoldiq deformatsiyalar qolmasligi kerak;

    • ohor iplarning ichiga singib ketishi va ipning yuzasida ishqalanish qobiliyatini oshiruvchi mustahkam qatlam hosil qilishi lozim;

    • ohorlash jarayondagi chiqindilar imkoniyati boricha kam bo‘lishi zarur

    • to'quv g'altagidagi o'ramaning hajmi imkoniyati boricha ko‘p bo'lishi va dastgohning tuzilishiga mos kelishi kerak;

    • saqlanish jarayonida tandaning xnsusiyatlari buzilmasligi darkor.

    Ohorlash tanda ipini tayyorlashning eng mas’nliyatli jarayoni
    hisoblanadi. Ohorlashdagi har bir xatolik to'quv dastgohida iplarning uzilishini keskin oshirib yuboradi va mahsulot sifatini pasaytiradi.




    Download 0.77 Mb.
      1   2




    Download 0.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘qimachilik fanini o‘qitishda ohorlash jarayonlarining qisqacha tahlili bilan tanishtiruv va uning dolzarbligi. Farg’ona Politexnika Instituti magistranti Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari

    Download 0.77 Mb.