9 1
yopila-digan shisha idishga joylab saqlanadi. Tuzilgan o‟rtacha sutkali 50 gr og‟irlikdagi
bo‟lakchalardan namunalar ajratiladi, ular kichik qismlarga bo‟linadi, har biri 5 gr dan ikkita
namunacha olinadi va quritiladi.
Don namligini aniqlash uchun so‟talar qo‟lda yoki laboratoriya
sidirgichi yordamida
sidiriladi va olingan dondan 50 gr o‟rtacha namuna ajratiladi. So‟ngra don yanchiladi,
qopqoqli bonkaga joy-lanadi, keyin undan har biri 5 gr dan ikkita namuna olinadi. Ulaming
namligi 18% dan ortiqcha bo‟lsa, undagi namlik dastlabki quritishdan keyin aniqlanadi.
Namlikni elektron nam o‟lchagichlarda aniqlash.
Don
namli-gini aniqlashda
zamonaviy elektron o‟lchagichlardan foydalanish boshqa qolgan usullar oldida juda ko‟p
afzalliklarga ega. Birinchidan elektron asboblar don namligini aniqlashga ketadigan vaqtni
keskin
qisqartirish imkonini beradi, bu don tayyorlash davrida juda zarurdir,
ikkinchidan,
elektron nam o‟lchagichlaming tuzilishi nisbatan oddiy bo‟lib, ularda ishlash uchun maxsus
ixtisoslashtirishni talab qilmaydi,
uchinchidan, elektr namlik o‟Ichagichlar yordamida
masofada turib namlikni o‟lchash, namlikni avtomatik ravishda nazorat qilish va boshqarib
borish mumkin (9-rasm).