• Tokenizatsiya – matn ko‘rinishidagi ma’lumotni qismlarga ajratib, ma’lum bir belgilar ko‘rinishida ifodalash. Nutqni qismlarga bo‘lish va belgilash
  • Nutqni tanib olish – foydalanuvchi ovozini tahlil qilish orqali uning shaxsini aniqlash jarayoni. Foydalanuvchi his-tuyg‘ularini tahlil qilish
  • Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik



    bet71/265
    Sana14.05.2024
    Hajmi
    #233465
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi 2022 (2)

    UYGA VAZIFA
    14
    15
    16
    18
    17


    I I BOB. 
     PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
    100
    Python dasturlash tilida inson nutqini tanish va tushunish texnologiyasini yaratish boshqa 
    dasturlash tillariga nisbatan oson va samarali kechadi. Bunga asosiy sabab – dasturlash 
    tilida kodlarining soddaligi hamda ko‘plab qo‘shimcha kutubxonalarning mavjudligidir. Tabiiy 
    tilni qayta ishlash (Natural language processing – inson nutqini tanish, tushunish, tahlil qilish 
    va javob berish) sun’iy intellektning bir qismi sifatida mashinalar va insonlar o‘rtasida ovozli 
    yoki yozma muloqotni amalga oshirmoqda. 
    Sun’iy intellektning hisoblash lingvistikasi va kompyuter fanlari imkoniyatlarini birlashtirish 
    natijasida mashina tabiiy tilni tushuna boshladi. Bu degani, foydalanuvchi o‘z kompyuterini 
    og‘zaki muloqot orqali boshqarishi natijasida ish samaradorligini bir necha barobar oshirish 
    imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ma‘lumki, so‘zlashuv insonlar o‘rtasida asosiy muloqot manbayi 
    hisoblanadi. Tabiiy tilni qayta ishlash (TTQI) orqali so‘zlashuv jarayonini inson va mashina 
    o‘rtasidagi asosiy muloqot manbayiga aylantirish, kelgusida bu orqali sun’iy intellekt 
    texnologiyalarining taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish mumkin.
    Tokenizatsiya
    – matn ko‘rinishidagi ma’lumotni qismlarga ajratib, ma’lum bir belgilar 
    ko‘rinishida ifodalash. 
    Nutqni qismlarga bo‘lish va belgilash
    – ovozli ma’lumotni qo‘llanilayotgan algoritm 
    asosida qayta ishlash va tahlil qilish uchun ma’lum bir qismlariga ajratish jarayoni.
    Nutqni tanib olish 
    – foydalanuvchi ovozini tahlil qilish orqali uning shaxsini aniqlash 
    jarayoni.
    Foydalanuvchi his-tuyg‘ularini tahlil qilish
    – dasturning foydalanuvchi his-tuyg‘ularini 
    aniqlash orqali uning ovozli ma’lumotlariga ma’lum bir ma’no berish jarayoni. 

    Download
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   265




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik