Namlikni  VE-2M  nam o‟lchagichida aniqlash




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/163
Sana02.06.2024
Hajmi3,18 Mb.
#259446
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163
Bog'liq
64363c7a88a43

Namlikni 
VE-2M 
nam o‟lchagichida aniqlash. 
Bu asbobda nam-likni aniqlash 
doimiy tok zanjirida donni zichlangan holatida don namunasini elektr o‟tkazuvchanligini 
o‟lchashga asoslangan. Ma‟lumki, don kolloidlardan (oqsil, kraxmal, kletchatka) tashkil 
topgan bo‟lib, u quruq holida elektr tokini yomon o‟tk(})zadi. 
9-
 
rasm.
 Don namligini aniqlaydigan zamonaviy elektron asboblar 
Dondagi gigroskopik suvning mavjudligi uning elektr o‟tkazuvchanligini oshiradi. 
Shunda don namligini va uning elektr o‟tkazuvchanligi o‟rtasida bog‟liqligi aniqlanadi. 
Donni zichlangan namunasining elektr qarshiligi magnit-ellektrik ommetr yorda-mida 
o‟lchanadi, so‟ngra uning ko‟rsatkichlari namligini foizda maxsus jadvallarga tushiriladi. 
Elektr o‟tkazuvchanlik nafaqat dondagi suv miqdori, balki uning kimyoviy tarkibi, 
harorati, tok _ zanjiridagi elektr kuchlani-shiga, shuningdek, namunani elektrodlar o‟rtasida 
yozilish darajasiga bog‟liqdir. Elektr o‟lchagichlarda donning namligini aniqlash-da bu 
omillami hisobga olish kerak.
VE-2M nam o‟lchagichi turli ekinlaming donlari namligini (bug‟doy, arpa, tariq, javdar, 
makkajo‟xori) 11,15 dan 36% gacha atrof-muhitdagi harorat 20° bo‟lganda tezda aniqlashga 


9 2
mo‟ljalangandir. Namlikni bunday chegaralanishi uch diapazonga bo‟linadi: 1-nam donga; 
2-xo‟l donga; 3- quruq don uchun. Shuningdek, nam o‟lchagichga nazorat silindri, 
tepkilovchi simlar, termometr va hisobga o‟tkazish jadvallari qo‟shib beriladi. 
Qo‟l pressi don namunasini elektr moslamada zichlash uchun mo‟ljallangan. VE-2M 
nam o‟lchagichi maxsus stolchaga yoki tokchaga o‟matiladi. Pressni stolga vint yordamida 
burab, mahkamlab qo‟yiladi. Uchta uchi nayzali o‟tkazgichni quvvat batareyasi otvodiga 
ulanadi. Batareyani nomlari bir xil bo‟lgan o‟lchash klemmalari bilan bog‟lanadi. Ishni 
boshlashdan oldin o‟lchov asbobi va vizir moslamasini tekshirish 
shart.
Asbobni tekshirish strelkalami nol va yuzdan bir bo‟linishlarga o‟rnatishdan iboratdir. 
Shu maqsadda vizir moslamasi tekshirilib, pressning quyi yupqa taxtachasining ustiga 
nazorat silindri va puanson bilan qoplangan markaziy elektrod qo‟yiladi, qisish vintining 
oxirini puansonga to‟g‟rilanadi va qattiq siqib qo‟yiladi. Keyin vintni ortga to‟rtdan bir 
aylanishga buriladi va qo‟l bilan siltab, uni yana siqib qo‟yiladi. Shu bilan vintni bir tekis 
siqilishiga yerishiladi. Agar ikkala vertikal chiziqlar to‟g‟ri kelmasa, o‟matish uzugi vintini 
burab bo‟shatish lozim, buning uchun uzukni vertikal chiziqlar to‟g‟ri kelgunigacha buriladi 
va uni yangi holatda mahkamlab qo‟yiladi. Agarda gorizontal chiziqlar to‟g‟ri kelmasa, vizir 
romchada vintlar bo‟shatib buraladi va buning uchun romchalami yuqori yoki pastki o‟mini 
o‟zgartirish yo‟li bilan gorizontal chiziqlami to‟g‟ri kelishiga yerishladi, shundan so‟ng 
vintlar mahkamlanadi.
Namlikni o‟lchash quyidagicha amalga oshiriladi. Press vinti eng yuqorigacha 
ko‟tariladi, voronka bilan qoplangan stakanga markaziy elektrod o‟matiladi. Olingan 
namunadan bug‟doy, javdar, tariq va arpa uchun har biri 17 gr dan, suli uchun 15 gr, makka-
jo‟xori uchun 12 gr dan ikkitadan don namunachalari ajratiladi. Shundan keyin tortilgan don 
miqdoridan taxminan yarmisini stakanga to‟kiladi, trambovka yordamida zichlanadi, so‟ng 
donning qolgan qismi stakanga to‟kiladi va yana trambovka yordamida shunday 
zichlanadiki, markaziy elektrodning yuqori qismining oxiri ko‟rinib tursin.
Oldindan stakandan voronkani olib, uning ustidan puanson quyiladi, undan markaziy 
elektrod tushib ketmaslik uchun stakan-ni qo‟l barmog‟i bilan pressning quyi yupqa qismiga 
o‟rnatiladi. Uni shunday amalga oshirish keraki, press devorchasiga mahkam-langan 
stakanning kontaktli vinti prujina singari bo‟lsin. 
Pressning siqish vinti shunday buraladiki, o‟rnatish xalqa-sining belgisi vizir 
romchasining belgisiga to‟g‟ri kelishi shart. Shuning bilan namunani elektrodlar orasida 
standart siqish zichligiga yerishiladi. Agar extiyotsizlik natijasida ortiqcha si-qishga yo‟l 
qo‟yilsa unda vintni teskari burashga ruxsat etilmaydi. 
Siqishdan keyin namunalami sim bilan shtek va klemmani bir xil belgilarga ulanadi. “Q” 
asbob strelkasini shkalaning yuzdan bir bo‟linishiga o‟tkazishning “nazorat 27v” holatiga, 
so‟ngra o‟tkazgichni “xo‟l” holatiga qo‟yiladi. Keyin tugmacha bosiladi, shkalaga qarab 
hisob qilinadi va natijalarni ishchi daftariga yozib boriladi.


