• Kasb – hunar maktablari
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet36/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Akademik litseylar o‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intelektual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o‘qitishni ta’minlaydi. Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini oshirishi va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik litseylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.6
    Zero, buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temur «Bilagi zo‘r birni yingar, bilimi – zo‘r mingni» deb, bilimli bo‘lishni o‘qtiradi. Amir Temur ta’kidlagan yuksak bilim egalari zamonaviy akademik litseylarimizdan yetishib chiqishadi.
    Kasb – hunar maktablari o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi. Kasb – hunar maktablari zamonaviy asbob - uskunalar, o‘quv - uslubiy qurollar, ko‘rgazmali vositalar, axborot texnologiyalari va kompyuterlar bilan jihozlanishi bilan o‘ziga xosdir. O‘quv binolari, ustaxonalar tashqi hamda ichki ko‘rinishining chiroyliligi, ko‘rkamligi va zamonaviyligi bilan keskin ajralib turadi. Maktablarda kasb – hunar turining ko‘pligi, bugungi kun talablariga, iqtisodiy islohatlar ehtiyojiga javob berishi alohida ahamiyatlidir. Shuni ta’kidlash joizki, kasb-hunar maktablarida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Yana bir afzalligi kasb – hunar maktablarida har bir hududning o‘ziga xos geografik va demografik shart - sharoitlari va mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlari hisobga olingan holda kadrlar tayyorlanadi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash o‘quv jarayonida ikki yoqlama (dual) tizim asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarga beriladigan ishlab chiqarish ta’limi o‘quv muassasasining zamonaviy jihozlangan ustaxonalarida va korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bog‘liq holda olib boriladi. Shu bilan bir qatorda umumiy bilimlar asoslarini berish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni har tomonlama rivojlantirish va zamon talablariga javob beruvchi mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun berilayotgan ta’lim milliy qadriyatlarimizga hurmat, mustaqil davlatimizga sodiqlik va iftixor tuyg‘ulari ruhidagi tarbiya bilan mushtaraklikda amalga oshiriladi. Kasb-hunar maktablarida ma’lum bir kasb-hunar doirasida bilim olish maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida, psixologik-pedagogik tashxis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.7
    Mavzu ta’lim jarayoni olib borilayotgan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot berish bilan yakunlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.


    Download 7.62 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.