Agar strelka 9 bo‟linishdan kamiga og‟sa, unda o‟tkazgichni keyingi holat “nanf‟ga 
o‟tkaziladi, tugmacha bosiladi va strelka ko‟rsatkichlari (u 29-96 bo‟linishlar oralig‟ida 
bo‟lishi mumkin) yozib boriladi. Shunda strelka ko‟rsatkichi “v” xarfi yoki “81v” holida 
yoziladi. Agar strelka og‟ishi 29 bo‟linishdan kam bo‟lsa, o‟tkazgich dastasini “nazorat 80v” 
holatiga va shpunt dastasini burash bilan strelkani 100-ulanishga qo‟yiladi, so‟ng o‟tkazgich 
“quruq” holatiga o‟tkazilib, tugmacha bosiladi va qo‟shimcha “s” bo‟linishlar miqdori 
yoziladi.
Ko‟rsatkichlami yozib bo‟lganidan keyin markaziy elektrod-ning “Q” shtrixidan sim 
uzib qo‟yiladi, vint ozgina bo‟shatiladi, stakan ostidan yupqa taxtacha olinadi va vint 
dastasini unga burab, stakan ichidan markaziy elektrod, zichlangan don va puanson chiqarib 
tashlanadi.
Shundan keyin vint yuqoriga ko‟tarilib, pressdan stakan, markaziy elektrod va puanson 
olinadi va supurgi yordamida press don qoldiqlaridan tozalanadi, Quyi yupqa taxtacha 
joyiga qo‟yiladi va ikkinchi namunacha namligi aniqlanadi. 
Har bir aniqlashdan keyin havoning harorati yozib boriladi (g‟ilof qopqog‟ida termometr 
ko‟rsatkichlariga qarab). 
Nam o‟lchagich ko‟rsatkichlarini foizga o‟tkazish uchun unga uchta jadval qo‟shib 
qo‟yilgan. 1-jadval o‟tkazgichning “quruq” holatiga; 2- jadval “nam” holatiga va 3-jadval 
“xo‟l” holatiga to‟g‟ri keladi. Hamma jadvallar don namligini atrofdagi 20° havoda 
o‟tkaziladi. Shuning uchun ushbu dara-iadan o‟zgargan har bir gradus haroratga tuzatishlar 
kiritiladi. Harorat 20 dan yuqori bo‟lsa tuzatish kattaligini (%), ya‟ni harorat faqatgina 
ko‟paytirilgani chiqari-lib tashlanadi. 20° dan quyi bo‟lsa, jadvalda ko‟rsatilgan nam 
kattaligiga ko‟shiladi. 
Misol. Birinchi tur bug‟doy namligini aniqlashda o‟tkazgichni “quruq” holatida va 23° 
haroratda asbob strelkasi 5 bo‟linish ko‟rsatadi. 1-2 jadval katakda (5) bo‟linish 12,82% 20° 
haroratda to‟g‟ri kelishini topamiz. Agar haqiqiy harorat 23° teng bo‟lsa unda harorat haqi 
3° ni tashkil etadi. Bug‟doyning bir turi uchun tuzatish hajmini 0,10 foizni o‟ziga 
ko‟paytirib, 
0,
3% ga teng bo‟lgan umumiy miqdorga ega bo‟lamiz. Umumiy tuzatishni 12,82% 
olamiz va ushbu zichliqdagi don namligini bilamiz. Ushbu holda u 12,82-0,3ql2,52% ga 
tengdir.
Shunday qilib, dondagi harorat 20° past bo‟lsa faqat “Q” ko‟rsatkichi bilan tuzatish 
kiritiladi.



Download 3,18 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namlikni  VE-2M  nam o‟lchagichida aniqlash

Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish